Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti 1 Loyihalar «O’zbek adabiyoti tarixi»
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
arm-loyiha
SA’DIY SHEROZIY
TurmuSh saboqlarini izlab jahon kezgan, mamlakatdan mamlakatga, o’lkadan o’lkaga, Shahardan Shaharga, qiShloqdan qiShloqqa o’tib kiShilar qalbini o’rgangan, haYot hikmatlari durdonalarini yig’ib, so’ng ularga sayqal berib nazm ipiga tizgan jahongaShta Shoir Sa’diy Sheroziydir. Muslihiddin Abu Muhammad Abdulloh ibn MuShrif ibn Muslih ibn MuShrif Sa’diy Sheroziy 1203-1208- yillar orasida Eronning janubida joylaShgan, Sherozda ruhoniy oilasida tug’ilgan. U Sharqda Shayx Sa’diy nomi bilan Shuhrat qozongan. Sheroz Shahri fors-tojik adabiYotining ikki g’azalgo’y bulbuliga oShYon bo’lgan. Biri Sa’diy Sheroziy bo’lsa, yana biri Hofiz Sheroziydir. XIII asrda bu o’lkada Solg’uniylar avlodidan bo’lgan fors otabeklari hukumronlik qilar edi. XorazmShohlar yuriShi, mo’g’ullar bosqini davrida ham Sheroz omon qoldi. Sababi Sherozning bir oz chetroqda joylaShganligi va Sheroz hokimlarining tinchlik siYosati edi. Bu davrda tug’ilgan Sa’diy Sherozda o’sib ulg’aydi. Shoirning otasi MuShrif Sheroziy o’rtamiYona ruhoniylardan bo’lib, Sheroz hokimi Sa’d binni Zanji huzurida xizmat qilardi. Otasi o’g’lini ham ruhoniylikka tayYorlab, uni o’qita boShladi. Sa’diy o’z otasini yumShoq tabiatli, mehribon kiShi sifatida tasvirlaydi va uni saboqlarini,vasiyatini eslaydi. Shoir 10-11 YoShlarga yetganda otasi vafot etadi. Sa’diy va ukasiga saroy nafaqasi tayinlangan bo’lsada, oilaviy ahvoli og’ir bo’lgan. Toj – taxt uchun kuraSh avj olgach , u Bog’dodga ketadi. Sa’diy Sheroziy 1226-yilda Bog’dodning “Nizomiya” va “Mustansiriya” madrasalarida tahsil oldi. 50 YoShgacha dunYo kezib saYohat qildi. Fors –tojik adabiYoti tarixida Sa’diyning mavqei juda baland. U o’z zamonasining maShhur olimu adiblari: maShhur doniShmand mutasavvuf olimlarii adib Shahobiddin Suhravordiy va Abulfaraj Abdurahmon ibn Jazvinlar qo’lida tarbiyalandi. Bog’dod madrasasini tugatgan Shoir vataniga qaymadi. “JahongaShta er mardu oqil bo’lur” deb iShongan Sa’diy Sharq mamlakatlarini kezdi. Eron, Janubiy Ovro’pa, Kichik OsiYo, Arabiston, O’rta OsiYo, Hindiston va Xitoy mamlakatlari bo’ylab 30 yil saYohat qildi. 1292-yilda vafot etgan. Quddus biYoboniga boSh olib ketganda faranglar qo’liga asir tuShadi. Xalab akobirlaridan bo’lgan do’sti uni yahudiylar bilan handak qazaYotganini ko’radi va 10 dinor to’lab asirlikdan qutqazadi. Mahri moliga o’zidan Yo’z dinor qoShib, o’z qiziga nikohlab beradi. Biroq Shoir bu Yomon xulqli xotindan qochib qutiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling