Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti 1 Loyihalar «O’zbek adabiyoti tarixi»


TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO'JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/132
Sana15.11.2021
Hajmi0.56 Mb.
#174791
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   132
Bog'liq
arm-loyiha

TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO'JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI
9
ta’riflab berolgani Yo’q.
         Eron qahramonlik eposini bir kitobga yig’iSh an’anasi  Sosoniylar hukumronligi davri III-VII asrlarda
vujudga kelgan. X asrda O’rta OsiYo va Xuroson qahramonlik  eposi  rivoyatlari to’planib, fors tilida kitob
qilingan.
         Abul Muayyad Balxiy (X asr) tomonidan yaratilgan, to’rt olim tomonidan Yozilib “Shohnomai mansuri”
nomi bilan maShhur bo’lgan (957-yilda) nasriy Shohnomalar va Abu Ali Muhmmad ibn Ahmad Balxiy va
Masudi Marvaziylarning She’riy “Shohnoma”si (966-yildan oldin yaratilgan) haqida ma’lumotlar bor. Ammo
ular bizgacha yetib kelmagan. 977-yilda o’ldirilgan Abu Mansur Daqiqiy “Shohnoma”si bizgacha yetib
kelgan. Chunki Daqiqiy Yozib ulgurgan ming baytni Firdavsiy  o’z asariga kiritgan edi.
         “Shohnoma”-o’lmas asar, noYob durdona hisoblanadi. She’riy  Shaklda yaratilgan bu asar xalq tiliga
yaqin  sodda,  ixcham  bo’liShi  bilan  birga,  g’oyatda  falsafiy  teran  muShohadalari  bilan  kiShini  hayratda
qoldiradi. Asarda 50 podSholik tasvir etiladi. Xalq og’zaki ijodi namunalari rivoyat, afsonalaridan keng
foygalanilgan. O’z zamonasining doniShmandlaridan biri  bo’lgani uchun  Shoir “hakim” laqabini oladi.
“Shohnoma”ning batartib  yaxlid asarga aylaniShida xalq yaratgan afsona va rivoyatlardan asar g’oyasini
ochib beriShga  xizmat qiladiganlarini oliShda ham Firdavsiy nihoyatda  yuksak iste’dot, noYob qobiliyat
egasi ekanini namoYon etadi. Asarda O’rta OsiYo va Eron xalqlarining bosqinchilarga qarShi el-yurtning
baxtli taqdiri uchun kuraShlari o’z ifodasini topgan. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, o’tmiShni o’rganmay
turib, kelajakni tasavvur qilib bo’lmaydi. Biz bu asarni o’rganiSh orqali o’tmiShda yaShagan ajdodlarimiz 
madaniyatini, o’rganamiz.
         Fidavsiy “Shohnoma”si o’lmas durdona ekanligining yana bir sababi, uning xalqchilligidadir. Garchi
“Shohlar haqida” kitob bo’lsa ham , xalqning  orzu- armonlarini ifodalaydi. “Shohnoma”da tasvirlangan 50
Shohning  ba’zilariga  minglab  bayt,  ba’zilariga  10-20  bayt  bag’iShlanadi.  Doston  “Shohnoma”  uchun
qonunlaShtirilgan  bo’lib,  har  bir  Shohlik  davrining    tavsifi  debocha,  asosiy  qism  va  xotimadan  iborat.  
Rustam  ,  Suxrob,  Kova,  IsfandiYor,  Bahrom,  SiYovuSh,Mazdak  va  boShqalar  asarning  qahramonlaridir.
         “Shohnoma”da boSh qahramon Seyistonlik bahodir Rustami dostondir.  Rustam maShhur Eron
pahlavoni , harbiy kuchlarning tayanchi, yengilmas va mag’rur bahodir, o’z yurtiga, Shohiga sadoqatli.
Asarning boSh g’oyasi –vatanni ulug’laSh, xalq qudratini ko’z-ko’z qiliShdir.
XVII asr boShlarida “Shohnoma”dan olingan  “SiYovuSh” dostoni o’zbekchaga tarjima qilingan. XVIII asrda
esa bu kitob Shoh Hijron, Mulla Xomumiy, Nurmuhammad  Bahodiriylar  tomonidan tarjima qilingan.  Prof.
Sh.Shomuhammedov  “Shohnoma”ni o’zbekchaga mukammal tarjima qilgan.  Fors-tojik Shoiri Tusiy  (XI
asr) “GerShaspnoma” asarini, Lutfiy (XV asr) “Zafarnoma” asarini “Shohnoma”dan ilhomlanib Yozgan.
“Shohnoma” mutaqorib bahrining maxzuf va maqsur tarmog’ida Yozilgan. Uning ruknlari faulun, faulun,
faulun, faul Yoki fauul (V - - V - - V - - (Yoki V - )) deb belgilangan. “Shohnoma” vaznini xalq og’zaki ijodida 
11 lik  barmoqda ijro etilaYotgan vaznda yaratilgan.
Xulosa  qilib  aytadigan  bo’lsak,  Firdavsiyning  ulkan  “Shohnoma”  dostoni  avlodlar  xotirasida  mangu
yaShaydi. Chunki Shoir insonni, butun mavjudotni eng barkamoli, taraqqiYot cho’qqisi deb ta’riflaydi.
 
                 Zanjirning oxirgi xalqasi inson,
                 U – kalit, bandlarni ochadi oson.
                 Sarvdek tik, boShini ko’tarmiSh mag’rur,
                 Borlig’i – yaxShi so’z, ruhu tafakkur.
                 Aql birla idrok faqat unga Yor,



Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling