Toshkent islom universiteti
-rasm. Ro‟yhat klassi iyerarxiyasi
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
java dasturlash tilida android tizimida milliy resurslarni tashkillashtirish va boshqarish
21-rasm. Ro‟yhat klassi iyerarxiyasi
Bu konteyner vidjetlari AdapterView ning ost klasslari hisoblanadi. Ushbu vidjetlar ma‘lumotlarning ma‘lum bir turini bog‘lashda va ularni foydalanuvchilarga namoyish etishda qo‘llaniladi. AdapterView klassi ro‘yhatlar bilan ishlash uchun 2 asosiy imkoniyatni yaratib beradi: - ma‘lumotlarni chizmalar bilan birga ifodalash; - foydalanuvchi tomonidan tanlangan ma‘lumotlarni tartiblash. AdapterView klassi AbsListView klassi uchun asos hisoblanadi. U ro‘yhat va jadvallarni hamda tushuvchi ro‘yhat va aylanma yo‘lakli galeriyalarni e‘lon qiladi.
ListView elementi o‘zida aylanma yo‘lakli vertical ro‘yhatni aks ettiradi. ListView ro‘yhat bilan bog‘langan ma‘lumotlarni ListAdapter obyektidan qabul qiladi. Bunda asosiy klass sifatida ListActivity klassi xizmat qiladi. ListActivity klassi ma‘lumot manbaalari, misol uchun massiv va ma‘lumotlar ro‘yhati elementlari tanlov hodisasini tartiblovchi qayta aloqa metodlari bilan bog‘langan ro‘yhat elementlari ifodasini realizatsiya qiladi.
50
ListActivity jimlik bo‘yicha ekran bo‘ylab tortilgan yagona ro‘yhatdan tashkil torgan. ListActivity obyektini ma‘lumotlar bilan bog‘lash uchun ListAdapter interfeysini realizatsiya qiluvchi klass ishlab chiqish lozim. Android ro‘yhatning ikki xil standart adapterini taklif qiladi, bular: - SimpleAdapter; - SimpleCursorAdapter. SimpleAdapter unchalik katta bo‘lmagan ma‘lumotlarni statik bog‘lashda qo‘llaniladi. SimpleCursorAdapter esa katta hajmdagi ma‘lumotlar tanlovini ishlab chiqishda qo‘llaniladi. Spinner Spinner vidjeti Android uchun ComboBox(tushuvchi ro‘yhat)ning analogi bo‘lib hisoblanadi. Bunda tugma bosilganda, butun ekranni egallaydigan ListView elementidan farqli ravishda radiotugmasi mavjud bo‘lgan alohida ro‘yhatli oyna hosil bo‘ladi. Dasturda Spinnerning asosiy hodisasi ro‘yhat punktlaridan birini tanlagandagi radiotugmalarning belgilanish hodisasi hisoblanadi. Buning uchun dastur kodida AdapterView.OnItemSelectedListener interfeysida e‘lon qilinadigan onItemSelected() qayta aloqa metodlarini realizatsiya qilishdan iborat.
GridView GridView vidjeti o‘zida ingichka ro‘yhatli jadvalni ifodalaydi. Ko‘p hollarda GridView uchun ustunlar miqdori statik ko‘rinishda beriladi. Elementdagi qatorlar miqdori adapter tomonidan e‘lon qilinadigan elementlar miqdoriga asoslangan holda dinamik ravishda aniqlanadi. Ustunlar miqdori va o‘lchamini aniqlashda bir qator hususiyatlar mavjud bo‘lib, bular quyidagilardan iborat: - android:numColumns – ustunlar miqdorini aniqlaydi. Agarda unga auto_fit qiymati berilgan bo‘lsa, u holda tizim ustunlar sonini mavjud elementlarga asoslangan holda belgilaydi. 51
- android:verticalSpacing – jadval yacheykalari orasidagi bo‘sh oraliq maydon o‘lchamini o‘rnatadi. - android:columnWidth – ustun kengligini o‘rnatadi. - android:stretchMode – android:numColumns = ―auto_fit‖ qiymatli jadval uchun bo‘sh qolgan sohani qayerga taqsimlashni belgilaydi. Bo‘sh sohani ustun yacheykalari orasida taqsimlashni o‘rnatadigan columnWidth yoki yacheykalararo sohani kengaytirishni belgilaydigan spacingWidth qiymatlarini qabul qiladi.
Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling