Toshkent Moliya Insituti i-90 guruhi talabasi Abdurahmonova Durdona
Download 0.63 Mb.
|
ulya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tashqi banklar yoki ingliz tilida offshoreʼ banklar past soliqli va kam cheklovli xorijiy davlarlarda joylashgan banklardir. Ularning aksariyati xususiy banklardan iborat.
- Oʻzbekistondagi bank tizimi
- Zamonaviy bank tizimining tuzilishi. Hozirda faoliyati davom etyotgan banklar
Islom banki
Tashqi banklar Mulk shakliga koʻra turlari Islom banklarining faoliyati Islomiy qoida va qonunlarga asoslanib olib boriladi. Bunday banklarning eng muhim jihati sarmoya yoki qarzlar uchun foiz hisobida xizmat haqi undirilmaydi, chunki bunday faoliyat Islom dinida taqiqlangan. Banklar mijozlarga moʻljallangan binolarni moliyalashtirishdan tushgan foydalar hisobiga yuritiladi. Tashqi banklar yoki ingliz tilida 'offshoreʼ banklar past soliqli va kam cheklovli xorijiy davlarlarda joylashgan banklardir. Ularning aksariyati xususiy banklardan iborat. Mulk shakliga koʻra banklarning quyidagi turlari bor: davlat banki, davlat ishtirokidagi aralash bank, davlatlararo bank, xalqaro bank, chet el sarmoyasi ishtirokidagi bank, aksiyadorlik bank, bankirlar uyi, kooperativ bank, mahalliy oʻz-oʻzini boshqarish banki, kommunal bank, xususiy bank va boshqalar. Oʻzbekistondagi bank tizimi
1995 — 96-yillarda bank qonunchiligi yanada takomillashdi. OʻzRning „Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida“gi (1995-yil 21-dekabr) Qonuni bank tizimining huquqiy asoslarini toʻldiribgina qolmasdan, Oʻzbekiston Respublikasi markaziy bankining alohida maqomi, maqsadlari, vazifalari hamda vakolatlarini ham aniq belgilab berdi. OʻzRning „Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida“ 1996-yil 25-apreldagi yangi Qonuni esa tijorat banki faoliyatining barcha huquqiy asoslarini xalqaro standartlar darajasida belgilab berdi. Tarkibida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, 12 viloyat va Toshkent shahar boshqarmalari boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki OʻzRning bosh banki hisoblanadi (1992-yil sentabrgacha sobiq SSSR Davlat bankining Oʻzbekiston boʻlimi). Respublikada bank tizimining quyi bosqichini paychilik, aksiyadorlik asosida, shuningdek chet el kapitali ishtirokida tashkil etilgan bank, ularning filial va vakolatxonalari, kooperativ va xususiy bank tashkil etadi. Mamlakatimiz bank tizimidagi bugungi holat, kreditlar ajratish shartlari, ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari, sohada zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish, moliya va boshqa resurslar bilan ta’minlanganlik darajasi, rivojlanish istiqbollari to‘g‘risida keng jamoatchilikni xabardor qilish maqsadida tashkil etilgan ko‘rgazmada O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlarning yetakchi banklari, moliya, investitsiya, sug‘urta institutlari, kredit uyushmalari ishtirok etmoqda. Hozir yurtimizda o‘ttizga yaqin bank faoliyat yuritmoqda. Tijorat banklarining to‘qqiz mingdan ziyod filial va mini-banklari mijozlar xizmatida. Banklarning aholiga xizmat ko‘rsatish darajasi oshib, aholining bank xizmatlari, xususan, omonatlarga bo‘lgan ishonchi, qiziqishi tobora mustahkamlanmoqda. Natijada to‘rt yuzdan ortiq jozibali depozit turlari tatbiq etilib, plastik kartochkalar asosida hisob-kitob qilish tizimi izchil rivojlanmoqda. Zamonaviy bank tizimining tuzilishi. Hozirda faoliyati davom etyotgan banklar E’tiboringiz uchun raxmat. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling