48
20-rasm. Matnli maydon klasslari iyerarxiyasi
AutoCompleteTextView vidjeti o‘zida foydalanuvchi tomonidan
to‘ldirish va tahrirlash imkoniyati mavjud bo‘lgan matnli maydonni ifodalaydi.
Shu kabi vidjetlar mobil ilovalar uchun juda qulay hisoblanadi. Chunki u
ilovalardagi matn kiritish jarayonlarini tezlashtiradi. AutoCompleteTextView
EditText ning ost klassi bo‘lganligi uchun ham matnni formatlash va
tahrirlashning
barcha
imkoniyatlarini
yaratadi.
Bundan
tashqari
AutoCompleteTextView
ning
android:completion-Threshold
hususiyati
foydalanuvchi tomonidan kiritilgan simvollarning minimal qiymatini o‘rnatadi.
MultiAutoCompleteTextView vidjeti AutoCompleteTextView vidjetining
funktsional imkoniyatlarini kengaytiradi.
Ma‟lumotlarni ro‟yhatda ifodalash
Androidda ro‘yhat elementlari 5 ta klass yordamida e‘lon qilinadi. Bular:
1. ListView
2. GridView
3. Gallery
4. Spinner
5. SlidingDrawer