Toshkent kimyo-texnologiya instituti analitik, fizikaviy va kolloid kimyo kafedrasi
Permanganatometriya usulida ishchi eritma tayyorlashva uning konsentratsiyasini aniqlash
Download 1.46 Mb.
|
Барно методичка янги 2022 йил
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazariy hisoblashlar
- VН 2 С 2 О 4 , ml.
- VFeSO 4 , ml
- VK 2 Cr 2 O 7 , ml
- VCuSO 4 , ml
Permanganatometriya usulida ishchi eritma tayyorlashva uning konsentratsiyasini aniqlash
Ishning maqsadi:Kaliy permanganatning ishchi eritmasini tayyorlashni, uning konsentratsiyasini vanazorat eritmadagi temir (Fe2+) ning miqdorini aniqlashni o`rganish. Ushbu usul permanganat ionlarining kuchli oksidlovchilik xususiyatiga asoslangan. Masalan, temir (II)- ionlari permanganat ionlari bilan quyidagi reaksiya bo`yicha temir (III)- gacha oksidlanadi: 5Fe+2 + MnO4- + 8H+ → 5Fe+3 + Mn+2 + 4H2O (qisqa ionli tenglamasi) 3 % li KMnO4 eritmasidan 250 ml. 0,05 N. eritma tayyorlash. Nazariy hisoblashlar
Bizga esa, KMnO4 ning 3 % li eritmasi berilgan.
Demak, 250 ml 0,05 N KMnO4 eritmasini tayyorlash uchun, o`lchov silindri yordamida berilgan 3 % li KMnO4 eritmasidan 13,2 ml o`lchab olib, uni 250 ml li kolbaga solib, belgisigacha suv qo`shib, yaxshilab aralashtiramiz. 2. KMnO4 ishch eritmasining konsentrasiyasini aniqlash Pipetka yoki byuretka yordamida 5,0 ml. 0,1 N. shavel kislotasidan o`lchab, konussimon kolbaga solinadi, ustiga 10-15 ml. 10 % li H2SO4 dan qo`shib, ≈ 800C gacha qizdirib, issiq holida och pushti ranggacha KMnO4 eritmasi bilan titrlanadi. Diqqat! Reaksiya boshlanishida 1-2 tomchi KMnO4 qo`shilganda oldin aralashmani rangsizlanguncha yaxshilab aralashtiriladi va keyin titrlash odatdagidek davom ettiriladi. Reaksiya tenglamasi quyidagicha bo`ladi: 2KMnO4+5H2C2O4+3H2SO4→2MnSO4+10CO2↑+K2SO4+8H2O Tajribani 3 marta takrorlab, natijalar jadvalga yoziladi:
Uchta bir-biriga yaqin natijadan o`rtacha qiymatni topib, formula bo`yicha KMnO4 ning normalligi hisoblanadi: Permanganatometriya usulida temir (Fe2+) ning miqdorini aniqlash Nazorat eritmadagi temir (Fe2+)ning miqdorini aniqlash Konussimon kolbaga solingan nazorat temir eritmasidan 10,0 ml o`lchab olib, ustiga 10-15 ml. 10 % H2SO4 eritmasidan qo`shib, och pushti rangga kirguncha KMnO4 ishchi eritmasi bilan titrlanadi. Bunda ham 1-2 tomchi KMnO4 eritmasi qo`shilganda aralashma rangsizlanguncha yaxshilab aralashtiriladi va so`ngra titrlash oddiy usul bilan davom ettiriladi. (Qizdirish shart emas). Tajribani 3 marta takrorlab, natijalar jadvalga yoziladi:
Uchta bir-biriga yaqin natijadan o`rtacha qiymat topiladi va temirning gramm miqdori quyidagi formuladan topiladi: EFe = 56 g. Savollar. Oksidlanish –qaytarilishtitrlashusuli. Nernsttenglamasi 10 mlFeSO4titrlanganda 5 ml, 0.05 normaliKMnO4sarflandiFe 2+ninggrammiqdorinianiqlang. 13- laboratoriya ishi YodometriY. Kaliy bixromatning standart eritmasini tayyorlash. Natriy tiosulfat tuzi ishchi eritmasining konsenratsiyasini aniqlash. Nazorat eritmadagi mis (Cu2+) ning miqdorini aniqlash Ishning maqsadi:Kaliy bixromatning standart eritmasini tayyorlashni, natriy tiosulfat tuzi ishchi eritmasining konsenratsiyasini va nazorat eritmadagi mis (Cu2+) ning miqdorini aniqlashni o`rganish. Usul I– ionlarini I2 ionlarigacha oksidlanishiga bog`liq bo`lgan oksidlanish-qaytarilish jarayonlariga asoslangan: 2I- - 2ē → I2 Nazariy hisoblashlar 1. 250 ml 0,1 N. standart K2Cr2O7 eritmasini tayyorlash
Demak, 250 ml. 0,1 N. eritmatayyorlashuchunanalitiktarozda1,2257 g. K2Cr2O7dantortibolib, uni 250 ml. lio`lchovkolbasigasolib, avvaligaozroqsuvdaeritiladi, keyinesao`lchamigachasuvsolib, yaxshilabaralashtiriladi. 2. Ishchi natriy tiosulfat Na2S2O3 tuzi eritmasining konsenratsiyasini aniqlash. Konussimon kolbaga o`lchov silindri yordamida 5-7 ml. 20 % li KI eritmasi va 10-15 ml. 10 % li H2SO4 eritmasidan solinadi. Byuretka yoki pipetka yordamida 10,0 ml. 0,1 N. K2Cr2O7 eritmasidan qo`shib kolbaning og’zini oyna shishacha bilan yopib, qorong`i joyga (reaksiya oxirigacha yetgunicha) 5 daqiqaga qo`yib qo`yiladi. K2Cr2O7 + 6KI + 7H2SО4 → Cr2(SO4)3 + 3I2 + 4K2SO4 + 7H2O Hosil bo`lgan qo`ng’ir rangli eritma tiosulfat (Na2S2O3) eritmasi bilan och sariq (somon) ranggacha titrlanadi. Keyin 5 ml kraxmal eritmasidan qo`shib eritmaning rangi ko`k rangdan och-yashil ranga o`tguncha yana titrlanadi. I2 + 2Na2S2О3→ 2NaI +Na2S4О6 Tajribani 3 marta takrorlab, natijalar jadvalga yoziladi:
Uchta bir-biriga yaqin natijadan o`rtacha qiymat topiladi, formula bo`yicha tiosulfatning normalligi hisoblanadi: 3. Nazorat eritmadagi mis (Cu2+)ning miqdorini aniqlash ishchi eritmasining konsentrasiyasini aniqlash. Nazorat eritma solingan konussimon kolbaga o`lchov silindiri yordamida 10-15 ml 20 % li KI eritmasi va 2 ml 10 % H2SO4 eritmasidan qo`shiladi. Kolbaning og’zini shisha oynacha bilan berkitib, 5 daqiqa davomida qorong’i joyga qo`yiladi (reaksiya oxiriga yetishi uchun). 2CuSO4 + 4KI → 2CuI + I2 + 2K2SO4 Hosil bo`lgan qo`ng`ir tusli loyqa eritma tiosulfat eritmasi bilan och sariq rangga kirguncha titrlanadi, so`ngra ustiga 5 ml kraxmal eritmasidan qo`shib, ko`k rang yo`qolguncha titrlash davom ettiriladi. Tajribani 3 marta takrorlab, natijalar jadvalga yoziladi:
Uchta bir-biriga yaqin natijadan o`rtacha qiymatni topib, formula bo`yicha misning gramm miqdori aniqlanadi: ECu =63,54 g. Savollar Yodometriyausuliningumumiytasnifi. Oksidlovchivaqaytaruvchiqandayaniqlanadi. 300 ml 0.2 normaliK2Cr2O7eritmasinitayyorlang. 14 - laboratoriya ishi KOMPLEKSONOMETRIY. KOMPLEKSON-III ISHCHI ERITMASINI TAYYORLASH VA UNING KONSENTRATSIYASINI ANIQLASH. SUVNING UMUMIY QATTIQLIGINI ANIQLASH VA HISOBLASH ISHLARINI BAJARISH Ishning maqsadi:Komplekson-III ishchi eritmasini tayyorlash va uning konsentratsiyasini aniqlashni o`rganish. Hozirgi vaqtda kompleksonometrik aniqlashlarga asosan kompleksonlar deb ataluvchi aminopolikarbon kislotalar va ularning tuzlari ishlatiladi. Analitik kimyo amaliyotida ko`p hollarda komplekson-III (Trilon B) ishlatiladi. Bu etilendiaminotetrasirka kislotasining 2 ta natriyli tuzi bo`lib, ko`pchilik metall ionlari bilan kompleks birikmalar hosil qiladi. pH muhitini yaratib, mos keluvchi indikatorni tanlab, kompleksonometriya usuli bilan ko`pchilik metallarning miqdorini, suvning umumiy qattiqligini aniqlash mumkin. Kompleksonometriya usulida metalloxrom (xromogen qora) indikatori qo`llaniladi. Trilon B turli metal ionlari bilan har xil rangli komplekslar hosil qiladi. Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling