Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutining buxoro filiali
«SHaklan milliy, mazmunan sotsialistik madaniyat»ning oqibatlari
Download 1.9 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbekiston tarixi (3)
«SHaklan milliy, mazmunan sotsialistik madaniyat»ning oqibatlari:
Totalitar tizim jarayonida o’lkadagi madaniy-ma’rifiy ishlar e’tibordan chetda qolmadi. 20-30-yillarda savodsizlikni tugatish, ta’lim-tarbiya ishlari astoydil qo’lga olindi. 1941 yili O’zbekistonda 5.504 maktab bo’lib, ularda 42.000 o’qituvchilar dars berdi, 1 mln. 315 ming o’quvchi ta’lim oldi. Sanoat ishlab chiqarishining ishchi kadrlarga talabini qondirish uchun fabrika, zavodlar qoshida maxsus o’quv yurtlari ochildi. O’rta Osiyoda oliy ta’limning beshigi, hozirgi O’zbekiston Milliy Universiteti bir qancha oliy o’quv yurtlariga asos bo’ldi, 1940 yili respublikada 30 ta oliy, 100 ga yaqin o’rta maxsus o’quv yurtlari ishlab turdi.1943 yilda tashkil etilgan O’zbekiston Fanlar Akademiyasi va uning ilmiy tekshirish institutlarida fanning turli sohalari: ayniqsa kimyo, fizika, elektronika, tarix, arxeologiya va boshqa fanlar rivojlandi.20-30-yillarda adabiyot va san’at sohasida jahonga mashhur yozuvchilar va shoirlar yetishib chiqdi. Teatr va kino san’ati o’zining dastlabki qadamlarini qo’ydi. Madaniy-oqartuv muassasalarining soni ortib bordi.Achinarlisi shundaki, respublikada ta’lim-tarbiya, madaniy-ma’rifiy ishlar «SHaklan milliy, mazmunan sotsialistik» shiori ostida olib borildiki, asl maqsad «baynalmilalchilik» niqobi bilan pardalanib, o’lkaga rus madaniyatini, ularning turmush tarzini tarqatishdan iborat bo’ldi. 1938 yil 19 martda O’zbekiston rahbariyati milliy maktablarda majburan rus tilini o’qitish to’g’risida qaror qabul qildi. O’qishlar va idoralarda ish yuritishlar 1929 yildan boshlab lotin, 1940 yildan boshlab kirill alifbosida olib boriladigan bo’ldi. Bularning oqibatida ko’p asrlar davomida arab alifbosida yaratilgan tariximiz, madaniyatimizni o’rganishdan respublikaning tub aholisi mahrum bo’ldi. 1927 yili o’tkazilgan «Hujum» harakati oqibatida o’zbek xotin-qizlari jahon taraqqiyotiga tortilgan holda, ikkinchi tomondan, ular industriyalashtirish girdobiga keng jalb qilinib, o’zlarining tabiiy burchlarini bajarish hamda sharqona fazilatlaridan mahrum bo’ldilar.Madaniy-ma’rifiy muassasalar kompartiyaning g’oyalarini, sotsialistik mafkurani omma o’rtasida keng tarqatish yuzasidan faol ishlar olib bordi.Fashizmga qarshi urush yillari izdan chiqqan ta’lim-tarbiya ishlari, madaniy-oqartuv muassasalari urushdan keyingi yillarda qayta tiklandi va kengaytirildi. 1970 yili respublikada 2977 ta klub muassasalari, 5822 ta kutubxonalar, 26 ta muzey, 3988 ta kinoqurilmalar ishlab turdi. Lekin, amalda bu muassasalarning bir qismi statistik axborotlarda oshirib ko’rsatilgan, boshqa qismi har xil sabablarga ko’ra qoniqarsiz bo’lib, moliyaviy yordamga muhtoj, ayniqsa, qishloq joylarda tashlandiq ahvolda edi. Qanday bo’lmasin bu muassasalar marksizm-leninizm soxta g’oyalarini, sotsialistik qurilish amaliyotini tashviqot- targ’ibot qilishning quroli bo’lib xizmat qildi.Urushdan keyin majburiy 7 yillik, 1959 yildan 8 yillik, 1970 yildan boshlab 10 yillik ta’lim amalga oshirila boshlanadi. 1980 yillarda o’rta va oliy ta’lim tarmoqlari kengayib bordi. 1990 yil O’zbekistonda maktablar soni 9.000 ga yetdi, lekin ulardan 1.700 tasi vayrona ahvolda bo’lib, kapital ta’mirlashni talab qilar edi. 1978-79-o’quv yilida respublikada 43 ta oliy o’quv yurti bo’lib, bularning kunduzgi, sirtqi, kechki bo’limlarida 26.000 talabalar o’qidi. Respublika Fanlar Akademiyasida ilmiy-tadqiqot institutlarining qatori kengayib, ularda yirik olimlar ilmiy izlanish ishlarini olib bordilar.Talabalar, oliy ma’lumotli mutaxassislar, ilmiy xodimlarning soni jihatdan 10.000 kishiga hisoblaganda O’zbekiston ilg’or mamlakatlar qatorida tursa ham kadrlar tayyorlash tizimida qo’pol nuqsonlar bor edi. Oliy o’quv yurtlariga viloyatlardan qat’iyan reja asosida qabul qilish: qanday o’qimasin, ularni bitirtirib chiqarish natijasida ko’pincha malakasi yetarli bo’lmagan mutaxassislarga diplom berishga to’g’ri keldi.Ta’lim-tarbiya, ilmiy-tadqiqot ishlarining miqdoriy ko’rsatkichlari qanchalik yuqori bo’lmasin, ular Markazga qaramligi sababli o’zlarining ish faoliyatida kompartiya mafkuraviy tazyiqidan chetga chiqolmadilar. O’quv dasturlari, ayniqsa ijtimoiy fanlar haddan tashqari siyosatlashtirildi. O’tmishda dunyoga mashhur bo’lgan, jahon fanining rivojlanishiga katta hissa qo’shgan ajdodlarimiz nomi esga olinmadi, millatimizning boy tarixi va adabiyoti o’qitilmadi. CHunki, maktab, oliy ta’lim tizimining asl maqsadi O’zbekiston misolida butun jahonga sovet davlati milliy siyosatining tantanasini ko’rsatishdan boshqa hech narsa emas edi. Bu tizim respublikaning Markazga qaramligini yana ham kuchaytirdi.Markazning baynalmilalchilik siyosati aslida mamlakatda istiqomat qiluvchi 120 dan ortiq millatlar va elatlardan yagona sovet xalqini shakllantirish siyosatini ro’yobga chiqarish uchun jadal ishlarni olib bordi. SHu maqsadda rus tilini hayotga kiritish faollashdi. 1969 yildan boshlab O’zbekistonning barcha bolalar bog’chalarida rus tilini o’rgatish boshlandiki, butun harakat yagona baynalmilal til yaratishga qaratildi. Bunday siyosatning oqibatida o’zbek tilining jamiyatdagi o’rni, milliy, diniy qadriyatlari yo’qola bordi.Sovet hukumati dastlabki kunlardan boshlab dinga, diniy tashkilotlarga qarshi keng miqyosda kurash olib borib, ateistik jamiyat qurish tomon yo’l tutgan edi. Machit va madrasalarni yopib, ularning binolaridan boshqa maqsadlarda foydalanildi. Navro’z kabi umumxalq bayrami, diniy marosimlar bekor qilindi. Haj safariga boradigan musulmonlarning soni har yili butun O’zbekistonda ikki-uch kishidan oshmasdi. Ruhoniylarning ko’pchiligi har xil bahonalar bilan qamoqqa olindi, surgun qilindilar. Din va diniy tashkilotlarni ta’qib qilib, dindorlarga nisbatan ko’r ko’rona munosabat qanchalik faol olib borilmasin, ularning e’tiqodini deyarli o’zgartira olmadi.20-30-yillar o’zbek adabiyoti va san’atida izlanishlar, uyg’onish va yo’qotish yillari bo’ldi. 20-yillarda ma’rifatchilik harakatining samarali yillari bo’lib, A. Qodiriy, Fitrat, CHo’lpon, Botu, Elbek, Hamza, S.Ayniy, so’ngroq yangi yosh ijodkorlar Oybek, G’.G’ulom, H.Olimjon, A.Qahhor kabi o’zbek adabiyotining yirik namoyandalari faoliyat ko’rsatdi.30-yillarda sahna san’atida opera va balet sohasida dastlabki yutug’larga erishildi. Kino san’ati qaror topdi. Ayni shu davrda adabiyot va san’atda sotsialistik realizm deb atalmish yo’nalish hukmron bo’la boshladi va respublikada madaniy hayot kommunistik mafkuraga bo’ysundirildi.Urushdan keyingi 50-60-yillarda respublika ijodiy ziyolilarining yangi avlodi shakllandi. SHaxsga sig’inishning fosh etilishi bilan yuzaga kelgan iliqlik shamoli bilan badiiy adabiyotda ko’pgina salmoqli asarlar yaratildi, bir qancha yangi o’zbek teatr va konsert san’atining dong’ini taratgan jamoalar tashkil etildi. Jamiyatda inqirozli holatlarni kuchayishi bilan madaniy hayotdagi ziddiyatlar ham keskinlashdi. CHirib borayotgan sotsializm g’oyalarisiz tarixiy, badiiy asarlar yorug’lik ko’rmaydigan bo’ldi. Faqat 80-yillarning ikkinchi yarmidan yangicha fikrlash davrida sotsializm g’oyalari va amaliyotining jamiyat hayotining barcha sohalaridagi mudhish oqibatlarini fosh qiladigan asarlar yaratildi.Kechayu-kunduz kishilar onggiga majburan singdirilgan kommunistik mafkura odamlarni ma’naviy qashshoqlikka olib keldi. «Ijtimoiy tenglik» to’g’risidagi sotsializm g’oyasi kishilarni ishyoqmas, boqimanda qilgan bo’lsa «davlat mulki», «umumxalq mulki» degan aqidasi insonni mulkdorlik, egalik tuyg’ularidan begona qildi. «Davlat mulkiga» «egasiz mulk» deb qarash natijasida tashimachilik ommaviy tus oldi.O’zbek xalqi uchun eng dahshatlisi milliy, diniy, tarixiy qadriyatlardan judo bo’lganligida edi. «YAgona sovet xalqi», «internatsional til» to’g’risidagi uydirma nazariyalar adabiyot va san’atdagi «shaklan milliy, mazmunan sotsialistik» asarlarning yaratilishi xalqimizni azaliy qadriyatlaridan mahrum etdi. Download 1.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling