Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti 1 Loyihalar «O’zbek adabiyoti tarixi»


TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO'JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/132
Sana15.11.2021
Hajmi0.56 Mb.
#174791
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   132
Bog'liq
arm-loyiha

TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO'JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI
14
U Yamanda bo’lgan vaqtda Yolg’iz o’g’li vafot etadi. Sa’diy Sheroziy  haqida tadqiqotlar olib borgan Rustam
Aliyev Shoir haYoti va ijodini o’rganiShda uning  asarlari qimmatli ma’lumotlar beriShini ta’kidlaydi.
        Sa’diy Sheroziy  fors-tojik adabiYotini yuksak cho’qqiga ko’targan adiblardan biridir. U birinchi bo’lib
g’azal formasini mustaqil janr darajasiga ko’tardi. Sa’diy  turli janrlarda juda ko’p asarlar muallifidir. Uning
kulliYoti janrlar bo’yicha 19 bo’limdan iborat bo’lib, unda prozaik va poetik asarlar to’plangan. Sa’diy
“KulliYoti”ga  4  devon  (g’azallar  to’plami)  kiritilgan.  “KulliYot”ga  kiritilgan  badiiy  asarlar  ichida  eng
maShhurlari  1257-yilda  Yozilgan  “Bo’ston”  va  1258-yilda  Yozilgan  “Guliston”  bo’lib,  bular  jahon
madaniyatining durdonalari hisoblanadi.  “Guliston” 8 bobdan iborat. Asar o’ziga xos didaktik hikoyalar va
She’riy aforizmlar to’plami sanaladi. AdabiYotShunoslar nazdida fors klassik poeziyasining eng porloq asari
F i r d a v s i y n i n g
  “ S h o h n o m a ” s i
  b o ’ l s a ,
  n a s r i y
  a s a r l a r n i n g
  e n g
  b a r j a s t a s i
“Guliston”hisoblanadi.(Sh.Shomuhammedov. Inson tinchligini ko’zlab. T.1981.122-bet). Shoir “Guliston” 
asarini “munosib bo’lsin, jannat ravzasiga o’xShasin va o’qigan kiShi zerikmasin ” degan maqsadda 8
bobga taqsim qilganini Yozadi.1-bob “PodSholar tabiati haqida” deb nomlanib, turli hikoyat va rivoyatlar
Yordamida Shohlarga pandu nasihat qilinadi.2-bobda darveShlar axloqi, 3-bobda qanoat  fazilati, 4-bobda
gapirmaslik  foydasi,  5-bobda  YoShlik  va  iShq  haqida,  6-bobda  qarilik  va  zaiflik  haqida,  7-bobda  tarbiya
ta’siri haqida, 8-bobda suhbat odobi haqida so’z yuritiladi.
            O’n bobdan iborat “Bo’ston” ham “Guliston” ga o’xShaSh,lekin uboShdan-oYoq She’r bilan Yozilgan.
Sa’diy “KulliYoti”da qasidalar bo’limi ham bor, u qasida janrida ham She’r  Yozgan. Sa’diy ilmu hunar
o’rganiShga katta e’tibor berib, bu Yo’lda har qancha maShaqqatlardanqochmaslik lozimligini ta’kidlaydi.
                      Baniy odam ilmdin topmiSh kamol,
                      Bekor bunda mansabu, boyligu mol.
           Yoki:
                      Istar esang otangdan  meros,
                      Bog’la otang ilmiga ixlos.
 
           Shoir ilm o’rganiSh bilan birga,  unga amal qiliSh lozimligini ham uqtiradi.
 
                      Harchand o’qib sen ilmdonsan,
                      Agar amal qilmading, nodonsan.
                      Ustiga kitob ortilgan eShak –
                       Na olim va na donodur, beShak.
 
           Sa’diy ijodiga eronShunos olim I.S.Braginskiy Shunday baho beradi: “Sa’diy o’zining nasihatomuz
asarlarini  keksalarcha  salmoqlanibgina  emas,  balki  chollarcha  sudralib  Yozdi  ”(И.С.Брагинский.  Из
истории таджикиской народной поэзии.М.1956). Shoirning  axloqiy fikrkari haqida ingliz SharqShunosi
Eduard  Braun  ham  o’z  fikrini  bildirgan.  Shoir  yaxShilikka  qaratilgan  Yolg’on-Yomonlik  so’zlagan  chindan
yaxShiroq ,degan fikrni ilgari suradi. E.Braun Shunday Yozadi: “Sa’diy odatda axloq o’rgatuvchi o’qtuvchi
Shoir hisoblanadi. Uning etikasi G’arbiy Yevropada qabul qilingan umumiy axloq qoidalaridan farq qiladi ”.
Bu bilan  E.Braun Sharqda Yolg’on gapiriSh mumkin(yaxShilik uchun),ammo G’arbga to’g’ri kelmaydi
demoqchi bo’ladi. Sa’diyning axloqiy qaraShlari o’z muhiti va zamonasidan ham, ta’sir doirasi esa o’z yurti
va davriy chegarasidan ham chiqib ketadi. Uning ilg’or orzulari umumbaShariyat orzulariga hamohang.
Shuning uchun ham bu asar jahon adabiYoti durdonalari qatorida 700 yildan beri sevib o’qilib kelinmoqda.



Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling