Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutining buxoro filiali
-mavzu. O’zbek davlatchiligining shakllanishi va dastlabki taraqqiyot
Download 1.9 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbekiston tarixi (3)
2-mavzu. O’zbek davlatchiligining shakllanishi va dastlabki taraqqiyot
bosqichlari. Reja: 1. Davlatchilik tushunchasi. O’lkamiz hududida dastlabki davlatlarningi tashkil topishi. 2.”Katta Xorazm”,Qadimgi Baqtriya o’zbek davlatchiligining qadimgi poydevori. 3.So’g’diyina,Davan, Qang’ davlatlarining mustaqil davlat sifatida paydo bo’lishi. 4.Kushonlar saltanatining o’zbek davlatchiligi tarixida tutgan o’rni va roli. 5.Qadimiy yozuvlarning paydo bo’lishi, Buyuk ipak yo’li tarixiy rivojlanishining bosqichlari. Nafaqat O’zbekiston, balki dunyo tarixida ilk davlatchilikning paydo bo’lishi masalalari hozirgi kunda tadqiqotchilar orasida eng dolzarb bo’lib turgan muammolardan biri hisoblanadi. Masalani o’rganib, unga aniqlik kiritishdan oldin davlatchilikning ildizlari va paydo bo’lish shart-sharoitlariga diqqat-e’tiborni qaratmog’imiz lozim. YAngi tosh asriga (neolit) kelib O’rta Osiyo hududlarida dehqonchilikning paydo bo’lishi jamiyat hayotida ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot jarayonlarini yanada tezlashtirdi. Bronza davriga kelib esa dehqonchilikdan chorvachilikning ajralib chiqishi, ixtisoslashgan hunarmandchilik xo’jaliklarining rivojlanishi natijasida ishlab chiqarish hajmi ko’payib, mehnat qurollari yanada takomillashib bordi. Jamiyatda ishlab chiqaruvchi xo’jalikning paydo bo’lishi va jadallik bilan rivojlanishi o’z navbatida ijtimoiy hayotdagi o’zgarishlarga sabab bo’ldi.Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, sun’iy sug’orishga asoslangan dehqonchilik O’rta Osiyo xo’jaligining asosi hisoblanib, bu jarayon janubiy Turkmaniston, Tojikiston va O’zbekistonning janubida bronza (mil. avv. III-II yilliklar) davrida, Toshkent vohasi va uning atroflarida esa ilk temir (VIII-IV asrlar) davrida shakllanib rivojlandi. O’rta Osiyoda ilk davlat uyushmalari sun’iy sug’orish birmuncha qulay bo’lgan Amudaryo (yuqori, quyi, o’rta) oqimlari bo’ylarida, Murg’ob vohasida, Zarafshon va Qashqadaryo vohalarida shakllanib rivojlanadi. Bunday holatni dunyo tarixidagi dastlabki davlatlar-Misr (Nil) va Mesopotamiya (Dajla va Frot) misolida ham kuzatish mumkin.Hozirgi kunga kelib, O’rta Osiyoning juda ko’plab bronza va ilk temir davriga oid yodgorliklaridan (Sopolli, Jarqo’ton, Anov, Qiziltepa, Ko’zaliqir, Afrosiyob, CHust, Dalvarzin, Daratepa va boshq.) ishlab chiqaruvchi xo’jalik bilan bevosita bog’liq bo’lgan metall qurollar topib o’rganilgan. Metall qurollarining mehnat qurollari sifatida jamiyat hayotiga keng yoyilishi mehnat unumdorligining yanada yuksalishi uchun ulkan imkoniyatlar yaratib, bu jarayon davlatchilik paydo bo’lishini yanada tezlashtirdi.So’nggi bronza davriga kelib kulolchilik charxining ishlatila boshlanishi natijasida Sopolli, Oltintepa, Gonur, Jarqo’ton kabilarda kulolchilik mahallalari paydo bo’ladi. SHuningdek, hunarmandchilikning toshga, metallga, yog’ochga, suyakka ishlov berish turlari ham keng tarqaladi. O’unarmandchi-likning ixtisoslashuvi, alohida xo’jalik tarmog’i sifatida shakllanib rivojlanishi jamiyatdagi iqtisodiy taraqqiyot uchun muhim ahamiyatga ega bo’lib, davlatchilik paydo bo’lishi uchun muhim bo’lgan qo’shimcha mahsulot ko’payishiga turtki bo’ldi.O’rta Osiyo hududlarida yashagan aholi qadimgi davrlardan boshlab o’zaro munosabatlarni rivojlantirib kelganlar. Bronza davriga kelib shimoldagi ko’chmanchi chorvador qabilalar va janubdagi o’troq dehqonchilik aholisi o’rtasida o’zaro mol ayirboshlash va madaniy aloqalar yanada jadallashdi. Bu o’rinda o’sha davrda shakllanib keyinchalik yanada rivojlangan qadimgi yo’llarning ahamiyati beqiyos bo’ldi. Bu yo’llar orqali O’rta Osiyo qadimgi aholisi mintaqadan tashqari qo’shni davlatlar Mesopotamiya, Misr, Hindiston, Eron, Afg’oniston kabilar bilan turli aloqalarni rivojlantirganlar. Xullas, Bronza davriga kelib aholi ishlab chiqarishning ma’lum bir sohalariga dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilikka ixtisoslashib bordi. Bu jarayon ishlab chiqaruvchi kuchlarning o’sishi va ularning bir yerga to’planishi uchun zamin yaratdi. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning o’sishi o’z nav-batida mahsulot hajmining o’sib, qo’shimcha mahsulot paydo bo’lishiga sabab bo’ldi. Demak, qadimgi xo’jaliklarning ixtisoslashuvi, suQorma dehqonchilikning rivojlanishi, metallning hayotga jadallik bilan kirib kelishi va yoyilishi, hunarmandchilikda turli tarmoqlarning rivojlanishi, o’zaro ayirboshlash va savdo-sotiq taraqqiy etishi natijasida jamiyat hayotida ijtimoiy-iqtisodiy yuksalish kuzatiladi. Bu yuksalish ilk davlatchilikning asosiy poydevori hisoblanadi.Mil. avv. IV ming yillikka kelib qadimgi Misr xo’jaligida sun’iy sug’orishga asoslangan dehqonchilik katta yutug’larga erishadi. Ko’p tarmoqli bo’lgan hunarmandchilik dehqonchilikdan ajralib chiqadi. Savdo-sotiq keng miqyosda rivojlanib boradi. Aynan mana shu davrda jamiyatning ijtimoiy hayotida ham tubdan o’zgarishlar bo’lib o’tdi. Aholi orasida tabaqalanish ro’y berib, jamiyat uchta hukmron qatlam (qabila oqsoqollari, kohinlar, boy jamoachilar), dehqonchilik jamoasi a’zolari (Qad. Misr jamiyatdagi moddiy ishlab chiqaruvchilar) va qullar qatlamlariga bo’linadi.Mil. avv. IV ming yillikning ikkinchi yarmida Qadimgi Misrda shahar markazi atrofidagi bir nechta qishloqlarni birlashtirgan unchalik katta bo’lmagan viloyatlar (nomlar) doirasida dastlabki davlatlar paydo bo’ladi. Markaziy shaharlar markazida hukmdor qarorgohi va bosh xudo ibodatxonasi joylashgan. Bu davrda Quyi Misrda 22 ta nom, YUqori Misrda 20 ta nom bo’lgani ma’lum. Mil. avv. IV ming yillik oxirlariga kelib barcha nomlar birlashtirilib Quyi va YUqori podsholiliklar tashkil topadi. Quyi Misr podsholigi poytaxti Enxab (Nexen) shahri, YUqori Misr podsholigi poytaxti esa Buto shahri edi. Qadimgi Misrning rivojlanishi O’rta, YAngi va So’nggi podsholiklar davrlariga bo’linadi.Mil. avv. V ming yillikka kelib, qadimgi Mesopotamiya aholisi hayotida Xalaf madaniyati (Tal-Xalaf qishlog’i nomidan) ma’lum ahamiyatga ega bo’lgan bo’lsa-da, bu hududlarda jamiyatning tabaqalashuvi va davlatchilikning paydo bo’lishi hamda SHumer sivilizatsiyasining asoslari Uruk (IV ming yillikning ikkinchi yarmi) madaniyati bilan bog’liqdir.Bu davrda Mesopotamiya xo’jaligining asosini sug’orma dehqonchilik tashkil etardi. Asta-sekinlik bilan dehqonchilikdan hunarmandchilik xo’jaliklari ajralib chiqib, ular jamiyat rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo’lgan tarmoqlarga aylana boshlaydi. Ichki va tashqi almashinuv rivojlanadi. Qo’shni viloyatlardan mis, oltin, qurilish mollari, qimmatbaho toshlar keltirila boshlanadi. Manzilgohlar o’lchamlari kengayib, ular madaniy, ma’muriy, siyosiy va diniy markazlarga aylanib boradi.Mil. avv. IV ming yillikka kelib ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi natijasida ishlab chiqarish munosabatlari ham taraqqiy etadi. Natijada Mesopotamiya jamiyatda mulkiy tengsizlik va ijtimoiy tabaqalanish ro’y beradi. Mil. avv. III yillikning boshlari Mesopotamiyaning (Tigr va yevfrat daryolari vodiysi) janubida SHumer, O’rta qismida esa Akkad kabi davlatlar Eredu, Ur, Larsa, Uruk, Umma, Lagas kabi bir nechta shahar-davlatlar mavjud edi. O’sha davr Mesopotamiya rivojlanishining asosini sug’orma dehqonchilik tashkil etardi.O’lkamiz Download 1.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling