Toshkent kimyo-texnologiya instituti analitik, fizikaviy va kolloid kimyo kafedrasi


-Veytograf – butun sondan keyingi 1000/1, 10 000/1 ulush qiymatlar olinadi. Tarozi toshlari


Download 1.46 Mb.
bet21/26
Sana27.02.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1234682
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
Барно методичка янги 2022 йил

4-Veytograf – butun sondan keyingi 1000/1, 10 000/1 ulush qiymatlar olinadi.


Tarozi toshlari


Analitik tarozi toshlari maxsus qutichaga solib qoyiladi. Qutichada 50,20, 10, 5, 2, 1g massali tarozi toshlari bilan bir qatorda 10mg dan 990 mg gacha bo’lgan mayda toshchalar ham bo’ladi.
ADB-200 Demferli tarozisida
ishlash tartibi
Kimyo laboratoriyasida ADB-200 demferli tarozi ishlatiladi. Bu xil tarozilar tuzilishining eng asosiy xususiyati shundan iboratki,ularda tarozi strelkasining tebranishini tez to’xtatuvchi havoli tinchlantirgich (demfer) lar bo’ladi.
Demferlar alyuminiydan yasalgan ichi kovak silindrlar bo’lib, usti qopqoq bilan yopilgan, past tomoni esa ochiq bo’ladi. Bu silindlar ilmoqlar yordamida osib qoyiladi va tarozi pallalarining tepasida turadi.
Shayinning o’ng tomonidagi xalqaga shayinga perpendikulyar qilib gorizontal planka o’rnatilgan.Og’irligi 10 mg dan 990 mg gacha bo’lgan xalqa shakldagi mayda toshlari bu planka ustiga ilib qoyiladi.Mayda toshlari planka ustiga tarozi shkafining o’ng tomoni tashqarisiga o’rnatilgan diskli dastani burab osiladi.Diskli dasta har ikki tomonga buraladigan ikkita diskdan iborat bo’lib, bu disklarga raqamlar yozilgan bo’ladi. Tashqi diskni burash bilan plankaga 100, 200, 300, … 900 mg toshlarni osib qoyish mumkin. Xuddi shu yo’l bilan kichik diskni burab 10, 20, 30, … 90 mg li toshlari qoyiladi,ya’ni tarozining o’ng pallasiga grammning yuzdan bir ulushlari qoyiladi.
TAROZNI O’RNATISH QOIDALARI



  1. Tarozi o’rnatiladigan joy katta yo’ldan (tramvay yo’lidan) kamida 100 m uzoqlikda bo’lishi kerak.

  2. Taroz og’ir metall list ustiga o’rnatiladi. Bunda mazsus taroz joylashtiriladigan stol ustidagi maxsus joylarga avval namat so’ngra namat ustiga metall list yoki marmar plita joylashtirilib taroz o’rnatiladi.

  3. Tarozi o’rnatilgan stol atrofida isituvchi va sovituvchi moslamalar bo’lmasligi kerak.

  4. Namunaning tortimi olinayotgan vaqtda tarozi eshiklari va derazalari yopiq holatda bo’lishi kerak.


Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling