Toshkent kimyo-texnologiya instituti «tasdiqlayman»


Download 168.5 Kb.
bet3/10
Sana06.02.2023
Hajmi168.5 Kb.
#1170312
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2022-2023 o\'quv yili MKTF ish rejasi (1)

3. Oʻquv ishlari

3.1

Yangi 2022-2023 oʻquv yili boshlanishi munosabati bilan oʻquv jarayoniga taalluqli boʻlgan oʻquv-meʼyoriy hujjatlarni va maʼruza matnlarini qayta koʻrib chiqish hamda yangi oʻquv yili rejasini ishlab chiqish.

2022 yil avgust

Dekan, kafedra mudirlari

3.2

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va institutning fakultet kafedralarini yangi oʻquv yiliga tayyorgarligini taʼminlash boʻyicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar ijrosini taʼminlash maqsadida xar bir kafedrani yangi oʻquv yiliga tayyorgarligini nazoratga olish, yangi oʻquv yiliga kafedralarda belgilangan oʻquv yuklamalari boʻyicha professor-oʻqituvchilar shtatlarini shakllantirish.

2022 yil avgust

Dekan, kafedra mudirlari

3.3

Muntazam ravishda talabalar davomati, va fanlardan oylik reyting qaydnomalari boʻyicha va talabalar davomatini oʻzlashtirish bilan mutanosibligini tahlil qilish.

Oʻquv yili davomida

Dekan, oʻquv ishlari boʻyicha dekan oʻrinbosari,
kafedra mudirlari, raisi

3.4

Yangi 2022-2023 oʻquv yiliga kafedralarni fanlardan takomillashgan ishchi oʻquv rejalari, fan dasturlari, oʻqituvchilar shaxsiy ish rejalari, maʼruza matnlari va boshqa oʻquv-meʼyoriy hujjatlarni tayyorlash.

Oʻquv yili davomida

Dekan, dekan oʻrinbosari,
kafedra mudirlari

3.5

Talabalar bilimini baholashda kredit-modul­ tizimini talabalarga tushuntirilishini taʼminlash va talabalar bilimlarini tegishli tizimlar nizomga muvofiq baholanishini nazorat qilish.

2022 yil, sentyabr

Dekan, kafedra mudirlari, professor-oʻqituvchilar

3.6

Fanlardan maʼruza, laboratoriya va amaliy mashgʻulotlarni yuqori saviyada, ilgʻor pedagogik texnologiyalardan foydalanib oʻtkazish maqsadida, fakultet kafedralarida oʻqitiladigan fanlardan elektron darslik, mul­timedialarni tashkil qilish.

Oʻquv yili davomida

Dekan, kafedra mudirlari va fan oʻqituvchilari

3.7

Fakultet kafedralarida ularni rivojlantirish boʻyicha yetuk mutaxassislar va professor-oʻqituvchilar ishtirokida kompleks istiqbolli rejalarni ishlab chiqish hamda uni bajarilishini belgilangan vaqtda doimiy nazorat qilib borish.

Oʻquv yili davomida

Dekan,
kafedra mudirlari

3.8

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 24 fevraldagi “Oliy taʼlim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 32-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, fakultetning jonkuyar fidoiy pedagoglarini “Oliy taʼlim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovining “Mutaxassislik boʻyicha eng yaxshi pedagog”, “Eng yaxshi pedagog-tadqiqotchi” va “Innovatsiya va axborot texnologiyalarini qoʻllaydigan eng yaxshi pedagog” nominatsiyalari boʻyicha qatnashishlarini taʼminlash.

Oʻquv yili davomida

Dekan,
kafedra mudirlari

3.9

Bakalavrlarni bitiruv ishlari mavzularini talabalar ishga yuborilishi rejalashtirilgan korxonalarga mos ravishda tasdiqlash, iqtidorli talabalarga ilmiy tadqiqot ishlari boʻyicha ilmiy bitiruv ishlari berish.

2023 yil yanvar

Dekan, kafedra mudirlari

3.10

Bitiruvchi bakalavrlarni ish bilan taʼminlash maqsadida ularni amaliyotini toʻliq tashkil qilish boʻyicha korxonalar bilan kelishilgan holda aniq reja va shartnomalar tuzish. Korxonalardan rahbarlar tayinlash va ular masʼuliyatini oshirish.

Oʻquv yili rejasiga binoan

Dekan, mutaxassislik kafedralari mudirlari, ishlab chiqarish amaliyoti guruhi

3.11

Fakultet bakalavrlarining bitiruv ishlari va magistratura talabalarining dissertatsiya ishlari himoyasini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida, yetuk olimlar va mutaxassislardan tashkil topgan Davlat Attestatsiya Komissiyasi ishlarini yuqori saviyada oʻtkazish.

2023 yil May-iyun

Dekan,
kafedra mudirlari

3.12

Fakultet kafedralarining 2022-2023 oʻquv yilidagi oʻquv, uslubiy, maʼnaviy-maʼrifiy va ilmiy tadqiqot ishlari boʻyicha hisobotlarini fakul­tet ilmiy uslubiy kengashida tahlil qilish va yangi oʻquv yiliga tegishli vazifalar belgilash.

2023 yil may-iyun

Dekan, kafedra mudirlari.


Download 168.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling