Toshkent kimyo texnologiya institutida axborot- resurs markazidan foydalanish qoidalari
ARMning foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish bo'yicha majburiyatlari
Download 0.53 Mb.
|
Ixtisoslik
3 ARMning foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish bo'yicha majburiyatlari
3.1 ARM o'z ish faoliyati davomida foydalanuvchilaming ushbu Nizomning 2.1 va 2.2 bandlarida ko'rsatilgan xuquqlarini bajarilishini ta'minlaydi. 3.2 ARM majburiyatlari: • ARM fondlaridagi xujjatlar va materiallarni ulaming saqlanishini ta'minlovchi belgilangan qoidalarga muvofiq xisobga olish, saqlash va foydalanishni amalga oshirish; ma'lumotnoma-bibliografik apparatni, shu jumladan elektron katalogni yuritish; tavsiyanoma tusidagi bibliografik qo'llanmalarni ishlab chiqish; • foydalanuvchilami ARMdagi va undan tashqaridagi barcha axborot resurslaridan foydalanish imkoniyati bilan ta'minlash; • foydalanuvchilaming extiyojlarini o'rganish va to'liq qondirish; • kutubxona, bibliografik, ma' lumotnoma-axborot xizmati ko'rsatishni takomillashtirish, ushbu maqsadlarda foydalanuvchilar bilan yakka tartibda va guruhlar bo'yicha ish olib borishning turli shakllaridan foydalanish; • foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatishda ioksak madaniyat va malakalilikni ta'minlash, zarur xujjatlar va materiallarni qidirib topish va olishda zarur yordam ko'rsatish: informatika, elektron kutubxona va bibliografiya asoslaridan darslar o'tkazish, katalog va kartotekalardan foydalanish xaqida og'zaki maslaxatlar berish, mavzuli adabiyotlar ko'rgazmalarini tashkil etish, bibliografik obzorlar, axborot va kafedralar kunlarini o'tkazish va boshqa tadbirlarni amalga oshirish; • foydalanuvchilaming qiziqishlari va axborotlarga bo'lgan extiyojlarini o'rganish asosida turli manbalardagi axborot resurslarini bergan xolda tabaqalashtirilgan kutubxona-axborot xizmati ko'rsatishni amalga oshirish; • zarur axborotni qidirib topishga o'qitishda mustaqillikni amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish va mustaqil ravishda ta'lim olish ko'nikmalarini rivojlantirishga ko'maklashish; • fondlarda zarur xujjatlar va materiallar qidirib topish ishlarini amalga oshirish # hamda ularni kutubxonalararo abonement, shu jumladan xalqaro abonement tizimi orqali taqdim etish; • ommaviy tadbirlarni yuqori saviyada o'tkazish, ARMning ijobiy nufuzini yaratishga ko'maklashish; • ARM fondlarini va uning tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlarni reklama qilish, foydalanuvchilarning extiyojlarini o'rganish hamda ularning talablariga muvofiq yangi xizmatlarni tashkil etish; • berilgan xujjatlami ARM fondiga o'z vaqtida qaytarilishini doimiy nazorat qilish; • ARM da foydalanuvchilar uchun etarli shart-sharoitlarni yaratish va ta'minlash.
Istisno hollarda (davlat miqyosidagi tadbirlar o`tkazilishi munosabati bilan) ARM ish tartibiga o`zgartirish kiritiladi. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling