Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti 1 Loyihalar «O’zbek adabiyoti tarixi»


TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO'JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/132
Sana15.11.2021
Hajmi0.56 Mb.
#174791
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   132
Bog'liq
arm-loyiha

TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO'JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI
16
         Shoir adabiy merosida uning “Xamsa”si alohida o’rin tutadi. Sharq adabiYotida birinchi bo’lib 
“Xamsa” Yozgan kiShi ham Nizomiydir. Asar quyidagi dostonlarni o’z ichiga oladi:
         1. “Mahzan ul- asror ” (“Sirlar xazinasi”, 1173-1179-yillar) Arzinjon hokimi Faxriddin BahromShohga
bag’iShlangan. Muqaddima va xotimadan taShqari 20 maqola bo’lib, har maqolaga oid 20 hikoya mavjud.
Asarda Shoir yaShagan davrning muhim ijtimoiy siYosiy va axloqiy-ta’limiy masalalar aks etgan. Keyinchlik
bu asarga javoban forsiy va turkiy adabiYotlarda 40 dan ortiq dostonlar (Navoiy “Hayrat ul-abror ”)
yaratilgan.
         2. “Xisrav va Shirin” (1180-81-yillar) sevgi va sadoqat mavzuida bo’lib, Iroq hukmdori Turg’ul II ning
iltimosiga ko’ra yaratilgan.
         3. “Layli va Majnun” (1181-yil) Shirvon Shohlaridan Axsatan I buyrug’I va topShirig’I bilan Yozilgan
bo’lib, arab rivoyatlari asosida yaratilgan.
         4. “Haft paykar” 1196-yilda hukmdor Alovuddin Ko’rpa Arslonning topShirig’i bilan Bahrom Go’r va
uning nomi bilan bog’liq voqealarga asoslangan asar. Doston hikoya ichida hikoya tarzida Yozilgan bo’lib,
ularda  inson tarbiyasi, xulq atvori bilan bog’liq g’oyalar ilgari surilgan. Hikoyalarida xalq ertaklari ta’siri
sezilib turadi.
         5. “Iskandarnoma” dostoni (1190- 1200-yillar)da  Nizomiy Ganjaviy  o’zining odil va ma’rifatli Shoh,
komil inson, ideal jamiyat haqidagi orzularini Iskandar  obrazi va haYoliy tasvirlar orqali ifodalagan.
         Shu tariqa 1173-1200-yillar oralig’ida – 28 yil davomida beSh doston dunYo yuzini ko’radi va ular
“Panj ganj” (“BeSh xazina”) nomi bilan Shuhrat topadi.
         Navoiydan tortib barcha o’zbek Shoirlari Nizomiyni o’zlariga ustoz deb biliShgan. Navoiy “Nasoyim ul-
muhabbat”da uni Shayxlar qatorida zikr etadi, dostonlarining avvalgi boblarida uni faxr bilan ta’rifu tavsif
etadi , o’ziga  ustoz sanaydi. XIV asr o’rtalarida Qutb Xorazmiy “Xisrav va Shirin” dostonini turkey tilga
tarjima  qilgan.  Haydar  Xorazmiy  Shoirning  “Mahzan  ul-  asror”  asariga  javoban  “GulShan  ul-asror  ”
dostonini  yaratgan.  Mavlono  Gadoyi    g’azallaridan    birida    “Xisrav  va  Shirin  ”  dostonini  YoziShda
Nizomiyning asosiy maqsadi Farhod qissasini baYon etiShdir, deydi:
 
                  Desa bo’lmas , Gado, harbul havasni oShiqi sodiq,
                  Hadisi “Xisravu Shirin” g’araz Farhod emiSh bulduk.
 
         O’zbek adabiYotShunosligida Nizomiy Ganjaviy ijodini o’rganiSh bo’yicha , asarlarini naShr qildiriSh
borasida bir qator iShlar amalgam oShirildi. “Nizomiy She’riyatidan” to’plami Shoislom Shomuhammedov
tarjimasida chop etilgan. Unda Shoir qasidalari , g’azallari, qit’alari, ruboiylari va hikmatlaridan namunalar,
Shuningdek, “Mahzan ul-asror” va “Haft paykar” dostonlaridan parchalar o’rin olgan.  Bundan taShqari
Shoir ijodini ilmiy tadqiq qiliSh borasida Ye. Bertels, S.Erkinov, M.G’anixonov, H.Homidiy, A.Hayetmetov va
E.Ocihlovlarning tadqiqotlarini e’tirof etiSh mumkin.
         Ulug’ Shoir va mutafakkir Nizomiy Ganjaviy o’zi to’g’risida baShorat qilib bunday degan edi:
 
                   Nihon, kay boShad az tu jilvasoze,
                    Ki dar har bayt go’yad bat u roze.
                    Pas az sad sol agar go’yi: kujo o’?
                    Z-har bayte nido xezadki:ho, o’!



Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling