NIZOMIY GANJAVIY
Nizomiy Ganjaviy (taxallusi; asl ismi Sharifi Abu Muhammad IlYos ibn Yusuf ibn Zakiy Muayyad)
ozarbayjon Shoiri va ma’rifatparvari. Nizomiyning ota bobolari Eronning Qum Shahridan bo’lib , onasi
(Ganja atrofidagi qiShloqlardagi) Kurd sarkardalaridan birining qizi bo’lgan. Nizomiy tug’ilgan Ganja Shahri
XI-XII asrlarda Ozarbayjonning yerik siYosiy , iqtisodiy va ma’daniy markazlaridan biri, Arron davlatining
poytaxti edi.
Nizomiy ilm-fan va badiiy adabitotga juda erta mehr qo’yadi. U qunt bilan xalq ijodini , Yozma
adabiYotni , Ro’dakiy va Firdavsiy kabi ulug’ san’atkorlarning , zamondoSh ijodkorlarining asarlarini
o’rganadi, ulardan ilhom va ta’lim oladi. Bu bilan birga u arab va fors tillarini mukammal o’rganadi. Falsafa
, mantiq, tarix va falakkiYot fanlari bilan Shug’ullanadi.
XII asrda Xuroson va Movaraunnahrning ko’plab Shaharlari , jumladan Ganjada ham javonmardlik
Yoki axiylik bilan maShhur harakat keng Yoyilgan . Harakat a’zolari asosan kosib va hunarmandlardan
iborat bo’lib, ular zolim hukumdor va amaldorlarga qarShi kuraShgan, keng xalq ommasining manfaatlarini
himoya qilgan. Ezgulik , adolat va muruvvatni Shior qilib olgan bu toifa ilmu ma’rifatga katta ahamiyat
bergan. Nizomiy Ganjaviy bu harakat qoidalarini hurmat qilgan va ularga moil bo’lgan. U o’z asarlarida
mana Shu g’oyalarni kuylagan, dostonlarini o’Sha zamonlardagi Shoh va Shahzodalarga bag’iShlagan
bo’lsa-da , lekin saroy Shoiri bo’liShni istamagan, bu haqdagi taklifni rad etgan.
Nizomiyning adabiy merosi lirik va epik asarlardan iborat. Uning 20 ming baytdan iborat She’riy
devoni bo’lgan. Shoirning lirik She’rlari turli baYoz va to’plamlardan tarkib topib , jamlangan. Lekin undan
ayirim parchalar : 16 qasida , 192 g’azal, 5 qit’a, 68 ruboiy va 17 bayt saqlanib qolgan xolos.
Do'stlaringiz bilan baham: |