Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti 1 Loyihalar «O’zbek adabiyoti tarixi»


TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO'JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/132
Sana15.11.2021
Hajmi0.56 Mb.
#174791
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   132
Bog'liq
arm-loyiha

TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO'JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI
84
YENGAJON
Hazil
Yengajon! - dedim.
Qaynim-ov ! - dedi.
Berroq kel! - dedim.
Aynima! - dedi.
Davra quvnoq edi,suhbat Sho'x edi,
Ko'ngilda zarra ham g'ubor Yo'q edi.
YoShlik esga tuShdi, avjida hazil,
Hazilga ko'p qulay edi bu manzil.
Ko'z tikib, oh chekib:- Yengajon,-dedim,-
Berroq kel, sadag'a senga jon,- dedim...
Qaynijon,inimsan,qaynim-ov,- dedi,-
Esi past boladay aynima,- dedi.
AGAR MEN...
EShikko'l etagida qadimgi bir jangchining qabrini topiShibdi. Kafanigacha oltin emiSh. Xanjari, etigi, qilichi,
dubulg'asi, engil-boShi, qo'ying-chi, kosasi, piYolasigacha quyma oltin,tobuti ham...
Bu bizning bobolarimizning bobolariga xos burungi yer tagi sag'analaridan.Nomdor va saltanat egalaridan
birining sag'anasi.Qabr ichida ustixonga bog'liq va Yonma-Yon to'rt yuzga yaqin o'likka kerakligu keraksiz
oltin buyum sanaShibdi. Ettinchi asrga qadar ko'milgan o'lik - sahroyi yigit, jangchi.Yo o'n sakkiz,Yo yigirma
uch yil umr ko'rgan, xolos.
Agar men mahgulik uyquga ketar kun biron bir buyum ola ketiSh erki berila qolsa...
Nima olib ketarkinman?
Eng avvalo hovlimdagi oq gullarning bir hovuch atri;
Keyin Halimaxonim avjida Navoiyning o'sah bir satri;
Ustoz Oybek bermiSh o'Sha bir qalam;
Olis g'urbatlardan qaytganimda,onamning qabrini topolmaganim vajidan suyak-suyaklarimga singgan o'sa
qirq yillik alam;
Suygulimning tirnoq yuzidekkina surati ham;
Nozim hikmatning dengiz suvlariday moviy ko'zlaridagi o'Sha mung,o'Sha uchqun,bir so'z bilan aytsam,
uning xaYolimdagi armonli siyrati ham;
Bir g'ujum Farg'ona uzumi;
Samarqanddagi yigitlik bazmi;
Qozoq qimizidan bir ko'za;
ToShkent dengizidan bir ko'za;
Hech bo'lmasa o'Sha Olatov yaylovida qimiz ichgan zarang kosa;
O'Sha unutilmas o'g'rincha bo'sa;
Oqsoq bobo* sag'anasidan lojuvard g'iSht sinig'i;
O'lganda ham otini ataShim nojo'ya birovning ko'zlaridagi tubsiz mehrdan kiprikchasi va tinig'i;
Andijon adirlarida bitgan g'o'zadan bir lo'ppi chanoq ham;
Tag'in nima? Bo'ldi, Shekilli.
Yo'q,onamdan qolmiSh yagona esdalik - kichkina parqu boliSh - tobutimda boShimga qo'yilsa-yu,o'Sha
boliSh tagiga bir juft rayhon Shoxchasi qo'yilsa...
O'lgandan keyin biron buyum olib ketiSh erki berilsa,men Shularnigina ola ketiShni istar edim.Lekin hali
o'ladigan tentak Yo'q,gap Shunda...
TONG QUSHLARI



Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling