yashaganlar. Ular VIII asr oxirlarida davlat bo’lib birlashdilar. Uning markazi Chu
daryosi shimolida joylashgan Siyob shahri bo’lgan. Bu davlat hududiga yana Jo’l,
Navkat, Karmankot, Yor, To’n, Barsxon, Panjikent, Beklig’ kabi shaharlar kirgan.
Xalqning asosiy mashg’uloti chorvachilik va ovchilik bo’lgan. Daryo vodiylarida
esa dehqonchilik bilan shug’ullanganlar. Ular dastlab moniy va nasroniy dinlarini,
so’ngra X asr o’rtalarida islomni qabul qilganlar, hattoki, shaharlarda jome
masjidlari qurganlar. qarluqlar doimo janubda yag’molar, g’arbda Sirdaryo
etaklarida yashovchi o’g’uzlar tazyiqidan aziyat chekkanlar. X asrda qoraxoniylar
davlati shakllanganidan keyin qarluqlar uning tarkibiga singishib ketgan. Ular
asosan Shosh, Farg’ona va Zarafshon vohalarigi kelib joylashib, mahalliy aholi
bilan qorishib ketdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: