Toshkent islom universiteti


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/37
Sana05.01.2022
Hajmi1.49 Mb.
#214593
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   37
Bog'liq
java dasturlash tilida android tizimida milliy resurslarni tashkillashtirish va boshqarish

Ro‟yhatda grafiklarni tasvirlash 

Androidda  grafik  ma‘lumotlarni  ifodalash  uchun  maxsus  vidjet  mavjud. 

Shu  bilan  birga,  ro‘yhat  vidjetida  matnli  ma‘lumotlarda    grafiklarni  ham 

ifodalash  mumkin.  GridViewni  grafika  bilan  bog‘lash  u  qadar  qiyinchilik 

tug‘dirmaydi.  Faqatgina  ma‘lumotlar  manbaasini  resurslar  tarkibidagi  tashqi 

tasvirlar bilan bog‘lash darkor.  

Grafik ma‘lumotlarni bog‘lashdagi adapter klassi BaseAdapterdan meros 

oladi.  Bu  ma‘lumotlar  adapterini  realizatsiya  qiluvchi  umumiy  klass  bo‘lib, 

ro‘yhatlarda  qo‘llaniladi.  Adapter  klassida  ma‘lumotlar  massivi  o‘zida 

res/drawable  katalogida  joylashgan  grafik  resurslar  identifikatorini  saqlashi 

lozim. 

Gallery 

Gallery  vidjeti  gorizontal  aylanma  yo‘lakcha  va  tanlangan  tasvirni 

yorituvchi  hususiyatga  ega  bo‘lgan  grafik  ro‘yhat  elementi  bo‘lib  hisoblanadi. 

Mobil  qurilmalarda  yo‘naltirilgan  chiziqli  chap  va  o‘ng  tugma  yordamida 

ifodalangan  ro‘yhat  ko‘rinishida  tasvirlanadi.  Gallery  elementi  aksariyat 

hollarda  tasvir  yoki  belgilar  kollektsiyasini  namoyish  qiluvchi  vosita  sifatida 

qo‘llaniladi. 

SlidingDrawer 



 52 

 

SlidingDrawer  vidjeti  markerli  dinamik  panel  hisoblanadi.  Ushbu  vidjet 



qurilmaga  o‘rnatilgan  dasturlar  ro‘yhatini  ifodalovchi  Application  Launcher 

panelida qo‘llamiladi. 

Aktiv  bo‘lmagan  holatda  SlidingDrawer  ekranda  ko‘rinmaydi. 

Foydalanuvchi  ekrandagi  marker  orqaligina  ushbu  ma‘lumotlar  paneliga 

murojaat qilishi mumkin. SlidingDrawerni ham vertical, ham gorizontal holatda 

qo‘llash mumkin.  

SlidingDrawer  o‘lchami  qo‘shiladigan  ma‘lumotlar  hajmiga  bog‘liq 

tarzda  o‘zgaradi.  Odatda  balandlik  va  kenglikni  aniqlashda  fill_parent 

qiymatidan  foydalaniladi.  Shu  bilan  birga,  SlidingDrawerni  mustaqil  holda 

yaratish  va  uni  o‘z  ilovalari  bilan  ishga  tushirish  mumkin.  SlidingDrawer 

vidjetlar konteyneri bo‘lganligi tufayli ham istalgan ma‘lumot tipi(matn, grafika 

yoki  bir  nechta  vidjetli  konteynerlar)ni  o‘zida  saqlay  oladi.  Agarda  paneldagi 

elementlar  ekranga  sig‘may  qolsa,  avtomatik  tarzda  vertical  aylanma  yo‘lak 

hosil bo‘ladi.  

SlidingDrawer  uchun  XML-razmetka  yaratishda  marker  uchun  resursni 

aniqlab olish lozim.  



android:handle =

 “@ + id/handle” 

android:handle = 

“@ + id/content” 

Markerni  bosgan  holda  vidjetni  ekran  bo‘ylab  joylashtirish  mumkin. 

SlidingDrawer  ikonkasi  tanlanganda,  ekranning  yuqori  qismi  matn  maydonida 

tanlangan element identifikatori qayd etiladi.  



Xabarlar oynasi 

Foydalanuvchi ilovalar bilan ishlaganda turli il vaziyatlarda unga xabarlar 

oynasini  namoyish  etishga  to‘g‘ri  keladi.  Ba‘zi  jarayonlar  foydalanuvchining 

xabarlar  oynasiga  ta‘sirini  talab  qilsa,  boshqalari  faqatgina  ekranga  u  yoki  bu 

habarni chiqaradi.  

Foydalanuvchiga xabar chiqarishning bir nechta turlari mavjud. Bular: 




 53 

 

-  TostNotifikation – foydalanuvchi ta‘sirini talab etmaydigan qisqa 



suzuvchi xabarlar oynasi; 

-  Status  Bar  Notification  –  doimiy  ravishda  eslatma  berishdan 

iborat  bo‘lgan,  foydalanuvchi  ta‘sirini  talab  etadigan  belgi 

ko‘rinishidagi xabarlar oynasi. 

Suzuvchi  xabarlar  oynasi.  Suzuvchi  xabar  ilovalar  oynasining  yuqori 

qismida  paydo  bo‘ladi.  Xabarlar  oynasi  bir  necha  soniyalardan  so‘ng  o‘z-

o‘zidan yopiladi va unga ta‘sir jarayonlarini qabul qilmaydi.  

Suzuvchi  xabarlar  oynasi  odatda  qisqa  matnli  xabarlar  uchun  ishlatiladi. 

Agarda xabarlar oynasiga foydalanuvchining ta‘siri talab qilinsa, u holda xabar 

holatlar satrida ifodalaniladi.  

Xabarlar  oynasi  yaratish  uchun  avvalo,  Toast.makeText()  metodi 

obyektlaridan biri bo‘lgan Toast ni initsializatsiya qilish lozim. So‘ngra show() 

metodini chaqirgan holda xabar ekranga chiqariladi: 

Context context getApplicationContext(); 

Toast  toast  Toast.makeText(context,  “This  is  Toast  Notification”,               

Toast.LENGTH_SHOR

T); 

toast.show(); 

makeText() metodi 3 ta parametrni qabul qiladi: 

-  kontekst ilova; 

-  matnli xabar; 

-  xabarlar  oynasini  namoyish  etish  davomiyligi  2  ta  konstanta 

orqali aniqlanadi: 

-  LENGTH_SHORT – qisqa oraliqda matnli xabarni namoyish etish

-  LENGTH_LONG – uzoq muddatga matnli xabarni namoyish etish. 

Shuningdek, 

xabar 


namoyish 

etish 


davomiyligi 

qiymatini 

millisekundlarda berish ham mumkin. Jimlik bo‘yicha, standart xabarlar oynasi 

ekranning  quyi  qismida  paydo  bo‘ladi.  Xabarlar  oynasi  paydo  bo‘lish  o‘rnini 




 54 

 

setGravity(int, int, int) metodi yordamida o‘zgartirish mumkin. Ushbu metod 3 



ta parameter qabul qiladi: 

-  katta  konteynerga  joylashgan  obyekt  uchun  standart  konstanta 

(masalan, GRAVITY.CENTER, GRAVITY.TOP va boshqalar); 

-  X o‘qi bo‘yicha yo‘nalgan; 

-  Y o‘qi bo‘yicha yo‘nalgan. 

Misol  uchun,  xabarlar  oynasi  ekranning  markaziy  qismida  hosil 

bo‘lishiga erishish uchun quyidagicha kod yoziladi: 

toast.setGravity(Gravity.CENTER, 0, 0); 

Agarda  xabarlar  oynasini  ekranning  o‘ng  tomoniga  joylashtirish  lozim 

bo‘lsa,  u  holda  ikkinchi  parametr  qiymatini  oshirish  kerak.  Oynani  ekranning 

quyi tomoniga joylashtirish kerak bo‘lsa, oxirgi parametr qiymati oshiriladi. 

Dialogli oyna 

Dialog  –  odatda  joriy  holatdan  oldin  paydo  bo‘ladigan  kichik  oyna. 

Bunda asosiy holat ikkinchi darajaga o‘tib, diolog foydalanuvchi ta‘sirini qabul 

qilish  holatini  oladi.  Dialog  asosan  ilova  uchun  bevosita  bog‘liq  bo‘lgan 

xabarlar va qisqa jarayon uchun qo‘llaniladi.  

Dialog  klassi  barcha  dialogli  oyna  klasslari  uchun  bazaviy  klass  bo‘lib 

hisoblanadi. 

 

  


Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling