Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti 1 Loyihalar «O’zbek adabiyoti tarixi»
TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO'JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
arm-loyiha
TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO'JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI
20 Sahar vaqtda uyg’oqlikni odat qil”, deydi. Sulaymon Boqirg’oniy She’rlari “Boqirg’on kitobi” nomi bilan Qozonda bir necha bor naShr qilingan. Keyingi yillarda adabiYotShunos olimlar I.Haqqulov va S.Rafiddinov tomonidan SharqShunoslik institutida saqlanaYotgan (Inv.№ 12646, № 289 ) kitoblar asosida so’zboShi va izohlar bilan naShrga tayYorlandi.( Sulaymon Boqirg’oniy. Boqirg’on kitobi. T. “Yozuvchi”, 1991-yil). Sulaymon Boqirg’oniy ijodi o’zbek adabiYoti tarixida tasodifiy hodisa emas. Uni o’rganiSh, liro-epik asarlarini tadqiq etiSh adabiYotShunosligimiz oldidagi dolzarb vazifalardan biridir. XO’JANDIY XIV asrning ikkinchiyarmi va XV asrning birinchi choragida yaShab ijod etgan, o’zining “Latofatnoma” asari bilan o’zbek adabiYotini rivojlantiriShga katta hissa qo’Shgan Shoirlardan biri Xo’jandiydir. Shoirning tug’ilgan yili va vafot etgan yili haqida hech qanday ma’lumot Yo’q. Taxallusidan Xo’janddan ekanligi bilinadi. Xo’jandiyning “Latofatnoma” asari XV asr boShlarida (1411-yillarda) Xorazmda hukumronlik qilgan Amir Temurning avlodlaridan biri Sulton Mahmudga bag’iShlangan. Shuni ta’kidlaSh kerakki, bu asarda Xorazmiyning “Muhabbatnoma”sidagidek har bir nomadan so’ng g’azal keltirilmaydi, fard, qit’a va munojatlar ham Yo’q. “Latofatnoma” masnaviy Shaklida (aa, bb, …) Yozilgan va qofiyalangan. Asarda iShlatilgan badiiy tasvirlaSh vositalari, usullari an’anaviy ko’riniShga ega. Mana bu baytlarda Xo’jandiy kitobat sa,’atini qo’llab, ma’Shuqani Shunday tasvirlaydi: Aliftek to’g’ri bo’yliq qoShlari nun, Jahon Laylilari husningg’a Majnun. Tor og’zing mimu fatton ko’zlaring sod, Jahonda siz bikin Yo’q odamizod. Husni ta’lil san’ati: Ko’zingni Zuhra ko’rsa xira qolg’ay, To’lun oy sizni ko’rsa yarim o’lg’ay. kabi badiiy san’at va tasviriy vositalarni asarda ko’p uchratiSh mumkin. Bizgacha “Latofatnoma”ning to’rt nusxasi yetib kelgan. Uning 2 tasi Kobul kutubxonasining muzeyida, bir nusxasi Istambulda va yana bir esa Britaniya muzeyida saqlanmoqda. Qo’lYozma hijriy 893 (milodiy 1488) yilda ko’chirilgan bo’lib, 313 baytdan iborat. “Latofatnoma” asarining Kobulda saqlanaYotgan uyg’ur Yozuvidagi matni fotonusxasi asosida hamda Istambul va Londondagi matnlarning fotonusxalaridan foydalangan holda uning transkripsiyadagi matni 1980-yilda ToShkentda turkolog olim E.Fozilov tomonidan tayYorlanib, naShr etildi. Shuningdek, bu asarning Britaniyadagi fotonusxasidan ayrim parchalar “O’zbek adabiYoti” 4 tomlikning 1-kitobida naShr |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling