Toshkent islom universiteti
- #RGB -
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
java dasturlash tilida android tizimida milliy resurslarni tashkillashtirish va boshqarish
- #RGB
- #ARGB - #RRGGBB - #AARRGGBB bunda, R,G,B – rang ko‘rsatkichi. A – shaffoflik(alpha-channel). A qiymati uchun 0 ni o‘rnatish 100% shaffoflikni ifodalaydi. Jimlik bo‘yicha alpha qiymatining o‘rnatilmaganligi element shaffof emasligini anglatadi.
40
EditText elementi foydalanuvchi kiritishi uchun mo‘ljallangan matnli maydon hisoblanadi. EditText klassining asosiy metodi – getText() bo‘lib, u EditText elementi maydonida mavjud bo‘lgan matn qiymatini qaytaradi. Qaytarilgan qiymat Editable tipida bo‘ladi. Ushbu tip o‘zida ma‘lumot to‘ldirish yoki o‘zgartirilishi mumkin bo‘lgan matn uchun interfeysni saqlaydi. Shuningdek klassda matnni belgilash uchun bir qator metodlar mavjud: SelectAll() – oynadagi barcha matnni belgilaydi. SetSelection(int start, int stop) – matnning start holatidan stop holatigacha bo‘lgan qismini belgilaydi. SetSelection(int index) – kursorni index pozitsiyasiga joylashtiradi. Matn bilan ishlash va uni formatlash uchun yaratilgan metodlarning aksariyat qismi TextView bazaviy klassidan meros oladi. Ko‘p foydalaniladigan metodlar esa, setTypeface(null, Typeface), setTextSize(int TypeSize), setTextColor(int Color) bo‘lib hisoblanadi. Tasvir bilan ishlash Grafik tasvir bilan ishlashda ImageView vidjeti xizmat qiladi. ImageView klassi resurs yoki content-provayderlar kabi turli manbalardagi tasvirlarni yuklay oladi. Klassda tasvirlarni yuklash uchun bir nechta metodlar mavjud: - setImageResource(int resId) – tasvirlarni uning resurs
identefikatori bo‘yicha yuklaydi. - setImageURI(Uri uri) – tasvirni uning Uri si bo‘yicha yuklaydi. - setImageBitmap(Bitmap bitmap) – rastrli tasvirni yuklaydi. XML-fayl belgisidagi tasvirni yuklash uchun android:src atributi qo‘llaniladi. Bundan tashqari ImageView klassida tasvirlarning o‘lchamini o‘rnatish uchun
setMaxHeight(), setMaxWidth(), getMinimunHeight(), getMinimunWidth(), getScaleType() va setScaleType() kabi bir qator metodlar mavjud.
41
Foydalanuvchi interfeysi mavjud bo‘lgan ilovalarda ma‘lum bir element uchun hodisalarni boshqaruvchi va qayd etuvchi tahrirlagichni aniqlab olish lozim. View klassi har bir elelment uchun qayta aloqani tashkil qiluvchi yagona abstrakt metodga ega bo‘lgan On…Listener() nomli interfeyslar majmuasidan tashkil topgan. View klassi o‘zida 6 ta interfeysni saqlaydi. - OnClickListener; - OnLongClickListener; - OnFocusChangelistener; - OnKeyListener; - OnTouchListener; - OnCreateContextMenuListener. Misol uchun, foydalanuvchi tomonidan bosilganda, tugma elementi uni qabul qilishi uchun OnClickListener interfeysida klass jarayonni qayd etishi va onClick() qayta aloqa metodida uni aniqlashi lozim. SetOnClickListener() metodi yordamida esa hodisa ro‘yhatga olinadi. button1.setOnClickListener(new View.OnClickListener() public void onClick(View v) { mText.setText(“Birinchi tugma bosildi!”); ) Tugma va bayroqchalar Android da tugma va bayroqchalar quyidagi klasslar yordamida e‘lon qilinadi:
- Button - CheckBox - ToggleButton 42
- RadioButton - ImageButton Button klassi boshqaruv tugmasini ifodalaydi va u TextView dan meros oladi. U CompoundButton klassi uchun bazaviy klass bo‘lib hisoblanadi. CompoundButton klassidan esa boshqa tugmalar CheckBox, ToggleButton va RadioButton kabi elementlar meros oladi.
Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling