Toshkent kimyo texnologiya instituti menejment


Xizmat ko’rsatish korxonalari moliyasida yuzaga


Download 461.51 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana02.04.2023
Hajmi461.51 Kb.
#1319964
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
«korxona iqtisodiyoti va menejmenti» fanidan Kurs ishi Mavzu «I

Xizmat ko’rsatish korxonalari moliyasida yuzaga 
kelgan muammolar va ularni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar 
tizimi 

Respublikamizda iqtisodiyotning barcha sohalari kabi uy-joy kommunal 


xo’jaligi sohasiga eski tizimdan konstruktiv ijro jihatidan nomukammal 
bo’lgan ko’p xonadonli uylar va ularni saqlash hamda ta’mirlashning 
samarasiz tizimi, sohani boshqarishning ma’muriy buyruqbozlik uslubiga 
asoslangan, budjet mablag’lari hisobidan boqimanda kun ko’rishga o’rganib 
qolgan iqtisodiy samarasiz tizim meros bo’lib qoldi. 
Mamlakatimiz mustaqilligining e’lon qilinishi davlat qurilishi sohasida ham 
tub islohotlar zaruriyatini yuzaga keltirdi. Odamlar aslo kechiktirib 
bo’lmaydiagn muammolar – oziq-ovqat, transport, savdo, sog’liqni saqlash, 
uyjoy qurilishi, mehnat rejimi va unga haq to’lash, dam olish sharoitlari kabi 
muammolarning hal etilishini kutar edilar.
1
O’tish davrida boshqaruv tizimining maqsadga muvofiqligi, samarasi va sifati 
yaqqol namoyon bo’ladi, chunki bunda eskirib, talabga javob bermay qolgan 
davlat institutlari yangilari bilan almashtiriladi. Bu davrda markaziy hukumat 
ko’p qavatli uylarni ta’mirlash, uy-joyni har taraflama saqlash, kommunal 
xizmatlar bo’yicha to’lovlarni yig’ish kabi muammolarni hal etishni mahalliy 
darajaga o’tkazib bergani shu bilan izohlanadi.
“… kommunal uy-joylarni saqlash muammosi kun tartibidan tushmayotganini 
tan olish ham zarur. “Ijtimioy fikr” jamoatchilik fikrini o’rganish markazi 
hisoblariga ko’ra 2011-yilning 20-24-oktabr kunlari mamlakatimizning 12 
viloyatida, Qaroqalpog’iston Respublikasi va Toshkent shahrida so’rov 
1


o’tkazildi. 1100 kishidan iborat respondentlarga “O’z uyingizda, 
xonadoningizda quyidagi kommunal xizmatlar qay dararajada ko’rsatiladi 
yoki siz ulardan qay darajada foydalana olasiz?” degan savol bilan murajaat 
qilinganida javoblar quyidagicha taqsimlangan:
“butun kun davomida barqaror” – elektr energiya – 44,3%, tabiiy gaz – 
44,6%, vodoprovod suvi – 44,8%, hammom, vanna – 39,9%, chiqindini olib 
chiqib ketish – 31,4%.
“Barqaror emas, bir kunda bir necha marotaba foydalanish imkoniyatiga 
egaman” – elektr energiya – 55,4%, tabiiy gaz – 42,2%, vodoprovod suvi – 
33,5%, hammom, vanna – 26,4% chiqindini olib chiqib ketish – 16,2%.
“Foydalanish imkoniyatiga ega emasman” – elektr energiya – 0,3%, tabiiy gaz 
– 13,2%, vodoprovod suvi – 21,7%, hammom, vanna – 33,7%, chiqindini olib 
chiqib ketish – 52,4%. (Ijtimoiy fikr. Inson huquqlari. 
№1
. 2012. 25-b.).”
2
Bozor iqtisodiyoti shunday mexanizm va tamoyillarga asoslanganki, 
iqtisodoyotda barcha ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar tegishli me’yor va 
muvozanat holatida bo’lishi talab etiladi, mamlakatda ushbu me’yor va 
muvozanat ta’minlanmasa iqtisodiyotda turli darajadagi ijtimoiy-iqtisodiy 
ziddiyatli holatlar vujudga keladi. Keyingi yillarda mamlakatimizda xizmat 
ko’rsatuvchi korxonalarda mazkur masalalarga tegishli darajada amal 
etilmasligi oqibatida qarzdorlik bilan bog’liq ayrim muammoli holatlar paydo 
bo’lmoqda.
Ximat ko’rsatish tarmog’ining asosiy bo’g’inlaridan biri hisoblangan, ko’p 
qavatli aholi yashash uylariga xizmat qiluvchi xususiy uy-joy mulkdorlari 
shirkatlari qarzdorligi nafaqat shu korxonalarning moliyaviy holatiga balki, 
ularning salbiy oqibatlari mamlakat milliy iqtisodiyotining boshqa 
tarmoqlariga ham ta’sir ko’rsatadi. Shu jihatdan xususiy uy-joy mulkdorlari 
shirkatlari qarzdorligining vujudga kelish sabablari va ularni bartaraf etish 
yo’llarini aniqlab berish muhim ahamiyat kasb etadi.
Quyidagi rasmda xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarida vujudga keladigan 
salbiy oqibatlari haqida ma’lumotlar keltirilgan (12-rasm).



Download 461.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling