res/layout/ - XML-fayl razmetkalari uchun (ilovalar oynasi grafik elementlarini
33
Manifest – strukturalashgan XML-fayl bo‘lib, u ilova konfiguratsiyasini
belgilaydi: ilova komponentlarini e‘lon qiladi,.
Android ilovalari komponentlari 4 turga bo‘linadi. Ular quyidagilar:
1. Activity – faoliyat;
2. Service – xizmat;
3. Broadcast Reciever – keng hajmda ma‘lumotlar tarqatish;
4. Content Provider – Kontent provayder.
Activity – ilovalar uchun foydalanuvchi visual interfeysi – oynani o‘zida
aks ettiradi. Oyna mobil qurilmani to‘liq egallaydi, biroq o‘lchamni o‘zgartirish
mumkin. Barcha jarayonlar Activity klassining ostklass sifatida o‘zlashtiriladi.
Ilovalar esa o‘zida bir qancha jarayonlarni saqlaydi.
Activity –har xil action – harakatlarni amalga oshirish uchun ishlatiladi.
Istalgan dastur bir qancha ―action‖lardan iborat bo‘lishi mumkin, lekin
foydalanuvchi bir vaqtning o‘zida ulardan faqatgina bittasi bilan aloqada
bo‘ladi. onCreate() funktsiyasiga ―activity‖ birinchi marotaba xosil
qilinayotganda murojaat etiladi. Bu funktsiyaning vazifasi Java‘dagi main()
funksiyasining vasifasiga o‘xshash.
Aktiv jarayon bu –
-
foydalanuvchining bevosita ta‘siri jarayoni;
-
foydalanuvchi ta‘siriga xizmat ko‘rsatish jarayoni;
-
Service obyekti jarayoni. Obyektdagi muayyan bir qayta aloqa amalga
oshadi;