Ayrim vakillari. Etilasetat CH3COOC2H5 xushbo'y hidli suyuqlik 77.2°C da qaynaydi suvda yomon eriydi. Etilasetat asosan erituvchi sifatida keng qo'llaniladi. Sanoatda u sirka aldegiddan V.E.Tishchenko reaksiyasiga ko'ra olinadi.
Izoamilasetat. CH3COOC5H11 nok hidli suyuqlik 139°C da qaynaydi. Lok tayyorlashda erituvchia sifatida ishlatiladi.
Vinilasetat. Asetilenga sirka kislota ta'sir etib vinilasetat olinadi.
H - C = C - H + CH3COOH -> CH3COOCH = CH2
Vinilasetat rangsiz suyuqlik 73°C qaynash tempuraturasiga ega. Uni polimerlab polivinilasetat olinadi.
Vinilasetatdan yelim bo'yoq moddalar olinadi va gidrolizlanishi natijasida polivinilasetat hosil bo'ladi. Polivinilasetatdan sintetik tola plyonka yelim va boshqa moddalar olinadi.
Quyidagi murakkab efirlar HCOOC2H5 - etilformiat rom essensiyasi C3H7COOC2H5 etilbutirat, ananas essensiyasi, (CH3)2CHCH2COOR - alkilizovalerat, olma essensiyasi, CH3COOCH2C6H5 - benzilasetat, jasmin essensiyasi xushbo'y hidga ega bo'lgani uchun oziq - ovqat va atir - upachilik sanoatida ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |