Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti 1 «2019 yil – Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili»


TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO'JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI


Download 75.29 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/10
Sana09.01.2022
Hajmi75.29 Kb.
#262419
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
faol-tadbirkorlik

TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO'JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI

7

texnologiyalariga  tayangan  kasbga  oʻqitishni  yoʻlga  qoʻyish  va  kasbiy  malakani  baholashni  nazarda

tutuvchi kasbiy malakalar umummilliy tizimini joriy etishga asosiy eʼtibor qaratilishi lozim.

21.  Oʻzbekiston  Respublikasi  Bandlik  va  mehnat  munosabatlari  vazirligi  mamlakatda  kasbiy  taʼlim

berishning  zamonaviy  tizimini  joriy  qilish  va  rivojlantirish  boʻyicha  Davlat  dasturida  nazarda  tutilgan

vazifalarni roʻyobga chiqarish maqsadida bir oy muddatda ishchi kasblar nufuzini yuksaltirish va kasbiy

taʼlimni  rivojlantirish  boʻyicha  xalqaro  harakatga  qoʻshilishga  qaratilgan  chora-tadbirlarning  amalga

oshirilishini taʼminlasin.

22. Belgilansinki, 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab:

oliy taʼlim muassasalariga hujjatlarni davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilish tartibi bosqichma-

bosqich joriy etiladi;

muddatli harbiy xizmatni oʻtagan va harbiy qismlar qoʻmondonligining tavsiyanomasiga ega shaxslardan

iborat  abituriyentlar  uchun  oliy  taʼlim  muassasalariga  oʻqishga  kirish  uchun  ushbu  shaxslar  oʻrtasida

oʻtkaziladigan tanlov asosida alohida kvotalar ajratish tartibi kiritiladi.

23.  Oʻzbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  huzuridagi  Taʼlim  sifatini  nazorat  qilish  davlat

inspeksiyasi2019 yil 1 martga qadar:

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat

vazirligi bilan birgalikda oliy taʼlim muassasalari tomonidan talabalarni qabul qilish kvotalarini iqtisodiyot

tarmoqlari va ijtimoiy sohaning istiqboldagi ehtiyojlarini, shuningdek, muassasalarning kadrlarni sifatli

tayyorlashni  tashkil  etish  imkoniyatlarini  hisobga  olgan  holda  mustaqil  ravishda  belgilash  tartibini

tasdiqlasin va ushbu tartib 2019/2020 yildan tatbiq etilishini nazarda tutsin;

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda xorijiy diplomlarning ekvivalentligini tasdiqlashdagi

sunʼiy toʻsiqlarni bartaraf etish va ularni tan olish jarayonini optimallashtirish boʻyicha takliflar kiritsin.

24.  Oʻzbekiston  Respublikasi  Ichki  ishlar  vazirligi  Bosh  prokuratura,  Davlat  xavfsizlik  xizmati,  Adliya

vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi

qonun loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritsin:

Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish qoidalarini buzish bilan bogʻliq jinoyatlarni liberallashtirish;

Oʻzbekiston  Respublikasida  boʻlish  qoidalarini  buzganlik  uchun  maʼmuriy  javobgarlik  choralarini

differensiatsiya  qilish,  ushbu  toifadagi  ishlarning  vakolatli  davlat  organlari  tomonidan  tezkor  koʻrib

chiqilishini  taʼminlash.

25. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, “Taraqqiyot strategiyasi”

markazi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, Oʻzbekiston nodavlat notijorat

tashkilotlari  milliy  assotsiatsiyasi,  Elektron  ommaviy  axborot  vositalari  milliy  assotsiatsiyasi  va  keng

jamoatchilikning quyidagi takliflariga rozilik berilsin:

a)  “Yuksalish”  umummilliy  harakati  –  nodavlat  notijorat  tashkiloti  hamda  uning  Qoraqalpogʻiston

Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida hududiy boʻlinmalarini tashkil etish;

b)  rejalashtirilgan  islohotlarni,  shu  jumladan,  Davlat  dasturida  nazarda  tutilgan  islohotlarni  amalga

oshirishga koʻmaklashish maqsadida fuqarolar, xorijda yashayotgan vatandoshlar va nodavlat notijorat

tashkilotlarni ixtiyoriylik asosida birlashtirishni “Yuksalish” umummilliy harakatiningasosiy vazifasi etib

belgilash, shu jumladan, quyidagilar orqali birlashtirish:

xalq va biznes hamjamiyati bilan ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish;

jamoatchilik nazoratining samarali tizimini shakllantirish;

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa




Download 75.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling