Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutining buxoro filiali


Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/58
Sana08.01.2022
Hajmi1.9 Mb.
#244247
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58
Bog'liq
ozbekiston tarixi (3)



 
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
 
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI 
 
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV 
XO’JALIGI VAZIRLIGI 
 
 
 
 
TOSHKENT IRRIGATSIYA VA MELIORATSIYA 
INSTITUTINING BUXORO FILIALI 
 
Ijtimoiy-gumanitar fanlar, tillar va jismoniy tarbiya 
kafedrasi 
 
 
O`zbekiston tarixi fanidan  
(bakalavr yo`nalishi  uchun) 
 
 
  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Buxoro – 2013
 
 


 
1-mavzu:  O’ZBEKISTON TARIXI FANI PREDMETI, NAZARIY-
METODOLOGIK  ASOSLARI   
 
   MARKAZIY OSIYO JAHON SIVILIZATSIYASINING AJRALMAS QISMI.
   
Reja: 
1.O’zbekiston tarixining fan sifatidagi o’rni. Uning predmet,o’rganish ob`ekti va nazariy-
metodologik asoslari va usullari. 
2. Sivilizatsiya tushunchasi. Vatan tarixining davrlashtirilishi, manbalari va o’qitishning  
ahamiyati. 
3. Ibtidoiy jamoa tuzumi va uning davrlari Markaziy Osiyoda ibtidoiy jamoa tuzumi davri 
yodgorliklari. 
       4. “Avesto” – Markaziy Osiyo tarixiga oid muhim manba. 
 
Tarix  fani  turli  dunyo  xalqlari  qanday  yashaganligi,  ularning  hayotida  qanday 
voqealar sodir bo’lganligi, odamlar hayoti qanday va nima uchun o’zgarib, hozirgiday 
bo’lib qolganligini o’rgansa, O’zbekiston  tarixi  esa  uning ajralmas qismi bo’lib, shu 
tarixiy-madaniy  jarayonlarga  mos  holda  Ona  zaminimizda  o’tmishda  yashagan 
xalqlarning  hayoti  va  ularning  rivojlanishi  davomida  sodir  bo’lgan  o’zgarishlar, 
voqea-hodisalar, ularning turmush tarzi, iqtisodi, ijtimoiy munosabatlari, davlatchiligi, 
madaniyati va shu kabilarni to’laligicha o’rganadigan fandir. 
YUrtboshimizning  shu  haqdagi  fikrlari  katta  ahamiyatga  egadir:  «Hozir 
O’zbekiston  deb  ataluvchi  hudud,  ya’ni  bizning  Vatanimiz  nafaqat  SHarq,  balki 
umumjahon  sivilizatsiyasi  beshiklaridan  biri  bo’lganligini  butun  jahon  tan 
olmoqda.  Bu  qadimiy  va  tabarruk  tuproqdan  allomalar,  fozilu  fuqarolar,  olimu 
ulamolar, siyosatchilar, sarkardalar yetishib chiqqan. Diniy va dunyoviy ilmlarning 
asoslari  ana  shu  zaminda  yaratilgan,  sayqal  topgan.  Eramizgacha  va  undan  keyin 
qurilgan  suv  inshootlari,  shu  kungacha  fayzini,  mahobatini  yo’qotmagan  osori-
atiqalarimiz 
qadim-qadimdan 
yurtimizda 
dehqonchilik, 
hunarmandchilik 
madaniyati,  me’morchilik  va  shaharsozlik  san’ati  yuksak  bo’lganidan  dalolat 
beradi». 
O’zbekiston  tarixi  faqat  turli  bilimlar  tarzidagi  fan  emas,  balki  bir  necha  asrlar 
davomida  to’planib  kelgan  o’zaro  ichki  qonuniyatlar  bilan  chambarchas 
bog’langan bilimlar tizimi sifatidagi o’zining o’rganish ob’ekti va predmetiga ega 
bo’lgan mustaqil fandir. 
O’zbekiston tarixi fanining dolzarb muammolari, yechimini kutayotgan va aniqlik 
kiritilishi  lozim  bo’lgan  masalalar  talaygina.  Xususan,  Vatanimiz  hududida  eng 
qadimgi davrlardan boshlab yashayotgan aholi va ularning joylashuvi; bu aholining 
qo’shni  qabilalar  va  elatlar  bilan  turli  munosabatlari;  Amudaryo  va  Sirdaryo 
oralig’ida  yashagan  qadimgi  mahalliy  aholini  bizning  ajdodlarimiz  ekanligini 
ta’kidlash va tadqiq etish shular jumlasidandir. 
SHuningdek, dastlabki o’zbek davlatchiligining paydo bo’lishi va rivojlanishi ham 
muhim  masaladir.  Ayniqsa,  mahalliy  qadimgi  aholi  o’troq  yashaganligi 
dehqonchilik xo’jaligini rivojlantirganligi, dastlabki aholi manzilgohlarining paydo 
bo’lganligi;  dastlabki  manzilgohlar  rivojlanib  ilk  shaharlarga  aylanganligi; 
dastlabki shaharlarning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va ma’muriy markazlar sifatida 


rivojlanganligi  va  nihoyat,  ushbu  jarayonlarga  asos  bo’lgan  omillar  nihoyatda 
muhimdir. 
Respublikamiz  hududlaridagi  dastlabki  davlat  uyushmalarining  o’zaro  va  qo’shni 
davlatlar bilan turli aloqalari, ularning tarixiy-geografik hududi va chegaralari ham 
ancha  munozarali  mavzu  hisoblanadi.  Hozirgi  kunga  qadar  o’lkamiz  hududlari  va 
bu  yerdan  chetda  bitilgan  o’rta  asrlarga  oid  yozma  manbalarni  o’rganish  bo’yicha 
talaygina  ishlar  amalga  oshirilgan  bo’lishiga  qaramay,  bu  yo’nalishda  yanada 
qadimgiroq davrlarga oid qilinadigan ishlar nihoyatda ko’p. 
O’zbekiston  tarixini  o’rganishda  manbalarning  ahamiyati  beqiyos  bo’lib,  bular 
moddiy  va  yozma  manbalardir.  Tariximizning  eng  qadimgi,  ya’ni  yozuvsiz 
zamonlarga  oid  davrini  o’rganishda  arxeologik,  antropologik  va  etnografik 
manbalar  yordamga  keladi.  Bu  manbalar  turli-tuman  bo’lib,  ularga    qadimgi 
manzilgohlar  va  shaharlar  xarobalari,  mozor-qo’rQonlar  qoldiqlari,  turmush  va 
xo’jalikda  ishlatiladigan  buyumlar,  mehnat  va  jangovar  qurollar,  turli-tuman 
ashyolar  kiradi.  YOzma  manbalar  esa,  eng  qadimgi  yozuvlar,  bitiklar  va 
kitoblardan  iboratdir.  Moddiy  va  yozma  manbalar  ma’lumotlarini  solishtirib, 
qiyoslab tarixni talqin etish muhim ahamiyat kasb etadi. 

Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling