Toshkent Moliya institute Bank ishi fakulteti bi-71guruhi talabasi Davranova Gulhayo
Download 20 Kb.
|
Monetar siyosat javoblar. davranovadocx
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtisodchi olimlarning monetar siyosatning mazmuni xususidagi qanday nazariy qarashlarini bilasiz
- Restriktsion monetar siyosat deganda nimani tushunasiz
- Ekspansionistik monetar siyosat deganda nimani tushunasiz
- Monetrizm pul-kredit kontsetspyasining qanday qoidalari va xulosalari mavjud
- Monetar siyosat bilan pul-kredit siyosatining bir-biridan farqli jihatlarini asoslab bering.
Toshkent Moliya institute Bank ishi fakulteti BI-71guruhi talabasi Davranova Gulhayo NAZORAT SAVOLLARI 1-mavzu. Monetar siyosat faniga kirish. Fanning predmeti va usullari Iqtisodchi olimlarning monetar siyosatning mazmuni xususidagi qanday nazariy qarashlarini bilasiz? Iqtisodiy adabiyotda va xalqaro bank amaliyotida “pul-kredit siyosati” va “monetar siyosat” tushunchalarini sinonim tushunchalar sifatida talqin qilish keng tarqalgan. Masalan, rossiyalik taniqli iqtisodchi-olimlar – S.Moiseev, O.Lavrushin, I.Mamonova, M.Malkina, G.Fetisovlar “pul-kredit siyosati” tushunchasidan keng foydalanadilar. Ushbu holatni ular tomonidan chop etilgan “Markaziy bank faoliyatini tashkil qilish”, “Pul-kredit siyosati: nazariya va amaliyot”, “Rossiyada va xorijda inflyatsion jarayonlar va pul-kredit orqali tartibga solish” mavzusidagi darslik va o’quv qo’llanmalarda yaqqol ko’rish mumkin. AQShlik, yaponiyalik va evropalik iqtisodchi olimlar tomonidan nashr etilgan darsliklar, chop etilgan ilmiy maqolalarda “monetar siyosat” (monetary policy) tushunchasidan foydalaniladi. Masalan, taniqli iqtisodchi olim, AQSh FZT Prezidenti B.Bernanke o’zining ilmiy-tadqiqot ishlarida va ilmiy maqolalarida faqat “monetar siyosat” tushunchasidan foydalangan2 . Shuningdek, A. Bernsda ham shu holatni kuzatish mumkin3 . M.Malkina pul-kredit siyosatiga quyidagicha ta’rif beradi: “Pul-kredit siyosati – Markaziy bank tomonidan pul massasi va pullar qiymatini boshqarish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar bo’lib, mamlakatda baholar, milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash va iqtisodiy o’sishni rag’batlantirish maqsadida amalga oshiriladi” 4 . S.Moiseevning fikriga ko’ra, pul-kredit siyosati – bu davlatning iqtisodiyotni tartibga solish borasidagi siyosatining muhim yo’nalishlaridan biri bo’lib, pul bozoridagi talab va taklif uning ob’ekti hisoblanadi. R.Miller va D. Van-Xuz hammuallifligida yozilgan “Zamonaviy pullar va bank ishi” mavzusidagi darslikda monetar siyosat pul emissiyasi va pul massasi ustidan nazorat qilishga qaratilgan tadbirlar majmui sifatida talqin qilingan7 . Taniqli iqtisodchi olim N. Menkyu AQSh FZTning monetar siyosatini iqtisodiyotda muomalada bo’lgan pullar ustidan nazorat qilishni amalga oshirish sifatida talqin qilgan. Restriktsion monetar siyosat deganda nimani tushunasiz? Restriktsion monetar siyosat deganda, odatda, muomaladagi pul massasining o’sish sur’atlarini jilovlashga qaratilgan monetar siyosat tushuniladi. Restriktsion monetar siyosatni amalga oshirishda Markaziy bank quyidagi usullardan foydalanadi: – Markaziy bankning majburiy zaxira stavkalarining darajasi oshiriladi; – tijorat banklariga qimmatli qog’ozlar Markaziy bank tomonidan qayta sotib olish sharti bilan sotiladi; – Markaziy bank tomonidan hukumatga va tijorat banklariga tegishli bo’lgan vaqtinchalik bo’sh pul mablag’lari depozit hisobraqamlariga jalb etiladi; – Markaziy bank valyuta siyosati doirasida milliy valyutadagi pul mablag’lari hajmining o’sish sur’atlarini cheklashga qaratilgan operatsiyalarni amalga oshiradi.
Ekspansionistik monetar siyosat deganda nimani tushunasiz? Ekspansionistik monetar siyosat deganda muomaladagi pul massasining multiplikativ kengayishini ta’minlash asosida to’lovga qobil talabni rag’batlantirishga qaratilgan monetar siyosat tushuniladi. Ekspansionistik monetar siyosatni amalga oshirishda Markaziy bank quyidagi usullardan foydalanadi: – Markaziy bank qayta moliyalash stavkalarini pasaytiradi va tijorat banklariga beriladigan markazlashgan kreditlarning hajmini oshiradi; – tijorat banklarining kreditlash hajmiga nisbatan Markaziy bank tomonidan belgilangan limitlar hajmi oshiriladi, ya’ni banklarga kreditlar miqdorini oshirishga imkoniyat yaratiladi. – Markaziy bankning majburiy zaxira stavkalari pasaytiriladi; – tijorat banklariga qimmatli qog’ozlar Markaziy bank tomonidan qayta sotish sharti bilan sotib olinadi; – Markaziy bank valyuta siyosati doirasida milliy valyutadagi pul mablag’lari hajmining o’sish sur’atlarini oshirishga qaratilgan operatsiyalarni amalga oshiradi. Ekspansionistik monetar siyosat mamlakat bank tizimining likvidliligini oshirish, ichki to’lovga qobil talabni rag’batlantirish va shuning asosida iqtisodiyotni turg’unlik holatidan chiqarish imkonini beradi. Ekspansionistik pul-kredit siyosatining qo’llanilishi milliy iqtisodiyotning pul mablag’lari bilan ta’minlanganlik darajasini oshishiga olib keladi. Monetrizm pul-kredit kontsetspyasining qanday qoidalari va xulosalari mavjud? XIX asr oxiri va XX asr boshlarida klassik maktab iqtisodchilari tomonidan ishlab chiqilgan hozirgi zamon miqdoriylik nazariyasi, eng avvalo, yalpi daromadning nominal qiymatini aniqlashga bag’ishlangan. Lekin shu bilan birga, ushbu miqdoriy nazariya doirasida yalpi ishlab chiqarishning har bir darajasida aholining qo’lida qancha miqdorda pul bo’lishi to’g’risidagi masalalar ham o’rganiladi. Biroq aholining qo’lida qancha miqdorda pul bo’lishi kerakligini pulga bo’lgan talab to’g’risidagi nazariya orqali ham hisoblash mumkin. Ushbu nazariyaning eng muhim xususiyati shundan iboratki, bunda pulga bo’lga talab foiz siyosatiga bog’liq emas. I. Fisher tomonidan ishlab chiqilgan va iqtisodchi olimlar o’rtasida munozarali bahslarga sabab bo’lgan almashuv tenglamasidan ko’rinadiki, yil davomida pul aylanish tezligining pul miqdoridagi ko’paytmasi nominal daromadga (ya’ni yil davomida sotib olingan tovar va xizmatlarning nominal qiymatiga) teng bo’lishi kerak. I. Fisher xulosasiga ko’ra, agar odamlar qilayotgan xaridlari uchun hisob cheklari va kredit kartochkalari orqali to’lovlarni amalga oshirsalar, demak, nominal YaIM bilan aniqlanuvchi pullar to’lovlarni amalga oshirish jarayonida kamroq foydalaniladi, bunda pulning aylanish tezligi (R x Y)/M ko’payadi. Aksincha, agar, qilinayotgan xaridlar uchun to’lash naqd pulda yoki cheklarda (u ham, boshqasi ham pul shakllarini tashkil etadi) qulayroq bo’lsa, o’sha miqdordagi nominal YaIMning katta qismiga naqd pullardan foydalaniladi va pulning aylanish tezligi kamayadi. I.Fisherning fikriga ko’ra, institutsional va texnologik omillar pulning aylanish tezligiga juda sekin ta’sir qiladi. Shuning uchun qisqa muddatli davriy oraliqlarda pulning aylanish tezligini doimiy deb hisoblash mumkin. Monetaristlarning fikriga ko’ra, “yuksak quvvat”ga ega bo’lgan pullarning o’zgarishi Markaziy bank siyosatining natijasidir, qolgan ikkala omilning o’zgarishi esa, tijorat banklari va bank mijozlarining hatti-harakatlaridagi o’zgarishini anglatadi26 . Aynan Markaziy bankning siyosati muomaladagi pullarning miqdoriga hal qiluvchi ta’sir ko’rsatadi va binobarin, birinchi omil asosiydir, deb hisoblaydilar. Bunda banklarning va ular mijozlarining hattiharakatini aks ettiruvchi munosabatlar nisbatan barqarordir. Pul massasi esa “yuksak quvvat”li pullarga munosib ravishda o’zgarib turadi, degan fikrga asoslanadi. ”Yuksak quvvat”li pullarning o’zgarishi esa, Markaziy bank tomonidan ochiq bozor siyosati orqali tartibga solib turiladi. Monetaristlar pullarga talab va taklif funktsiyalarining nazariy va empirik tahlili asosida kon’yunkturaviy pul-kredit siyosatining imkoniyatlari va chegaralarini aniqladilar. Xususan, K. Brunner pul-kredit siyosatining ta’sir etish imkoniyatlarini quyidagi uch omil bilan izohladi: 1. Markaziy bankning interventsiyalari pul bazasining tebranishini yuzaga keltiradi. 2. Pul bazasining tebranishi pul massasining o’zgarishini belgilaydi. 3. Pul massasining o’zgarishi nominal daromadlarning tebranishini belgilaydi
Pul-kredit kontseptsiyasining muhim qoidalaridan yana biri foiz stavkalarini o’zgarishi qoidasidir Monetarizm maktabi vakillari Markaziy bank pullar taklifini tartibga solish uchun real imkoniyatlarga ega, degan xulosani himoya qiladilar. Monetarizm maktabi vakillari Markaziy bank tomonidan emissiya qilinadigan banknotalarni muomaladagi pul massasini tartibga solishning muhim vositasi, deb hisoblaydilar. Ularning fikricha, tijorat banklari va ular mijozlarining pul munosabatlari nisbatan barqarordir, pul massasi esa Markaziy bank pullariga mutanosib ravishda o’zgarib turadi. Markaziy bank pullarining o’zgarishi esa, Markaziy bankning ochiq bozor siyosati orqali tartibga solinadi.
Monetar siyosat bilan pul-kredit siyosatining bir-biridan farqli jihatlarini asoslab bering. Iqtisodiy adabiyotlardagi ta’riflar monetar siyosatning mohiyatini ochishga qaratilgan bo’lsa-da, lekin ular orasida mazmun jihatidan bir-biriga o’xshash va farq qiladigan ko’plab ta’riflarni uchratish mumkin. Jumladan, E.Dolan, K.Kempbell va R.Kempbellar monetar siyosatga shunday ta’rif berganlar: “Monetar siyosat – muomaladagi pul miqdoriga ta’sir qiluvchi hukumat siyosatidir” 21 . Ulardan farqli o’laroq K.Makkonnell, S.Bryular quyidagicha ta’rif berishgan: “Kredit-pul siyosati yalpi ishlab chiqarish hajmini, bandlilik va narxlar darajasini barqarorlashtirish maqsadida pul taklifini o’zgartirishdir” 22 . Bizning nazarimizda, ushbu ta’riflarning umumiy o’xshashlik tomoni shundaki, bunda olimlar monetar siyosatni pirovard natijada muomaladagi pul massasi, umuman pul taklifini o’zgartirishga qaratilgan chora-tadbir yoki siyosat sifatida ko’rsatishadi Monetar siyosat nazariyasida markaziy o’rinni foiz stavkasi pulga bo’lgan talabga ta’sir etadimi, agar ta’sir etsa, qay darajada, degan masala egallaydi. Pul-kredit siyosatning asosida pul nazariyasi yotadi. Pul-kredit siyosatni tartibga solishning asosi sifatida foiz stavkasi hisoblanadi. Pul-kredit ta’limotlarining asosiy masalalaridan biri monetar siyosatning maqsadli ko’rsatkichlarini to’g’ri tanlash masalasi hisoblanadi. Download 20 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling