Mavzu: Massivlar
Download 1.1 Mb. Pdf ko'rish
|
Massivlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Document Outline
Mavzu: Massivlar Erkinjon Islomov OTM: Farg’ona davlat universiteti Kaferda: Amaliy matematika va informatika E-mail: e.islomov@yandex.ru Farg’ona - 2022 Erkinjon Islomov (FarDU) Massivlar Farg’ona - 2022 1 / 66 Reja 1 Massiv tushunchasi 2 Bir o’lchovli massivlar 3 Foreach takrorlash operatori 4 Ko’p o’lchovli massivlar haqida Ikki o’lchovli massivlar Uch o’lchovli massivlar 5 Notekis(arrasimon) massivlar. Notekis massivlarni e’lon qilinishi. 6 Adabiyotlar ro’yhati. Erkinjon Islomov (FarDU) Massivlar Farg’ona - 2022 2 / 66 Massiv haqida Massiv - bu umumiy nomga ega bo’lgan bir xil tipdagi o’zgaruvchilar to’plamidir. C# da massivlar bir o’lchovli yoki ko’p o’lchovli bo’lishi mumkin. Massivlar o’zgaruvchan parametrlarni birlashtirish uchun qulay vosita hisoblanadi. Masalan, massivda siz biror guruhdagi talabalar ismi-shariflari keltirilgan ro’yhatni, biror oy davomida qayd etilgan maksimal kunlik haroratni, yoki biror dorixonadagi dorilar nomlari va ularning narxlari ro’yxatini saqlashingiz mumkin. Massivning asosiy maqsadi ma’lumotlarni boshqarishni osonlashtirishni tashkil qilishdan iborat. Masalan biror dorixonada ishlovchi xodim mijozga hizmat ko’rsatishda mijoz harid qilgan dorilar narxlarini osongina hisoblab berishi mumkin. Bunda dorilar nomlari biror satrli massivda saqlansa, ularning narxlari mos ravishda boshqa sonli massivda saqlanadi. Haridor harid qilgan dori mahsulotlari belgilangach uning narxlari avtomatik hisoblab boriladi. Erkinjon Islomov (FarDU) Massivlar Farg’ona - 2022 3 / 66 Massiv haqida Bundan tashqari massivlar ma’lumotlarni osongina tartiblash imkonini beradi. Ma’lumotlarni turli faktorlari asosida tartiblash mumkin. Masalan soni, qiymati, yartilgan vaqti va hakazo. Deyarli barcha zamonaviy dasturlash tillarida massivlardan bir xil foydalaniladi. C# dasturlash tilida ham boshqa zamonaviy dasturlash tillari kabi massivlar ob’yekt sifatida ishlatiladi. Massivlarni ob’yektlar sifatida ishlatish bir qator muhim afzalliklarga ega. Ulardan biri ob’yektning ”sborki musora” hususiyatidir. Bu hususiyat yordamida foydalanib bo’lingan massivlarni hotira buferidan o’chirish mumkin. Bu esa dastur samaradorligini ancha oshiradi. Erkinjon Islomov (FarDU) Massivlar Farg’ona - 2022 4 / 66 Bir o’lchovli massivni e’lon qilinishi. 1-holat: tip[] nom; nom= new tip[elementlar soni]; bu yerda tip massiv elementlari tipi, nom massiv nomi, elementlar soni esa massiv ro’yhatidagi elementlar sonini anglatadi. Birinchi qatorda berilgan tipdagi berilgan nomdagi bir o’lchamli massiv e’lon qilinmoqda. Ikkinchi qatorda esa new operatori orqali berilgan elementlar sonita massiv elementlari hosil qilinadi. Demak, birinchi qatorda massiv e’lon qilinayotgan bo’lsa, ikkinchi qatorda massiv elementlari hosil qilinmoqda. yoki 2-holat: tip[] nom = new tip[elementlar soni]; bu holat yuqoridagi kabi massiv bir qatorda berilgan, ya’ni bu qatorda ham massiv e’lon qilinyapti, ham uning elementlari hosil qilinmoqda. Erkinjon Islomov (FarDU) Massivlar Farg’ona - 2022 5 / 66 Endi misol keltiraylik. 1-holatga misol: int [] a; a = new int [5]; 2-holatga misol: int [] a = new int [5]; Har ikki holatda ham qiymati butun tipli 5 ta elementli bir xil massiv e’lon qilingan. Demak, keltirilgan massiv elementlari: a[0], a[1], a[2], a[3], a[4]. Izoh. Massiv indeksi har doim 0 dan boshlanadi. Yuqoridagi massivda elementlar soni 5 ta. Lekin oxirgi element a[4]. Bu misolda a[5] element yo’q. Chunki massiv elementlari indeksi 0 dan boshlanib, 4 da tugagan. Erkinjon Islomov (FarDU) Massivlar Farg’ona - 2022 6 / 66 Darsda ishlash uchun masalalar: A-masala. n ta elementli haqiqiy tipli biror a massiv hamda k va m natural sonlar berilgan. Bunda 0 < k < m < n. Massivning k-indeksli elementidan m-indeksli elementigacha barcha elementlari o’rta arifmetigini hisoblash dasturi tuzilsin. B-masala. n ta elementli butun tipli biror a massiv berilgan. Berilgan massivning eng katta va eng kichik elementlarini almashtirish dasturi tuzilsin. Erkinjon Islomov (FarDU) Massivlar Farg’ona - 2022 7 / 66 A-masalaning C# dasturlash tilidagi yechilishi: Dastur matni: Erkinjon Islomov (FarDU) Massivlar Farg’ona - 2022 9 / 66 Olingan natijalar. 1-natija: Erkinjon Islomov (FarDU) Massivlar Farg’ona - 2022 10 / 66 Olingan natijalar. 2-natija: Erkinjon Islomov (FarDU) Massivlar Farg’ona - 2022 11 / 66 B-masalaning C# dasturlash tilidagi yechilishi: Dastur matni: Erkinjon Islomov (FarDU) Massivlar Farg’ona - 2022 13 / 66 Olingan natijalar. 1-natija: Erkinjon Islomov (FarDU) Massivlar Farg’ona - 2022 14 / 66 Olingan natijalar. 2-natija: Erkinjon Islomov (FarDU) Massivlar Farg’ona - 2022 15 / 66 Bir o’lchovli massivni e’lon qilinishi. Bir o’chovli massivlar biroz boshqacharoq e’lon qilinish mumkin: tip[] nom = {qiymat1,qiymat2,...,qiymatN}; Massiv elementlari esa ketma-ket nom[0] = qiymat1; nom[1] = qiymat2; nom[2] = qiymat3; ............................. nom[N-1] = qiymatN; qiymatlarni qabul qilib boradi. Erkinjon Islomov (FarDU) Massivlar Farg’ona - 2022 16 / 66 Endi misol keltiraylik. Misol uchun quyidagi sodda dasturni ko’raylik: Natija: Erkinjon Islomov (FarDU) Massivlar Farg’ona - 2022 17 / 66 Amaliy mashg’ulot uchun masalalar: 1-masala. n ta elementli natural qiymatli a massiv berilgan. Berilgan massiv elementlarini teskari tartibda ekranga chiqarish dasturi tuzilsin. 2-masala. n ta elementli natural qiymatli a massiv berilgan. Berilgan massivning juft qiymatli elementlarini ikkilantirish dasturi tuzilsin. 3-masala. n ta elementli natural qiymatli a massiv berilgan. Dastlab massivning juft qiymatli elementlarini indeksining o’sish tartibida, so’ngra massivning toq qiymatli elementlarini indeksining kamayish tartibida ekranga chiqarish dasturi tuzilsin. Erkinjon Islomov (FarDU) Massivlar Farg’ona - 2022 18 / 66 Amaliy mashg’ulot uchun masalalar: 4-masala. n ta elementli haqiqiy tipli a massiv berilgan. Massiv elementlari qiymatlarini kamayish tartibida saralash dasturi tuzilsin. 5-masala.(Murakkabroq masala.) Tarbiyachi lagerdagi bolalar orasidan bittasini tanlab olish kerak edi. Lagerda n ta bor edi. Bu bolalar 1 dan boshlab n gacha nomerlandilar va aylana shaklida turib oldilar. Tarbiyachi har gal k (1 ≤ k ≤ n) gacha sanar va kimda sanoq tugasa shu bola davrani tark etardi. So’nra keyingi boladan yana sanoq boshlanardi. Shu tarzda sanoq oxirgi bola qolguncha davom etardi. Tarbiyachi esa oxirgi qolgan bolani tanlab oladi. Tanlangan bola raqamini aniqlash dasturi tuzilsin. Erkinjon Islomov (FarDU) Massivlar Farg’ona - 2022 19 / 66 Foreach operatori haqida foreach operatori takrorlash operatori bo’lib, kolleksiyalar bilan ishlashga mo’ljallangan. Kolleksiya - bu to’plam bo’lib, unga eng sodda misol sifatida massivlarni olishimiz mumkin. foreach operatorining formal ko’rinishi quyidagicha: bu yerda tip ozgaruvchi nomi takrorlash o’zgaruvchisining tipi va nomi, kolleksiya esa yuqorida aytilganidek berilgan to’plamdir. Takrorlash o’zgaruvchisi deganda foreach takrorlash operatorining har bir qadamida berilgan kolleksiyadan ketma-ket qiymatlarni qabul qiluvchi o’zgaruvchidir. Erkinjon Islomov (FarDU) Massivlar Farg’ona - 2022 20 / 66 Foreach operatorini ishlatish Massivlar bilan ishlashda foreach takrorlash operatorining ishlash prinsipi quyidagi bosqichlar asosida amalga oshiriladi. Dastlab massivning 0-indeksli elementi takrorlash o’zgaruvchisiga o’zlashtiriladi. So’ngra takrorlashning har bir qadamida takrorlash o’zgaruvchisi massivning navbatdagi qiymatini o’zlashtiraveradi. Bu jarayon massivning elementlari tugaguncha davom etadi va keyin takrorlash tugatiladi. Takrorlash o’zgaruvchisi faqat massiv elementlari qiymati o’qish orqali o’zlashtira oladi. Lekin massiv elementlari qiymatini o’zgartira olmaydi. Masala: n ta elementli biror haqiqiy qiymatli a massiv berilgan. Massivning berilgan k haqiqiy songa eng yaqin elementini ekranga chiqarish dasturi tuzilsin. Erkinjon Islomov (FarDU) Massivlar Farg’ona - 2022 21 / 66 Masalaning C# dasturlash tilidagi yechilishi: C# dasturlash tilidagi dastur kodi: Erkinjon Islomov (FarDU) Massivlar Farg’ona - 2022 23 / 66 Masalaning C# dasturlash tilidagi yechilishi: Natija: Erkinjon Islomov (FarDU) Massivlar Farg’ona - 2022 25 / 66 Amaliy mashg’ulot uchun masalalar: 6-masala. Biror k natural son va qiymatlari manfiy bo’lmagan butun sonlardan iborat n ta elementli a massiv berilgan. Massiv elementlari ichida qiymati berilgan k songa teng bo’lgan element borligini aniqlash dasturi tuzilsin. 7-masala. n natural son berilgan. Kvadrati n dan katta bo’ladigan eng kichik butun k sonini (k 2 > n) aniqlovchi dastur tuzilsin. 8-masala. n(n > 1) natural son berilgan. 3 k ≤ n shartni qanoatlantiruvchi eng katta butun k sonni aniqlovchi dastur tuzilsin. Erkinjon Islomov (FarDU) Massivlar Farg’ona - 2022 26 / 66 Ko’p o’lchovli massiv haqida Dasturlashda bir o’lchovli massivlar juda ko’p ishlatiladi. Lekin ko’p o’lchovli massivlar ham kam ishlatilmaydi. Ko’p o’lchovli massiv - bu ikki yoki undan ortiq o’lchamga ega massivdir. Bunday massivning har bir elementiga ikki yoki undan ortiq indekslarning ma’lum bir kombinatsiyasi mos keladi. Shunga mos holda ko’p o’lchovli massivlar ikki o’lchovli, uch o’lchovli, to’rt o’lchovli va hakazo bo’ladi. Bundan tashqari ko’p o’lchovli massivlar tekis va notekis bo’lishi mumkin. Mazkur mavzuda biz tekis ko’p o’lchovli massivlar bilan tanishib chiqamiz. Erkinjon Islomov (FarDU) Massivlar Farg’ona - 2022 27 / 66 Ikki o’lchovli massivlarni e’lon qilinishi Ko’p o’lchovli massivlarning eng sodda vakili ikki o’lchovli massivdir. Ikki o’lchovli massiv har qanday elementining joylashuvi ikki indeks bilan ko’rsatiladi. Bunday massivni jadval sifatida tushunish mumkin. Bunda jadval qatorlari birinchi indeks orqali, jadval ustunlari esa ikkinchi indeks bilan beriladi. Shunday qilib, ikki o’lchovli massivni e’lon qilish uchun quyidagi umumiy shakl ishlatiladi: tip [,] nom = new tip[m,n]; bu yerda nom ikki o’lchovli massiv nomi, m massivdagi qatorlar sonini, n esa massivdagi ustunlar sonini anglatadi. Soddaroq aytganda ikki o’lchovli massivning chap indeksi jadvaldagi qatorlar sonini, o’ng indeksi esa jadvaldagi ustunlar sonini anglatadi. Erkinjon Islomov (FarDU) Massivlar Farg’ona - 2022 28 / 66 Ikki o’lchovli massivlarni e’lon qilinishiga misollar: MxN o’lchamli haqiqiy tipli biror A massivning e’lon qilinishi: double [,] A = new double[M,N]; KxT o’lchamli butun tipli biror B massivning e’lon qilinishi: int [,] B = new int[K,T]; PxQ o’lchamli satr tipli biror C massivning e’lon qilinishi: string [,] C = new string[P,Q]; WxV o’lchamli matiqiy tipli biror D massivning e’lon qilinishi: bool [,] D = new bool[W,V]; Erkinjon Islomov (FarDU) Massivlar Farg’ona - 2022 29 / 66 Ikki o’lchovli massivni e’lon qilishning boshqa usuli Ikki o’lchovli massivni e’lon qilish: tip[,] nom = { {qiymat00, qiymat01, qiymat02, ..., qiymat0N}; {qiymat10, qiymat11, qiymat12, ..., qiymat1N}; {qiymat20, qiymat21, qiymat22, ..., qiymat2N}; . . . . . . . . . . . . . . . {qiymatM0, qiymatM1, qiymatM2, ..., qiymatMN}; } Izoh. bunda massivning 0-indeksli satri {qiymat00, qiymat01, qiymat02, ..., qiymat0N} qiymatlarni tartib bo’yicha qabul qiladi. Bundan ko’rinib turibdiki, massivning ustunlari soni (N+1)ta bo’ladi. Massivning keyingi satrlari navbatdagi satrdagi qiymatlarni birin-ketin qabul qilaveradi va hakazo (M+1)-satr esa {qiymatM0, qiymatM1, qiymatM2, ..., qiymatMN} qiymatlarni qabul qiladi. Erkinjon Islomov (FarDU) Massivlar Farg’ona - 2022 30 / 66 Endi misol keltiramiz 4x5 o’lchovli haqiqiy tipli massivni e’lon qilinishi: float [,] mas = { {2.3F, -4.78F, 3, -4, -19.5F}; {5.8F, 77, -8.9F, 12, 12.3F}; {6.1F, 98.32F, -7, 9, 75.2F}; {8.7F, -2.16F, -9, 1, -8.76F}; } bu yerda F berilgan qiymatni float tipiga qarashli ekanligini anglatadi. Massiv elementlari esa ketma-ket a[0, 0] = 2, 3; a[0, 1] = −4, 78; a[0, 2] = 3; a[0, 3] = −4; a[0, 4] = −19, 5; a[1, 0] = 5, 8; a[1, 1] = 77; . . . , a[3, 4] = −8, 76 qiymatlarni qabul qiladi. Erkinjon Islomov (FarDU) Massivlar Farg’ona - 2022 31 / 66 Darsni mustahkamlash uchun masala: Masala. MxN o’lchamli haqiqiy tipli biror A matritsa berilgan. Matritsaning K -ustuni elementlari yig’indisi va ko’paytmasini aniqlash dasturi tuzilsin. Masalaning C# dasturlash tilidagi yechilishi: Matritsani e’lon qilish: Erkinjon Islomov (FarDU) Massivlar Farg’ona - 2022 32 / 66 Masalaning C# dasturlash tilidagi yechilishi: Matritsaga qiymat berish va uning ko’rinishini ekranga chiqarish: Erkinjon Islomov (FarDU) Massivlar Farg’ona - 2022 34 / 66 Masalaning C# dasturlash tilidagi yechilishi: Masala shartiga muvofiq hisoblashlar: Erkinjon Islomov (FarDU) Massivlar Farg’ona - 2022 36 / 66 Natija. M=2 va N=3 bo’lgan matritsa uchun Erkinjon Islomov (FarDU) Massivlar Farg’ona - 2022 37 / 66 Darsni mustahkamlash uchun masala: Masala. 4x 5 o’lchamli butun tipli biror A matritsa berilgan. Matritsaning eng katta elementi joylashgan satri va ustuni qiymatlarini nolga aylantirish dasturi tuzilsin. 2-masalaning C# dasturlash tilidagi yechilishi: Matritsani e’lon qilish: Erkinjon Islomov (FarDU) Massivlar Farg’ona - 2022 38 / 66 Masalaning C# dasturlash tilidagi yechilishi. Matritsaning dastlabki ko’rinishini ekranga chiqaramiz: Erkinjon Islomov (FarDU) Massivlar Farg’ona - 2022 39 / 66 Masalaning C# dasturlash tilidagi yechilishi. Masala shartiga mos hisoblashlarni amalga oshiramiz: Erkinjon Islomov (FarDU) Massivlar Farg’ona - 2022 40 / 66 Masalaning C# dasturlash tilidagi yechilishi. Matritsaning keyingi ko’rinishini ekranga chiqaramiz: Erkinjon Islomov (FarDU) Massivlar Farg’ona - 2022 41 / 66 Natija. M=2 va N=3 bo’lgan matritsa uchun Erkinjon Islomov (FarDU) Massivlar Farg’ona - 2022 42 / 66 Uch o’lchovli massivni e’lon qilinishi. C# dasturlash tilida uch va undan ortiq o’lchovli massivlardan ham foydalanish mumkin. Uch o’chovli massivlarni e’lon qilinishi: tip[,,] nom = new tip[k1,k2,k3]; bu yerda k1-bo’yiga qatorlar soni, k2-eniga qatorlar soni va k3-uzunligiga qatorlar sonini anglatadi. Quyidagi masalani ko’raylik: Uch o’lchovli massiv elementlari qiymati har bir element indekslari yig’indisidan iborat. Agar massiv o’lchamlari 3x 4x 5 kabi bo’lsa, u holda bu massiv elementlarining o’rta arifmetigini hisoblash dasturi tuzilsin. Erkinjon Islomov (FarDU) Massivlar Farg’ona - 2022 43 / 66 Masalaning C# dasturlash tilidagi yechilishi. Massivni e’lon qilish va hisoblashlarni bajarish: Erkinjon Islomov (FarDU) Massivlar Farg’ona - 2022 44 / 66 Masalaning C# dasturlash tilidagi yechilishi. Massivni e’lon qilish va hisoblashlarni bajarish: Natija: Erkinjon Islomov (FarDU) Massivlar Farg’ona - 2022 45 / 66 Amaliy mashg’ulot uchun masalalar: 9-masala. MxN o’lchamli haqiqiy tipli biror A matritsa berilgan. Matritsaning faqat manfiy elementli oxirgi ustunini o’chirish dasturi tuzilsin. Agar matritsada bunday ustun bo’lmasa, u holda berilgan matritsa o’zgarishsiz qoldirilsin. 10-masala. Elementlari butun sonlarda iborat NxN o’lchamli A kvadrat matritsa berilgan. Matritsaning asosiy va yordamchi diagonallari yig’indisini topish dasturi tuzilsin. 11-masala. Elementlari butun sonlarda iborat NxN o’lchamli A kvadrat matritsa berilgan. Matritsaning yordamchi diagonalining eng katta va eng kichik elementlarini topish dasturi tuzilsin. Erkinjon Islomov (FarDU) Massivlar Farg’ona - 2022 46 / 66 Amaliy mashg’ulot uchun masalalar: 12-masala. MxN o’lchamli haqiqiy tipli biror A matritsa berilgan. Matritsaning har bir satrini o’sish tartibida saralash dasturi tuzilsin. 13-masala. MxN o’lchamli haqiqiy tipli biror A matritsa berilgan. Matritsaning har bir ustunini kamayish tartibida saralash dasturi tuzilsin. 14-masala. NxN o’lchamli butun tipli biror A matritsa va K butun son berilgan (0 ≤ K < 2N − 2). Matritsaning indekslari yig’indisi berilgan K songa teng bo’lgan har bir elementi qiymatini nolga aylantirish dasturi tuzilsin. Erkinjon Islomov (FarDU) Massivlar Farg’ona - 2022 47 / 66 Notekis massiv haqida C# dasturlash tilida ko’p o’lchovli tekis massivlardan tashqari ko’p o’lchovli notekis massivlarni ham ishlatish mumkin. Bunday massivlar maxsus massivlar bo’lib, xususan ikki o’lchovli notekis massivda har bir qatordagi elelmentlar soni har xil bo’ladi. Shuning uchun, satrdagi elementlar soni turli bo’lgan jadvalini tuzishda ikki o’lchovli notekis massivdan foydalanish mumkin. Erkinjon Islomov (FarDU) Massivlar Farg’ona - 2022 48 / 66 Ikki o’lchovli notekis massivlarni e’lon qilinishi Tekis massivlardan farqli ravishda notekis massivlar uning o’lchovlarini ifodalovchi alohida-alohida o’rta qavslar yordamida e’lon qilinadi. Masalan, ikki o’lchovli notekis massivni quyidagicha e’lon qilinadi: tip [ ][ ] nom = new tip [olchov ][ ]; bu yerda olchov notekis massivning satrlari sonini aniqlaydi. Har bir satrdagi elementlar soni esa alohida-alohida e’lon qilinadi. Shu sababdan massiv satrlaridagi elementlar soni turlisha bo’ladi. Erkinjon Islomov (FarDU) Massivlar Farg’ona - 2022 49 / 66 Ikki o’lchovli notekis massivni e’lon qilishga misol Ikki o’lchovli notekis massivni e’lon qilish: double [ ][ ] mas = new double [4][ ]; mas[0] = new double [4]; mas[1] = new double [3]; mas[2] = new double [2]; mas[3] = new double [5]; Mazkur misolni jadval sifatida quyidagicha tushunish mumkin: Erkinjon Islomov (FarDU) Massivlar Farg’ona - 2022 50 / 66 Darsni mustahkamlash uchun masala. Masalaning qo’yilishi. Ferma yaylovida 4 ta cho’ponlar oilasi istiqomat qiladi. Birinchi oila ota, ona, bir qiz, ikki o’g’ildan, ikkinchi oila ota, ona, ikki o’g’ildan, uchinchi oila ona, bir qiz, bir o’g’ildan va nihoyat to’rtinchi oila ota hamda o’g’ildan iborat. Sutkasiga har bir ota 5 litr, ona 4 litr, o’g’il farzand 3 litr, qiz farzand esa 2 litr ichimlik suvi iste’mol qiladi. Fermer o’z cho’ponlarini ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun sutkasiga qancha suv tashish kerakligini aniqlash dasturi tuzilsin. Erkinjon Islomov (FarDU) Massivlar Farg’ona - 2022 51 / 66 Masalaning C# dasturlash tilidagi yechilishi: Notekis massivni e’lon qilish va qiymat berish: Erkinjon Islomov (FarDU) Massivlar Farg’ona - 2022 53 / 66 Masalaning C# dasturlash tilidagi yechilishi: Notekis massivning ko’rinishini ekranga chiqarish: Erkinjon Islomov (FarDU) Massivlar Farg’ona - 2022 55 / 66 Masalaning C# dasturlash tilidagi yechilishi: Masala shartiga muvofiq massiv elementlari yig’indisini hisoblash: Erkinjon Islomov (FarDU) Massivlar Farg’ona - 2022 57 / 66 Masalaning C# dasturlash tilidagi yechilishi: Main metodining umumiy ko’rinishi: Erkinjon Islomov (FarDU) Massivlar Farg’ona - 2022 59 / 66 Olingan natija. Masala shartiga muvofiq natija: Erkinjon Islomov (FarDU) Massivlar Farg’ona - 2022 60 / 66 O’rganilgan massivlarni solishtirish Massivlarning bir necha hil ko’rinishi: Erkinjon Islomov (FarDU) Massivlar Farg’ona - 2022 61 / 66 Amaliy mashg’ulot uchun masalalar: 15-masala. Quyidagi jadval asosida berilgan notekis massivning eng katta va eng kichik qiymatlarini topish dasturi tuzilsin: ... 0-ustun 1-ustun 2-ustun 3-ustun 4-ustun 0-satr: -12.26 0.562 451.2 1-satr: 35.115 -4.16 -41.3 120.73 2-satr: 123.62 31.92 -2.32 -98.64 312 3-satr: -107.6 -12.5 4-satr: 20.781 -10.6 0.017 -712.5 732 Erkinjon Islomov (FarDU) Massivlar Farg’ona - 2022 62 / 66 Amaliy mashg’ulot uchun masalalar: 16-masala. Quyidagi jadval asosida berilgan notekis massivning barcha elementlari o’rta arifmetigini topish dasturi tuzilsin: ... 0-ustun 1-ustun 2-ustun 3-ustun 0-satr: -7.2 59.8 45.26 1-satr: 3.15 -2.6 2-satr: 13.7 -1.9 -22.3 8.164 3-satr: -1.4 12.3 4-satr: 23.1 1.67 0.437 5-satr: 12.7 Erkinjon Islomov (FarDU) Massivlar Farg’ona - 2022 63 / 66 Amaliy mashg’ulot uchun masalalar: 17-masala. Quyidagi jadval asosida berilgan notekis massivning har bir satrini o’sish tartibida saralash dasturi tuzilsin: ... 0-ustun 1-ustun 2-ustun 3-ustun 4-ustun 5-ustun 0-satr: 726 -517 -72 1-satr: 115 -216 -41 1203 2-satr: -23 8392 -23 -984 32 3-satr: -10 -525 4-satr: 207 -106 317 -712 -1 37 5-satr: 511 -416 -13 1573 6-satr: 362 3123 -22 Erkinjon Islomov (FarDU) Massivlar Farg’ona - 2022 64 / 66 Adabiyotlar. John Paul Mueller, Bill Sempf and Chuck Sphar. C# 7.0 : ALL-IN-ONE. For dummies. 2019. Joseph Albahari and Ben Albahari. C# 7.0 : IN A NUTSHELL. 2018. Andrew Troelsen and Philip Japikse. C# 6.0 and the .NET 4.6 Framework. 2016. B.I.Paxomov. C# dlya nachinayushix. 2014. Herbert Schildt. C# 4.0. The Complete Reference. 2011. M.E.Abramyan. Programming Taskbook. 2007. Erkinjon Islomov (FarDU) Massivlar Farg’ona - 2022 65 / 66 The End Erkinjon Islomov (FarDU) Massivlar Farg’ona - 2022 66 / 66 Document Outline
Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling