Toshkent islom universiteti
-rasm. Belgilar klassi iyerarxiyasi
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
java dasturlash tilida android tizimida milliy resurslarni tashkillashtirish va boshqarish
16-rasm. Belgilar klassi iyerarxiyasi
FrameLayout eng oddiy belgi turidan biri hisoblanadi. U asosi bo‘sh bo‘lgan ekrandan iborat bo‘lib, keyinchalik uni View yoki ViewGroup ichki obyektlari bilan to‘ldirish mumkin. FrameLayout ning barcha ichki obyektlari ekranning yuqori chap qismiga biriktiriladi. FrameLayout belgisida View ichki obyektlarini ekranning istalgan qismiga joylashtirish mumkin emas. 37
LinearLayout belgisi barcha ichki obyektlarni bir yo‘nalishda vertical yoki gorizontal yo‘nalishda tekislaydi. Bu esa yo‘nalish atributi hisoblangan android:orientation ga bog‘liqdir. android:orientation = "horizontal" yoki
"vertical"
TableLayout belgisi o‘z ichki elementlarini qator va ustun shaklida joriy etadi. TableLayout turli miqdordagi yacheykali qatorlarni hosil qiladi. Jadval belgilarini tahrirlashda zarur hollarda yacheykalarni bo‘sh qoldirish mumkin. Qator uchun belgi yaratishda TableRow obyektidan foydalaniladi. RelativeLayout ichki elementning asosiy elementdan yoki boshqa elementlardan farqli ravishda boshqacha pazitsiyaga ega bo‘lish imkonini beradi.
RelativeLayout da ichki elementlar shunday joylashishi mumkinki, masalan, bir element ekran markazini egallasa, boshqa elementlar birinchi elementdan farqli ravishda ekran markazidan boshqa tomonlarda joylashadi. Bunday hollarda identifikatoriga murojaat qilinishi yuzasidan boshqa elementlarning ham pozitsiyasini belgilab beruvchi XML-faylidagi birinchi belgi qolgan elementlardan avvalroq e‘lon qilinishi lozim. Vidjet bu View obyekti bo‘lib, u bshqarsh elementi hisoblanadi. Android fdalanuvchi interfeysini tashkil etuvchi tgma, matnli maydon kabi bir qator tayyor vidjetlar jamlanmasini o‘zida saqlaydi. Andriod da matnli maydon ikkita klass orqali ifodalanadi: - Text View; - Edit Text. TextView vidjeti TextView vidjeti foydalanuvchi tomonidan tahrirlash imkoniyati mavjud bo‘lmagan matnli maydonni ifodalaydi. Matnni tahrirlash lozim bo‘lganda esa, EditText vidjetidan foydalaniladi. 38
TextView va EditText klasslari View klassidan meros olgan holda bir qator atribut va metodlarni saqlaydi.
Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling