Toshkent kimyo texnologiya instituti menejment


Download 461.51 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana02.04.2023
Hajmi461.51 Kb.
#1319964
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
«korxona iqtisodiyoti va menejmenti» fanidan Kurs ishi Mavzu «I



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS 
TA’LIM VAZIRLIGI 
TOSHKENT KIMYO TEXNOLOGIYA INSTITUTI MENEJMENT 
VA KASB-TA’LIMI FAKULTETI
«KORXONA IQTISODIYOTI VA MENEJMENTI» fanidan 
 
Mustaqil ishi 
Mavzu: «Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida ishlab chiqarishda 
texnologik xizmatlarni tashkil etishni takomillashtirish»
BAJARDI: Qahramonov Fazliddin
QABUL QILDI: «Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti» kafedrasi 
o‘qituvchisi Tursunova Munisa 
Toshkent– 2022 
 
 
 
 


 
Reja: 
 
I. 
Kirish 
II. 
Asosiy qism
2.1. Xizmat ko’rsatish korxonalari moliyasida yuzaga kelgan muammolar va 
ularni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar tizim. 
2.2. Xizmat ko’rsatish korxonalari moliyasini boshqarishning iqtisodiy 
matematik modeli. 
2.3. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida xizmat ko’rsatish korxonalari 
moliyasini samarali tashkil etish mexanizmini takomillashtirish yo’llar. 
III. Xulosa. 
IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. 
 


KIRISH
 
Bozor munosabatlari sharoitida xizmat ko’rsatish iqtisodiyotning asosiy 
tarmoqlaridan biri bo’lib, iqtisodiyotni yanada rivojlantirishda vositachi sifatida 
namoyon bo’lmoqda. Shu bilan bir qatorda, xizmat turlari ko’payib uning mamlakat 
yalpi ichki mahsulot (YIM)ida hissasi ortib bormoqda, xizmat sohasida yangi ish 
o’rinlari ochilib, xizmat ko’rsatish sifati oshib, aholi turmush farovonligi 
yaxshilanmoqda. Birgina misol, 2014-yilda mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti 8,1 
foizga oshdi hamda bozor xizmatlari ko’rsatish hajmi 15,7 foizga o’sdi, ularning 
yalpi ichki mahsulot tarkibidagi ulushi esa 53 foizdan 54 foizga oshdi. 
Shuni ta’kidlash joizki, xizmat ko’rsatish tarmoqlari va xizmat turlari o’zimizga xos 
tarzda rivojlanib kelgan va rivojlanmoqda. Bu ko’p hollarda xizmatlarning milliyligi 
bilan bog’liqdir, chunki shunday xizmatlar borki, ular faqat o’zimizgagina xosdir, 
misol uchun, hashar orqali ko’rsatiladigan xizmatlar, homiylik xizmatining ayrim 
turlari, milliy to’y-hashamlarda qilinadigan xizmatlar va hokazo. Ammo shuni 
e’tirof etish kerakki, mamlakatimizda ushbu o’zimizga xos xizmat sohasi kam tadqiq 
qilingan va mos ravishda iqtisodiy adabiyotlarda mazkur masalaga bag’ishlangan 
materiallar kam yoritilgan. Hozirgi kunda jamiyat vakillarining zamonaviy
murakkab maishiy texnika, kompyuterlar va shaxsiy avtotransport bilan 
ta’minlanganligining keskin oshishi natijasida ularga ko’rsatilayotgan xizmatlarning 
kengayishiga sharoit yaratadi. Zamonaviy xizmat ko’rsatish turlarining kengayishi 
va rivojlanishi yangi daromadli faoliyat turlarining yuzaga kelishiga, aholi 
bandligini ortishishiga zamin yaratadi. Yangi daromad turlarining yaratilishi va 
aholi daromadlarining oshishi esa, o’z navbatda, soliq solish bazasini kengayishiga, 
byudjet daromadlarining ko’payishiga olib keladi.
Xizmatlar ko’rsatish va servis sohasini jadal rivojlantirish maqsadida unga qulay 
sharoit yaratish, uning iqtisodiyotdagi ulushini oshirish, xizmat ko’rsatish sohasi 
tarmoqlarida band bo’lgan aholi sonini yanada ko’paytirish va shu asosda aholi 
daromadlarini oshirish hamda ichki iste’mol bozorini sifatli turli-tuman zamonaviy 
xizmat turlari bilan to’ldirish pirovard maqsad sifatida namoyon bo’lib kelmoqda..



Download 461.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling