Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutining buxoro filiali


Turkiston  muxtoriyatining  e’lon  qilinishi va  bolsheviklar  tomonidan  tor-mor


Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/58
Sana08.01.2022
Hajmi1.9 Mb.
#244247
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   58
Bog'liq
ozbekiston tarixi (3)

Turkiston  muxtoriyatining  e’lon  qilinishi va  bolsheviklar  tomonidan  tor-mor 
qilinishi: 
1917  yil  26-28  noyabrda  Qo’qon  shahrida  Turkiston  o’lka  musulmonlarining 
favqulodda  IV  qurultoyi  bo’lib  o’tdi.  Qurultoyda  demokratik  musulmon  ziyolilar 
talabi bilan Turkiston aholisining yevropali qismi vakillari ham teng huquqli bo’lib 
ishtirok  etdilar.  Turkistonning  boshqarish  tuzumi  to’g’risidagi  masala  uch  kun 
davom  etgan  qurultoyning  diqqat  markazida  turdi.  Qurultoyda  o’lkaning  barcha 
mintaqalari  va  ko’pgina  jamoat  tashkilotlaridan  200  nafardan  ortiq  vakillar  hozir 
bo’ldi.  Unda  vakillarning  siyosiy  faolligi  tufayli  muhim  masalalar  yuzasidan 
munozaralar bo’lib o’tdi. Muxtoriyat e’lon qilish g’oyasini qo’llab-quvvatlovchilar 
ko’pchilikni tashkil etdi. 
Qurultoyda  qabul  qilingan  qarorda:  «Turkistonda  yashab  turgan  turli  millatga 
mansub  aholi  Rossiya  inqilobi  da’vat  etgan  xalqlarning  o’z  taqdirlarini  o’zlari 


belgilash  xususidagi  irodasini  namoyon  etib,  Turkistonni  Rossiya  tarkibida 
hududiy jihatdan muxtor deb e’lon qildi». 
28  noyabrda  tarkib  topayotgan  mazkur  davlatning  nomi  aniqlanib,  Turkiston 
muxtoriyati deb ataladigan bo’ldi. Butunrossiya Ta’sis  majlisi chaqirilgunga qadar 
hokimiyat Turkiston Muvaqqat kengashi va Turkiston xalq (millat) majlisi qo’lida 
bo’lishi  kerak  edi.  Turkiston  Muvaqqat  kengashi  a’zolaridan  tuzilgan  Muvaqqat 
huqumat hay’ati tarkibiga 8 kishi saylandi, yana 4 o’rin  yevropa aholi  vakillariga 
ajratildi.Qurultoy  jarayonida  Turkiston  Millat  majlisi  54  kishidan  iborat  qilib 
saylandi,  shundan  2/3  qismi,  ya’ni  36  nafari  mahalliy  aholi  vakillaridan 
edi.Turkiston Muxtoriyati  hukumati qisqa  fursat  ichida  xalq o’rtasida katta e’tibor 
qozondi. Abdurauf Fitrat muxtoriyat e’lon qilingan kunni «milliy laylatulqadrimiz» 
deb  atadi.  Turkiston  muxtoriyatini  barcha  demokratik  kuchlar  qizg’in 
quvvatladi.Afsuski,  o’lka  bolsheviklari  Turkiston  Muxtoriyati  huqumatiga  katta 
xavf  deb  qaradilar.  Turkiston  Sovetlarining  IV  s’ezdi  Turkiston  Muxtoriyati 
hukumati  va  uning  a’zolarini  qonundan  tashqari  deb  hisobladi  va  hukumat 
a’zolarini  qamoqqa  olish  haqida  qaror  qabul  qildi.  Turkiston  XKS  muxtoriyat 
hukumatni  tugatish  uchun  harbiy  harakatlarni  boshladi.  Turkiston  bolsheviklari 
buning  uchun  qizil  askarlardan  tashqari  armanlarning  «Dashnoqutyun»  partiyasi 
a’zolaridan keng foydalandilar.1918 yilning 19 fevralida (eski hisob bilan 6 fevral) 
Qo’qon  shahrida  faoliyat  ko’rsatayotgan  Turkiston  muxtoriyati  hukumati 
bolsheviklarning  qonli  hujumlari  natijasida  ag’darib  tashlandi.  Hukumat 
ag’darilgach  ham  Qo’qon  va  uning  atroflaridagi  tinch  aholini  talash  va  o’ldirish 
battar  avjiga  chiqdi.  Faqat  Qo’qonning  o’zida  uch  kun  davomida  10000  kishi 
o’ldirildi. 
«Ulug’  Turkiston»  gazetasi  chuqur  qayg’u  bilan  xabar  berganidek,  20  (7)  fevral 
Ho’qand  tarixining  eng  dahshatli  kuni  bo’ldi.  Eski  shahardagi  hamma  magazinlar, 
savdo  firmalari,  banklar  va  ozmi-ko’pmi  yaxshiroq  ko’ringan  xususiy 
xonadonlarning  hammasi  talangan.  Gazetadagi  ushbu  maqola  «Ho’qand  hozir 
o’liklar  shahri»  deb  tugaydi.  Turkiston  Muxtoriyatini  ag’darilishi  O’rta  Osiyoni 
sovetlashtirishga keng yo’l ochib berdi. 

Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling