TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO'JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI
1
Loyihalar
«O’zbek adabiyoti tarixi»
O’zbek xalqi qadimiy tarixga, boy o’tmish mеrosga ega. Ko’p asrlik
xalqning tarixi yozma yodgorliklar va og’zaki ijod namunalari orqali
avloddan -avlodga o’tib kеlmoqda. Yurtimizda istiqlolning dastlabki
yillaridanoq milliy- ma'naviy mеrosga bo’lgan e'tibor kuchaydi. Barcha
sohalarda bo’lgani kabi adabiyotshunoslik ilmida qatag’onga
uchragan an'analarimiz, diniy va tasavvufiy adabiYot hamda uning
badiiy adabiyotga ta'siri masalalari xususida ochiq-oydin mushohada
yuritish imkoniyati tug’ildi. Adabiyot tariximizda mustaqil va sobit
o’rniga ega bo’lgan bir qator durdonalarimizni talaba yoshlarimizga yеtkazish imkoni ham ana shu milliy
mustaqilligimiz sharofatidir.