Toshkent kimyo-texnologiya institutining yangier filiali получение ns -удобрения на основе плава нитрата аммония и природного гипса ингичкалинского месторождения
Download 1.55 Mb. Pdf ko'rish
|
8 СБОРНИК ЯНГИЕР ФИЛИАЛИ
- Bu sahifa navigatsiya:
- SEMENT ISHLAB CHIQARISHDA AJRALIB CHIQAYOTGAN CHANG VA GAZLARNI TOZALASH 1 bak. Izzatullayev A.A., 1
Adabiyotlar
1. 2019-2024 yillarda mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini taminlash milliy dasturini tasdiqlash to’grisida O’zbekiston Respublikasi vazirlar maxkamasining qarori. 2. project.gov.uz 382 SEMENT ISHLAB CHIQARISHDA AJRALIB CHIQAYOTGAN CHANG VA GAZLARNI TOZALASH 1 bak. Izzatullayev A.A., 1 kat.o’q. Xalilov M.N., 2 Pirimov T. J. 1 Toshkent kimyo-texnologiya institute Yangiyer filiali, O’zR FA O’zbekiston Respublikasida sement ishlab chiqarish sanoatining rivojlanishi, mamlakatni sementga bo’lgan ehtiyojini qisman qondirdi. Ma'lumot o‘rnida, mamlakatimizda 2020- yilning 9 oy ichida Afg‘oniston, Singapur, Rossiya, Xitoy Turkiya va boshqa bir qator xorijiy davlatlarga qiymati 24,2 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan sement eksport qilingan. O’z navbatida yurtimizga Qozog’iston, Tojikiston, Qirg’iz Respublikasi, Eron, Rossiya va boshqa davlatlardan qiymati 87,0 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan sement mahsuloti import qilingan. Bundan ko’rinib turibtiki sementga bo’lgan ehtiyoj Respublikamizda ko’plab sement ishlab chiqaradigan korxonalar bunyod etish zarurligini ko’rsatadi. Hozirgi vaqtda mamlakatimizda sementni “quruq” usulda ishlab chiqarish tayyorlanayotgan jami mahsulotning 50 foizini tashkil etsa, ayni vaqtda bir qator xorijiy mamlakatlarda mazkur usul yetakchi hisoblanadi. Jumladan bu usul salmog’i Germaniyada 90%, Yaponiyada 78%, Vengriyada 55%, Bolgariyada 45%, AQSH da 42% ni tashkil etadi. Respublikamiz korxonalarida sement tayyorlashning bunday usulini joriy etish, so’zsiz katta iqtisodiy samara beradi. Sement ishlab chiqarish jarayonida chang va turli gazlar hosil bo’ladi. Changlarni turli filtrlar yordamida ushlab qolib ekologiyaga chiqishini oldi olinadi. Lekin sement ishlab chiqarish korxonalarida chiqayotgan CO 2 gazi tog’ridan tog’ri ekologiyaga qo’yib yuborilmoqda. Bu esa ekologiyaga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Mualiflar tomonidan karbonat angidrid gazi asosida yoqilg’i, plastmassa, qurilish ashyolari, tuproqshunoslik mahsulotlari, o’rmon xo’jaligi uchun kimyoviy moddalar,quruq muz kabilarni ishlab chiqarish singari imkoniyatlarni chamalaydigan 10 xil qayta ishlash usulini tahlil qilib chiqqanlar. Tadqiqotga ko’ra, tahlil qilib chiqilgan 10 xil usulning har biri yiliga 0,5 gigatonna CO 2 gazini tutib qolish va foydali mahsulotga aylantirish mumkin ekanligi o’rganilgan [1]. Iqtisodiy tomondan karbonat angidridning har bir tonnasi o’rtacha 100 AQSH dollaridan kamroqqa tushishi hisoblangan. Yuqorida mualiflar tomonidan o’rganilgan ma’lumotlar asosida biz Respublikamizda mavjud sement zavodlaridan ajralib chiqayotgan karbonat angidrid (-78,5 0 C, d=1,98 kg/m 3 ) gazini o’rganishga qaror qildik. Shunday sement zavodlardan biri “Jizzax sement zavodi” AJ hisoblanadi. Jizzax sement zavodida sement ishlab chiqarishda asosan quyidagi xom ashyolardan foydalaniladi: oxaktosh (izvestniyak), lyos (soz tuproq) va temir tarkibli kuyundilardan foydalaniladi[2]. Ajralib chiqayotgan karbonat angidrid gazini miqdorini hisoblashda xom ashyolarning kimyoviy tarkibini bilish zarur (1-jadval). Sement ishlab chiqarish texnologiyasi yuqorida keltirilgan xom ashyolarni tegirmonlarda maydalab, ularni aylanma pechlarda 1450 0 C gacha qizdirishga asoslangan. Qizdirish jarayonida CO 2 gazi asosan oxaktoshni asosiy tarkibi hisoblanmish CaCO 3 dan xosil bo’ladi. Yana qisman soz tuproq hamda temir kuyindisi tarkibidagi oxaktoshdan va dalomitdan hosil bo’ladi. Aylanma pechlarda qizdirish uchun tabiiy gazdan foydalaniladi. Tabiiy gaz ham yonganda CO 2 gazi hosil bo’ladi. Shu ma’lumotlarga asoslanib sement zavodlarda ajralib chiqayotgan karbonat angidrid gazini o’rganishga qaror qildik.Birinchi navbatda karerdan keltirilgan oxaktoshni drobilkada maydalab 30 gr tortib olinadi va 1 soatga quritish shkafiga qo’yiladi. Quritilgan oxaktoshni halqali tegirmonda maydalab olinadi. Jadval-1 Tarkibiy qism Oxaktosh Soz tuproq Temir kuyindisi Xom ashyo uni SiO 2 3.76 52.30 35.52 13.57 Al 2 O 3 1.10 24.70 6.32 3.05 Fe 2 O 3 0.66 6.10 45.41 2.31 CaO 52.46 4.40 - 40.67 383 MgO 1.23 0.10 - 1.12 K 2 O 0.18 0.40 - 0.07 Na 2 O 0.22 0.40 - 0.56 SO 3 0.01 1.10 - 0.45 Namlik - - 12.75 - Qizdirilganda yo’qotilgan massa 40.38 10.40 - 35.92 Jami 100 100 100 100 Maydalangan oxaktoshdan 1 gr tortib olib mufel pechiga 975 0 C ga 30 minut qo’yiladi. Unda oxaktosh quyidagicha parchalanadi: CaCO 3 →CaO+CO 2 . Yarim soatdan keyin tigel mufel pechdan olinadi va xona haroratigacha sovitiladi. Sovutilgan tigel massasi aniqlanib boshlang’ich massadan ayriladi va hisoblash bajariladi. Hisoblash natijasida oxaktoshning yo’qotilgan massasi 43,5 % va oxaktoshning tozalik darajasi 98,8% ekanligi aniqlandi. Keyingi tajriba tik tegirmonda maydalangan xom ashyo unini ya’ni sement ishlab chiqarishda foydalanilayotgan xomashyolar (oxaktosh, soz tuproq, temir kuyundisi) ni tik tegirmonda maydalab tayyorlangan xom ashyo unini yo’qotilgan massasini xisoblashdan iborat. Buning uchun tik tegirmondan keltirilgan xom ashyo unidan 1 gr tortib olib mufel pechiga 950 0 C ga 30 minutga qo’yiladi. Yarim soatdan keyin tigel mufel pechidan olinadi va xona haroratigacha sovitiladi. Sovutilgan tigel massasi tortiladi va boshlang’ich massadan ayrilib hisoblash bajariladi. Hisoblash natijasida xom ashyo unini yo’qotilgan massasi 35 % ekanligi aniqlandi. Xom ashyo unini tarkibida CO 2 gazidan boshqa gazlar (NO, CO, NO 2 va h) va organik moddalar ham bo’ladi. Shuning uchun yo’qotilgan massaning hammasi ham CO 2 hisoblanmaydi. Yuqorida o’tkazilgan tajribalar asosida ajralib chiqayotkan CO 2 gazini miqdorini hisoblash mumkin. Siklonga soatiga 277 tonna xomashyo uni kirishini inobatga olib ajralib chiqayotgan CO 2 miqdori hisoblanadi. Yuqoridagi Jadval-1 da xomashyo uni qizdirilganda yo’qotilgan massasi 35,9 % ekanligi keltirilgan.Bu yerda qizdirilganda yo’qotilgan massa xomashyo unini tarkibidagi gazlarni hisobiga bo’ladi Xomashyo unini tarkibida CO 2 dan tashqari qisman boshqa gazlar bo’ladi. Shunga asosan yo’qotilgan massani 5,9 % ni organik va boshqa gazlar desak. Qolgan 30 % CO 2 gaz ekanligini inobatga olib ajralib chiqayotgan CO 2 miqdorini quyidagi 2- jadvalda keltirish mumkin: Jadval-2 Download 1.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling