Toshkent kimyo-texnologiya instituti «tasdiqlayman»


Maʼnaviy — maʼrifiy ishlar


Download 168.5 Kb.
bet2/10
Sana06.02.2023
Hajmi168.5 Kb.
#1170312
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2022-2023 o\'quv yili MKTF ish rejasi (1)

2. Maʼnaviy — maʼrifiy ishlar

2.1

Yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik hamda «Mustaqillik darslari»ni yuqori saviyada oʻtkazishni taʼminlash chora-tadbirlarini koʻrish. Dars jadvallarida maʼnaviyat kunlari va mustaqillik darslarini ijtimoiy-iqtisodiy va gumanitar fanlar blokidagi fanlar bilan mutanosibligini taʼminlashga tayyorgarlik koʻrish.

2022 yil
avgust

Dekan, yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari, ijtimoiy fanlar kafedrasi mudirlari

2.2

“Birinchi kurs maktabi” maxsus dasturi asosida mashgʻulotlarni oʻtkazish. 1-kursga qabul qilingan talabalarni mutaxassislik kafedralari bilan tanishtirish va tanlagan mutaxassisligiga nisbatan qiziqish uygʻotish. Viloyatdan kelgan talabalarni yotoqxonaga joylashishini tashkil qilish.

2022 yil sentyabr­, oktyabr­

Dekan, yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari, mutaxassislik kafedralar mudirlari

2.3

1-kursga qabul qilingan talabalarni tyutorlarga biriktirish. Talabalar turar joyi va ijarada yashovchi talabalar roʻyxatini shakllantirish va ularni yashash sharoitlari bilan tanishish, ularning yashash sharoitlaridan doimiy ravishda xabardor boʻlib turish.

2022 yil jadval asosida oʻquv yili davomida

Dekan, yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari,
kafedra mudirlari,
“Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi” fakultet kengashi yetakchisi, tyutorlar

2.4

Davlatimiz bayramlari va tantanali kunlarini tinchlik va osoyishtalikda oʻtkazish maqsadida Talabalar turar joyi va fakul­tet binosida maxsus jadval asosida navbatchilik tashkil etish va uni nazorat qilish.

Oʻquv yili davomida

Dekan, yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari, kafedra mudirlari, navbatchi oʻqituvchilar

2.5

Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq shoiri, Oʻzbekiston qaxramoni Ibroyim Yusupov hayoti va ijodi bilan talaba-yoshlarni yaqindan tanishtirish maqsadida turli adabiy-badiiy kechalar, davra suhbatlari, tadbirlar, tashkil etish. Shoir xotirasini yod etish maqsadida Adiblar xiyoboniga talabalar tashrifini tashkil qilish.

Oʻquv yili davomida

Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari, «Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi» fakultet kengashi yetakchisi, tyutorlar

2.6

Tartib-intizom va taʼlim samaradorligini oshirish va fakul­tet talabalarining davomati hamda oʻzlashtirish koʻrsatgichlar idan ota-onalarni xabardor qilish. Ota-onalarni har semestr yakuni bilan tanishtirish va ular farzandlarini fanlardan oʻzlashtirishi, davomati singari asosiy koʻrsatgichlardan xabardor qilish, Prezident va nomdor stipendiya sovrindorlarini tanlash kabi tadbirlarda ishtirokini taʼminlash.

2022 yil dekabr­,
2023 yil
may

Dekan, yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari,
kafedra mudirlari, tyutorlar

2.7

«Oʻqituvchilar va murabbiylar kuni» munosabati bilan oʻtkaziladigan institut bayram tadbirida qatnashish va fakul­tet professor-oʻqituvchilarini tabriklash.

2022 yil
oktyabr

Dekan, yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari, kafedra mudirlari, «Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi» fakultet kengashi yetakchisi

2.8

Taniqli olimlar, shoir, yozuvchilar va institutimizning taniqli professorlari ishtirokida mavzusida davra suhbatlari va uchrashuvlar tashkil etish.

2022-2023 oʻquv yili davomida

Dekan, yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari,
kafedra mudirlari, fakultet faxriylari

2.9.

Yangi yil munosabati bilan beriladigan taʼtilga talabalarni uyushqoqlik bilan kuzatish va professor-oʻqituvchilarni taʼtil davrida oʻquv-meʼyoriy hujjatlar bilan ishlashlari va oʻz malakalarini oshirishga qaratilgan ishlar bilan mashgʻul boʻlishlarini tashkil etish.

2022 yil
28 dekabr-2023 yil 6 yanvar­

Dekan, yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari,
kafedra mudirlari, tyutorlar

2.10.

Umummilliy hasharlar tashkil qilish va fakul­tet hamda talabalar turar joyi hududlarida obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish ishlarida faol ishtirok etish.

Oʻquv yili davomida

Dekan,
tyutorlar, «Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi» fakultet kengashi yetakchisi

2.11.

«8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami» va 21-mart «Navroʻz» bayramlarini munosib tashkil etish.

2023 yil mart

Dekan, kafedra mudirlari, yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari,
tyutorlar, «Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi» fakultet kengashi yetakchisi

2.12.

Fakultet professor-oʻqituvchilari, xodimlari va talabalari sihat- salomatligini yaxshilash maqsadida, sportning har xil turlari boʻyicha boʻladigan musobaqalarga professor- oʻqituvchilar va talaba yoshlarni jalb etish.

2023 yil
mart –aprel

Dekan, jismoniy tarbiya kafedrasi, murabbiylar, «Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi» fakultet kengashi yetakchisi

2.13.

Talaba yoshlarni diniy ekstremizm, terrorizm, fundamentalizm, aqidaparastlik kabi illatlarga qarshi murosasiz boʻlish ruhida tarbiyalash maqsadida, huquq targʻibot organlari xodimlari bilan davra suhbatlarini oʻtkazish.

Oʻquv yili davomidagi maʼnaviyat kunlarida

Ijtimoiy fanlar kafedra oʻqituvchi
lari, yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari,



2.14.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan besh muhim tashabbus ijrosini taʼminlash maqsadida kompleks tadbirlar tashkil etish.

Oʻquv yili davomida

Dekan,
yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari,
murabbiylar Fakultet xotin-qizlar kengashi raisi, «Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi» fakultet kengashi yetakchisi


Download 168.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling