Toshkent islom universiteti
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
java dasturlash tilida android tizimida milliy resurslarni tashkillashtirish va boshqarish
Ro‟yhatda grafiklarni tasvirlash
Androidda grafik ma‘lumotlarni ifodalash uchun maxsus vidjet mavjud. Shu bilan birga, ro‘yhat vidjetida matnli ma‘lumotlarda grafiklarni ham ifodalash mumkin. GridViewni grafika bilan bog‘lash u qadar qiyinchilik tug‘dirmaydi. Faqatgina ma‘lumotlar manbaasini resurslar tarkibidagi tashqi tasvirlar bilan bog‘lash darkor. Grafik ma‘lumotlarni bog‘lashdagi adapter klassi BaseAdapterdan meros oladi. Bu ma‘lumotlar adapterini realizatsiya qiluvchi umumiy klass bo‘lib, ro‘yhatlarda qo‘llaniladi. Adapter klassida ma‘lumotlar massivi o‘zida res/drawable katalogida joylashgan grafik resurslar identifikatorini saqlashi lozim.
Gallery vidjeti gorizontal aylanma yo‘lakcha va tanlangan tasvirni yorituvchi hususiyatga ega bo‘lgan grafik ro‘yhat elementi bo‘lib hisoblanadi. Mobil qurilmalarda yo‘naltirilgan chiziqli chap va o‘ng tugma yordamida ifodalangan ro‘yhat ko‘rinishida tasvirlanadi. Gallery elementi aksariyat hollarda tasvir yoki belgilar kollektsiyasini namoyish qiluvchi vosita sifatida qo‘llaniladi.
52
SlidingDrawer vidjeti markerli dinamik panel hisoblanadi. Ushbu vidjet qurilmaga o‘rnatilgan dasturlar ro‘yhatini ifodalovchi Application Launcher panelida qo‘llamiladi. Aktiv bo‘lmagan holatda SlidingDrawer ekranda ko‘rinmaydi. Foydalanuvchi ekrandagi marker orqaligina ushbu ma‘lumotlar paneliga murojaat qilishi mumkin. SlidingDrawerni ham vertical, ham gorizontal holatda qo‘llash mumkin. SlidingDrawer o‘lchami qo‘shiladigan ma‘lumotlar hajmiga bog‘liq tarzda o‘zgaradi. Odatda balandlik va kenglikni aniqlashda fill_parent qiymatidan foydalaniladi. Shu bilan birga, SlidingDrawerni mustaqil holda yaratish va uni o‘z ilovalari bilan ishga tushirish mumkin. SlidingDrawer vidjetlar konteyneri bo‘lganligi tufayli ham istalgan ma‘lumot tipi(matn, grafika yoki bir nechta vidjetli konteynerlar)ni o‘zida saqlay oladi. Agarda paneldagi elementlar ekranga sig‘may qolsa, avtomatik tarzda vertical aylanma yo‘lak hosil bo‘ladi. SlidingDrawer uchun XML-razmetka yaratishda marker uchun resursni aniqlab olish lozim. android:handle = “@ + id/handle” android:handle = “@ + id/content” Markerni bosgan holda vidjetni ekran bo‘ylab joylashtirish mumkin. SlidingDrawer ikonkasi tanlanganda, ekranning yuqori qismi matn maydonida tanlangan element identifikatori qayd etiladi. Xabarlar oynasi Foydalanuvchi ilovalar bilan ishlaganda turli il vaziyatlarda unga xabarlar oynasini namoyish etishga to‘g‘ri keladi. Ba‘zi jarayonlar foydalanuvchining xabarlar oynasiga ta‘sirini talab qilsa, boshqalari faqatgina ekranga u yoki bu habarni chiqaradi. Foydalanuvchiga xabar chiqarishning bir nechta turlari mavjud. Bular: 53
- TostNotifikation – foydalanuvchi ta‘sirini talab etmaydigan qisqa suzuvchi xabarlar oynasi; - Status Bar Notification – doimiy ravishda eslatma berishdan iborat bo‘lgan, foydalanuvchi ta‘sirini talab etadigan belgi ko‘rinishidagi xabarlar oynasi. Suzuvchi xabarlar oynasi. Suzuvchi xabar ilovalar oynasining yuqori qismida paydo bo‘ladi. Xabarlar oynasi bir necha soniyalardan so‘ng o‘z- o‘zidan yopiladi va unga ta‘sir jarayonlarini qabul qilmaydi. Suzuvchi xabarlar oynasi odatda qisqa matnli xabarlar uchun ishlatiladi. Agarda xabarlar oynasiga foydalanuvchining ta‘siri talab qilinsa, u holda xabar holatlar satrida ifodalaniladi. Xabarlar oynasi yaratish uchun avvalo, Toast.makeText() metodi obyektlaridan biri bo‘lgan Toast ni initsializatsiya qilish lozim. So‘ngra show() metodini chaqirgan holda xabar ekranga chiqariladi:
makeText() metodi 3 ta parametrni qabul qiladi: - kontekst ilova; - matnli xabar; - xabarlar oynasini namoyish etish davomiyligi 2 ta konstanta orqali aniqlanadi: - LENGTH_SHORT – qisqa oraliqda matnli xabarni namoyish etish; - LENGTH_LONG – uzoq muddatga matnli xabarni namoyish etish. Shuningdek, xabar
namoyish etish
davomiyligi qiymatini millisekundlarda berish ham mumkin. Jimlik bo‘yicha, standart xabarlar oynasi ekranning quyi qismida paydo bo‘ladi. Xabarlar oynasi paydo bo‘lish o‘rnini 54
setGravity(int, int, int) metodi yordamida o‘zgartirish mumkin. Ushbu metod 3 ta parameter qabul qiladi: - katta konteynerga joylashgan obyekt uchun standart konstanta (masalan, GRAVITY.CENTER, GRAVITY.TOP va boshqalar); - X o‘qi bo‘yicha yo‘nalgan; - Y o‘qi bo‘yicha yo‘nalgan. Misol uchun, xabarlar oynasi ekranning markaziy qismida hosil bo‘lishiga erishish uchun quyidagicha kod yoziladi: toast.setGravity(Gravity.CENTER, 0, 0); Agarda xabarlar oynasini ekranning o‘ng tomoniga joylashtirish lozim bo‘lsa, u holda ikkinchi parametr qiymatini oshirish kerak. Oynani ekranning quyi tomoniga joylashtirish kerak bo‘lsa, oxirgi parametr qiymati oshiriladi. Dialogli oyna Dialog – odatda joriy holatdan oldin paydo bo‘ladigan kichik oyna. Bunda asosiy holat ikkinchi darajaga o‘tib, diolog foydalanuvchi ta‘sirini qabul qilish holatini oladi. Dialog asosan ilova uchun bevosita bog‘liq bo‘lgan xabarlar va qisqa jarayon uchun qo‘llaniladi. Dialog klassi barcha dialogli oyna klasslari uchun bazaviy klass bo‘lib hisoblanadi.
Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling