Toshkent kimyo xalqaro universiteti muhandislik maktabi


O’zbekistonda “Muqobil energiya” ni rivojlantirish bo’yicha Prezident farmonlari va qonunlari


Download 143.02 Kb.
bet3/13
Sana18.06.2023
Hajmi143.02 Kb.
#1588444
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
SHOMIRZAYEV

O’zbekistonda “Muqobil energiya” ni rivojlantirish bo’yicha Prezident farmonlari va qonunlari.


Bugungi kunda O’zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan amaliy foydalanish bo‘yicha ishlar izchillik bilan olib borilayapti. Nega deganda, neft, gaz kabi an’anaviy energiya manbalarining zaxirasi cheklangan. Qolaversa, ularning tabiatga zarari ham ko‘p. Shu bois rivojlangan davlatlar “yashil” energetikaga o‘tmoqda. Bunday sa’y-harakatlar nafaqat bugun, balki kelajak uchun juda muhim.
Mamlakatimiz suv oqimlari, quyosh nuri, shamol, biomassa va geotermal resurslar kabi ne’matlardan foydalanish bo‘yicha qulay imkoniyatlarga ega. Ularni o‘zlashtirish respublikada tabiiy resurslarni kelgusi avlodlar uchun asrab qolgan holda, energetikani barqaror rivojlantirishni ta’minlashning zarur sharti hisoblanadi.
Prezidentimiz raisligida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ko‘paytirish va sohani rivojlantirish masalalari muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda bu borada qilinishi kerak bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Xususan, 2022-2024 yillarda 3 milliard dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobiga, jami quvvati qariyb 3 ming megavattli 10 ta quyosh va shamol elektr stansiyalarini barpo etish rejalashtirilgan.
Kelgusi yilda Xorazm, Buxoro, Qashqadaryo, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida jami 900 megavattli yana 5 ta quyosh elektr stansiyasini barpo etish bo‘yicha investorlar tanlovi yakunlanadi.
Davlatimiz rahbari, avvalo, shu loyihalarga e’tibor qaratib, ularni o‘z vaqtida ishga tushirish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Energetika vazirligiga xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikda yangi loyihalar ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.
Prezidentimiz yirik sanoat korxonalari ham o‘z ta’minoti uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalari tashkil etishi zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, aholi va tadbirkorlarning qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishini qo‘llab-quvvatlash kerakligi aytildi.
E’tibrorga molik jihati kelgusida quriladigan quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish uchun butlovchi qismlar va materiallarni yurtimizda ishlab chiqarish orqali loyihalarni arzonlashtirish maqsadida bunday mahsulotlarni mahalliylashtirish bo‘yicha dastur ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.
Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan “Muqobil energiya” manbalarini yaratish va sohani rivojlantirish bo’yicha quyidagi qonunlar va farmonlar kiritilgan.
Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risida”
Ushbu Qonunning maqsadi qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ushbu qonunning 17-modddasida quyidagicha yozilgan!!!

Download 143.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling