Toshkent kimyo texnologiyalari instituti


Oqava suvlarni tozalash sxemalari


Download 1.04 Mb.
bet6/9
Sana13.02.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1194102
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Kurs ishi oqova suvlarni

Oqava suvlarni tozalash sxemalari:





Bu chizmalarda oqava suvlarni tozalash sxemalari aks ettirilgan


1-chizmada
Oqova suvdagi xlorbenzoini desorbsiyalash qurilmasining
chizmasi: 1 — sig‘im; 2 — nasos; 3 — azot kollektori; 4 — kolonka;
5 — chiqib ketuvchi gazlarning kollektori.
2-chizmada
Oqova suvni isitish bilan degazatsiyalash
qurilmasining chizmasi: I — o‘choq; 2 — zmeyevik; 3 — nasos;
4 — issiqlik-almashtirgich; 5 — vakuum-nasos; 6 — sig‘im.
3-chizmada
Ultrafiltrlash yordamida oqova suvlardagi moy emulsiyasini
ajratish qurilmasining chizmasi: 1 — sig‘im; 2 — erimagan moylaming
qatlami; 3 — nasos; 4 — idish; 5 — ultrafiltrlash qurilmasi; 6 — suvni
qo'shimcha ajratish uchun bak; 7 — moy uchun sig'im.
4-chizmada
Oqova suvlarni og‘ir metallar ionlaridan tozalashning
reagent usuli sxemasi tasvirlangan.
2.3. Oqova suvlarni konsentrlash
Oqova suvlarni tozalashning termik usullari:
Termik usullar yordamida tarkibida kalsiy, magniy va boshqa
mineral tuzlar hamda organik birikmalar bo‘lgan oqova suvlar
zararsizlantiriladi.
Bunday oqova suvlarni zararsizlantirish quyidagi usullar yor-
damida amalga oshiriladi:
— erigan moddalarni ajratish bilan oqova suvlarni konsentrlash;
— katalizator ishtirokida organik moddalarni oksidlash;
— organik moddalarni suyuq fazada oksidlash;
— olovli zararsizlantirish.
Oqova suvlarni konsentrlash
Oqova suvlarni konsentrlash usuli asosan tarkibida mineral
moddalar boʻlgan oqova suvlarni zararsizlantirish maqsadida
qo‘llaniladi. Bu usul oqova suvdan tuzlarni ajratib olib, aylanma
suv ta’minotiga yaroqli bo'lgan toza suv olish imkonini beradi.
Mineral moddalar va suvning ajralish jarayoni ikki bosqichda
olib boriladi. Sxemasi:

1) konsentrlash; 2) quruq moddalarning ajralish bosqichi.
Oqova suvlarni konsentrlash bug‘latuvchi, muzlatuvchi va
kristallogidrat qurilmalarida davriy va uzluksiz ravishda olib bori-
lishi mumkin.
Adsorbsion qurilmalar. Oqova suvlarni adsorbsion tozalashda
suv adsorbent bilan shiddatli aralashtiriladi. Natijada suv ad-
sorbent qatlami orqali filtrlanadi. Adsorbentni suv bilan aralash-
tirishda o‘lchamlari 0,1 mm va undan kichik bo‘lgan faol ko‘mir
zarrachalari ishlatiladi. Jarayon bir yoki bir necha bosqichda olib
boriladi.
Bir bosqichli statik adsorbsiya usulida juda arzon adsorbentdan
yoki ishlab chiqarish chiqindisidan foydalaniladi.
Adsorbent qurilma sxemasi:

a — bir yarusli silindrsimon adsorber: 1 — kolonna; 2 — voronka; 3 —
truba;
4 — panjara; 5 — yig‘gich. b — bir yarusli chiqarib qo‘yilgan aralashtirgichli:
1 — aralashtirgich; 2 — nasos; 3 — kolonna; 4 — yig‘gich. d — uch yarusli:
1 — kolonna; 2 — panjaralarli; 3 — adsorbentni aralashishi uchun trubka;
4 — yig‘gich.
Adsorbsion tozalashga misollar. Tarkibida 100—400 mg/1
nitrobirikmalar bo‘lgan oqova suvni KAD ko‘miri bilan adsorbsion
tozalashda ularning qoldiq miqdori 20 mg/1 bo‘lguncha olib boriladi.
Ko‘mir erituvchilar bilan (benzol, metanol, etanol, metilen xlorid)
regeneratsiyalanadi. Erituvchi va nitrobirikmalar haydash orqali
ajratiladi. Ko'mirda qolgan erituvchi o‘tkir hidli bug* yordamida
ajratiladi. Fenollarni ajratib olish uchun turli markadagi ko‘mirlar
ishlatiladi.
Kuchli karbonlangan, kam zolli, selektiv ko‘p g'ovakli ko‘mirlar yuqori
g‘ovakli tuzilishga ega. Bunday ko‘mirlar bilan fenolni ajratib olish
darajasi 50—99% gacha yetadi. Sorbsion sig‘im pH muhiti
kamayishi bilan oshadi, pH = 9 da 10—15% ni tashkil qiladi.

XULOSA

Xulosa o’rnida aytish mumkinki, atrof-muhit (suv, havo, tuproq)ning


ifloslanishi biosferaning normal hayot faoliyatining buzilishiga, iqlim
o‘zgarishiga, o‘simlik va hayvonot turlarining yo‘q bo‘lib ketishiga,
aholi salomatligining yomonlashishiga olib kelmoqda.
Mamlakatimizda va chet davlatlarda atrof-muhit ifloslanishini
kamaytirish va oldini olish maqsadida tegishli qonunlar ishlab
chiqilmoqda, turli tcxnologik, sanitar-texnik, texnik, tashkiliy va
boshqa chorn-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Sanoatning rivoj-
lanishi, qishloq xo'jaligining sanoat asosiga o ‘tkazilishi, shahar-
larning o‘sishi, odamlarning ko‘payishi suv iste’molining ortishiga
olib kelmoqda. Bugungi kunda sanoat korxonalarida tarkibi turlicha
bo'lgan oqova suvlar hosil bo‘lmoqda. Tabiiyki ularai tozalash
uchun zamonaviy tozalash inshootlari va texnologiyalarini yaratish
hamda joriy etish hozirgi kunning muhim masalalaridan biri
hisoblanadi. Shu bilan birga, sanoat korxonalarida suvning yopiq
zaniirli tizim ini hosil qilish hisobiga toza suv iste’m olini
kamaytirish ham asosiy muammolardan biridir. Buning uchun
shu sohada ishlovchi mutaxassislarda yetarlicha bilim, ko‘nikma
va malakalar bo‘lishi talab etiladi.
Oqova suvlarning hosil bo‘lishi, sinflarga bo‘linishi, tozalash usullari:
mexanik usullar—suzish, tiniqlashtirish, tindirish, filtrlash,
sentrifugalash va fizik-kimyoviy usullar — flotatsiya, koagullash,
flokullash, adsorbsiya, ion almashinish, ekstraklash, teskari osmos va
ultrafiltrlash,desorblash, dezodoratsiya va degazatsiya; elektrkimyoviy
usullar — elektrokoagullash, anodli oksidlash va katodli qaytarish,
elektr-flotatsiya, elektrdializ; kimyoviy usullar — neytrallash,
oksidlanish va qaytarilish, biokimyoviy usullar — aerob va anaerob
sharoitlarda tozalash, shuningdek, termik usullar ushbu kurs ishida
atroflicha yoritilgan.
Quyosh radiatsiyasi va iflos suvga toza suv kelib quyilishi natijasida
suv qaytadan tozalanadi. Turli bakteriya, zamburug‘ va suv o'tlari
suvni qayta tozalashda faol agentlardan hisoblanadi. Suv turli iflos
moddalarga haddan tashqari to ‘yingan bo‘lsa, u holda uni tozalash
uchun turli mustaqil yoki kompleks usullardan foydalaniladi. Suv
ta’minotining yopiq tizimini hosil qilish uchun sanoat oqova suvlari
mexanik, kimyoviy, fizik-kimyoviy, biologik va termik tozalash
usullari orqali korxona turiga qarab suvning zarur sifatiga qadar
tozalanadi. Oqova suvlarni tozalash va uni qayta ishlash inson
hayotida judayam katta ahamiyatga ega.



Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling