Toshkent kimyo texnalogiya instituti shahrisabz filiali tmj 9-20 guruh talabasi qurbonov abdullojonning kimyo sanoati qurilmalarini ta’mirlash fanidan bajardi: Tekshirdi


Download 0.5 Mb.
bet1/3
Sana09.05.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1449011
  1   2   3
Bog'liq
Презентация1

TOSHKENT KIMYO TEXNALOGIYA INSTITUTI SHAHRISABZ FILIALI TMJ 9-20 GURUH TALABASI QURBONOV ABDULLOJONNING KIMYO SANOATI QURILMALARINI TA’MIRLASH FANIDAN

Bajardi: ___________

Tekshirdi: ___________

2022-2023


Mustaqil ishi

GIDROMEXANIK MASHINA (nasos) LARNI TA’MIRLASH

Reja:

  • Nasoslar haqida ma’lumot.
  • Nasoslarni tekshirish.
  • Nasoslarni ta’mirlash.
  • Nasoslarni buzilish turlari, sabablari va ta’mirlash usullari.

Nasos — suyuqlikni bosim ostida soʻrish va haydash, gazlarni siqish yoki siyraklantirish, sochiluvchi jismlarni soʻrish va haydash uchun ishlatiladigan qurilma (gidravlik yoki pnevmatik mashina, apparat yoki asbob). Suyukdiklarni bosimsiz harakatlantirish uchun moʻljallangan qurilmalar suv koʻtarish mashinalari deb ataladi. Nasosning asosiy parametri — maʼlum vaqt ichida (vaqt birligida) haydaladigan suv, gaz yoki havo miqdori. Baʼzan nasoslar uchun bosim (R va Ya), isteʼmol quvvati N va f. i. k. ham muhim.
Qadimda ham nasos yaratishga urinilgan. Masalan, qadimgi Oʻrta Osiyo hududida charxpalaklar yordamida suv chiqarishgan. Yunon mexanigi Ktesibiy oʻt oʻchirish uchun moʻljallangan birinchi nasosni ixtiro qilgan.
18-asr boshlariga qadar, asosan, suv koʻtarish mashinalari ishlatilgan. Bugʻ mashinasi yaratilgandan soʻng ularning oʻrnini asta-sekin nasos egallay boshladi. 18-asr oxirlarida porshenli nasos tarraqiyoti jadallashdi. 19-asr oʻrtalarida porshenli bug nasoslari keng ishlatila boshladi. Shu davrda
parrakli Nasos ham paydo boʻldi. 20-asr 20—30-yillaridan boshlab, baʼzi sohalarda porshenli N. oʻrniga markazdan qochma, rotorli Nasoslar ishlatila boshladi.
Nasos taraqqiyotining ikkinchi yoʻnalishi aylanuvchi (rotorli) nasos yaratilishidan boshlanadi. 17-asr boshida yaratilgan ikki rotorli nasos hozirgi tishli gʻildirakli nasosga oʻxshaydi. Key-inchalik rotorli nasosning boshqa xillari paydo boʻldi. Nemis muhandisi S. Xins 1920-yil markazdan qochma quril-ma deb atalgan birinchi soʻruvchi uyur-ma nasosni taklif qildi.
Suyuklikni haydashda markazdan qochma kuchdan foydalanish gʻoyasini 15-asrda Leonardo da Vinchi ilgari surgan. 17-asr boshida fransuz muhandisi Blankano suv chiqaradigan oddiy markazdan qochma nasosni yasagan. Issiqlik dvigateli va elektr dvigateli paydo boʻlgandan soʻng markazdan qochma nasos kengroq qoʻllanila boshladi. 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida parrakli va burilma kurakli nasoslar yaratildi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling