Toshkent kimyo texnologiya instituti
Download 36.7 Kb.
|
Kurs ishi Odilov
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’zbekiston standartlashtirish davlat tizimini isloh qilish asoslari
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT KIMYO TEXNOLOGIYA INSTITUTI MENEJMENT VA KASB TA’LIM FAKULTETI KURS ISHI Mavzu: Texnik jihatdan tartibga solish Davlat tizimi
I.KIRISH
II. ASOSIY QISM 2.1. Texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimi. 2.2. 2019-2021 yillarda texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturi. 2.3. Texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimining huquqiy asoslari. 2.4. O’zbekiston standartlashtirish davlat tizimini isloh qilish asoslari III. XULOSA. IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI.
O’zbekiston Respublikasining «Texnik jihatdan tartibga solish to’g’risida»gi Qonuni qabul qilinishi bilan O’zbekiston iqtisodiyoti mahsulot, ishlar, xizmatlarga talablar o’rnatishning xalqaro amaliyotga yaqin bo’lgan mutlaqo yangi tizimiga o’tmoqda. Qonun, majburiy talablarni o’rnatish, qo’llash va bajarish sohasida, shuningdek mahsulot hayotiy stiklining barcha bosqichlarida talablarni ixtiyoriy asosda o’rnatish va qo’llash sohasida huquqiy munosabatlarni o’rnatadi. Qonun qoidalarining amalga oshirilishi xavfsizlik darajasini ma’muriy aralashuvning minimal holatida ta’minlaydi va bozorda xavfli hamda soxtalashtirilgan mahsulot paydo bo’lishining oldini olishga, shuningdek xalqaro savdodagi texnik to’siqlarni kamaytirishga zamin yaratadi. Texnik reglament bu — texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi, mahsulotlar va xizmatlar xavfsizligiga doir majburiy talablarni belgilovchi normativ hujjatdir. Texnik reglamentlarning 2 turi mavjud: umumiy texnik reglament — texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi, bir turdagi mahsulotlar va xizmatlar guruhi xavfsizligiga doir majburiy talablarni belgilovchi normativ hujjat; maxsus texnik reglament — texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi, umumiy texnik reglamentda nazarda tutilmagan mahsulotlar va xizmatlar ayrim turining xavfsizligiga doir majburiy talablarni belgilovchi normativ hujjat; Savdodagi texnik to‘siqlar — mahsulotlar va xizmatlar xavfsizligiga doir majburiy talablarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda mavjud bo‘lgan tafovutlari yoki o‘zgarishlari oqibatida savdoda yuzaga keladigan to‘siqlardir. Texnik jihatdan tartibga solishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: inson hayoti va sog‘lig‘i, yuridik, jismoniy shaxslarning va davlatning mol-mulki xavfsizligini ta’minlash; atrof muhit muhofaza qilinishini, shuningdek tabiiy resurslardan oqilona foydalanilishini ta’minlash; savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf etish; mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligi xususida iste’molchilarni chalg‘ituvchi harakatlarning oldini olish. Texnik jihatdan tartibga solishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: texnik reglamentlarni qo‘llashning majburiyligi; texnik reglamentlarni qo‘llashning bir xilligi; texnik reglamentlarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi milliy va xalqaro normativ hujjatlarga muvofiqligi; texnik reglamentlarning, ularni ishlab chiqish, qabul qilish va e’lon qilish tartibi to‘g‘risidagi axborotning ochiqligi. Download 36.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling