Toshkent Moliya institute mmt 81-k guruh Talabasi Jo’rayev Jo’raxojaning Iqtisodiy tahlil fanidan tayyorlagan


Download 22.45 Kb.
Sana20.12.2022
Hajmi22.45 Kb.
#1036274
Bog'liq
Jo\'raxo\'ja


Toshkent Moliya institute MMT 81-k guruh Talabasi Jo’rayev Jo’raxojaning Iqtisodiy tahlil fanidan tayyorlagan

Mustaqil ish


27-savol:Iqtisodiy tahlilning vazifalari:Tayanch iboralar:biznes-rejaning realligi;joriy va istiqbol rejalar;ob’ektiv baxo,bog’liq va bog’liq bo’lmagan omillar;ichki xo’jalik rezervlari;tadbirlar
Har bir fan bajaradigan vazifalar mavjud va yuzaga kelayotgan 
ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarga qarab belgilanib boriladi.
Iqtisodiy tahlil fanining asosiy vazifalari bo‘lib, quyidagilar 
hisoblanadi: 
• O‘rganilayotgan predmetga to‘g‘ri va xolisona baho berish. 

• Biznes-rejalar va me’yorlarni ilmiy-iqtisodiy asoslash va ularni 


uzluksiz takomillashtira borish. 
• Biznes-rejalarning bajarilishini hamda me’yorlarga amal qi-
linishiga rioya etilganligini har tomonlama obyektiv o‘rganish. 
• Moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan samarali foydalan-
ganlikka (ham alohida, ham birgalikda) baho berish. 
• Korxonaning xo‘jalik va boshqa faoliyatlarini uzluksiz kuzatib 
borish va ular ustidan nazorat ishlarini (ham faoliyat davomida, ham 
faoliyat yakunlangandan so‘ng) amalga oshirish. 
• Xo‘jalik faoliyatidagi foydalanilmagan tashqi va ichki omillarni 
aniqlash va ularni miqdor jihatdan hisoblash. 
• Korxonalarni rivojlantirishga asos bo‘ladigan innovatsion 
g‘oyalarni iqtisodiy jihatdan asoslash. 
• Korxonaning istiqbolli rejalarini tuzish uchun iqtisodiy ko‘rsat-
kichlar asosini aniqlash. 
• Qabul qilingan boshqaruv qarorlarining maqbulligini o‘rganish 
(Boshqaruvning ierarxik tuzilishidagi barcha bosqichlar bo‘yicha). 
Ushbu vazifalarning muvaffaqiyatli bajarilishi samarali ijtimoiy-
iqtisodiy natijalarga olib boradi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalami boshqarishda iqtisodiy tahlilning roli keskin oshmoqda, chunki, boshqaruv tizimida oldingi ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan voz kechilib, yangi, erkin iqtisodiy mexanizmlar orqali boshqarish tizimi shakllanmoqda. Rejali iqtisodiyotda tahlil asosan reja ko‘rsatkichlarini asoslashga, uning bajarilishini ta’minlashga qaratilgan bo‘lsa, bozor iqtisodiyotida esa har bir xo‘jalik subyekti, mulk shaklidan qat’iy nazar o‘z faoliyatini yuqoridan berilgan buyruqni bajarishga qaratmasdan, balki, mustaqil ravishda o‘zining iqtisodiy qudratini takomillashtirish maqsadida erkin boshqarishga qaratadi. Bu esa o‘z navbatida iqtisodiy tahlilning rolini yanada oshiradi. Iqtisodiy tahlil orqali har bir subyektda mavjud bo‘lgan ichki va tashqi imkoniyatlar aniqlanadi, ulami amaliyotga safarbar qilish chora-tadbirlari ishlab chiqiladi. Har bir fanning vazifasi iqtisodiy shart sharoitga qarab belgilanib boriladi, lekin u oldiga qo‘yilgan vazifalarni to‘liq va keng hal etish uchun qator uslublami qo'llaydi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar faoliyatini tahlil etishda iqtisodiy tahlilning asosiy vazifalari boHib quyidagilar hisoblanadi: • 0 ‘rganilayotgan obyektga (hodisaga) to'g'ri va xolisona baho berish; • Korxonaning biznes rejasini tuzish Uchun tegishli axborotlar bilan ta ’minlash; • Tuzilgan biznes rejalaming to ‘g ‘ri va ilmiy asoslanganligiga baho berish; 62 • Har bir yo ‘nalishga ta ’sir etuvchi omillami aniqlash, ulaming ta ’sirini hisoblash va shu omillami ishning samaradorligini oshirishga safarbar qilish; • Biznes rejaning bajarilishi natijasida korxonaning moliyaviy barqarorligini ta ’minlanishi, uning iqtisodiy qudratini yaxshilanishi, har bir x o ja lik subyektining raqobatbardoshliligini oshirilishi uchun mavjud ichki va tashqi imkoniyatlami о ‘rganish; • Moddiy, mehnat va moliyaviy boyliklardan samarali va oqilona foydalanganlikka baho berish; • Korxonaning iqtisodiy va moliyaviy potensialiga, uning to ‘lovga qobiliyatliligiga baho berish hamda bu natijaga tezkor chopa-tadbirlami qo ‘Hash yo ‘llarini ishlab chiqish; • X o ja lik hisobi tamoyillariga, tijorat hisob-kitoblariga amal qilishlikni muntazam tekshirib turish; • Korxonalarda mavjud bo'lgan samaradorlikni oshirish yo ‘lida ulaming imkoniyatlarini aniqlash; • Korxonaning tijorat sirini saqlagan holda uning moliyaviy ahvolini keng jamoatchilikka ко ‘rsata bilish va tashqi investorlarni korxona faoliyatini yaxshilashga jalb qilish; • Korxonani boshqarishning eng qulay va nafli usullarini ishlab chiqish, ilg'or g'oya va tajribalarni о ‘rganilayotgan hodisaga qo Hash yo ‘l-yo ‘riqlarini ко ‘rsatib berish, tegishli axborotlar manbaini yetkazib berish; • Eng to'g'ri va oqilona, kelgusida ish yuritish va korxonalami boshqarish bo ‘yicha xulosalar berish; • Korxonalami rivojlantirishning joriy va istiqbolli rejalarini tuzish uchun iqtisodiy ко ‘rsatkichlar asosini aniqlash; • Rejaning bajarilishiga obyektiv baho berish hamda uni bajarishda korxonalarga bog‘liq bo'lgan va bog'liq bo'lmagan omillar va sabablami bir-biridan ajratgan holda aniqlash; • Korxonalarning xo ja lik faoliyati jarayonida erishishi mumkin bo ‘Igan natijalami oldindan aniqlash; • Korxonalami rivojlantirishga asos bo ‘ladigan innavatsion g ‘oyalarni iqtisodiy jihatdan asoslash; • Korxonaning istiqbolli rejalarini tuzish uchun iqtisodiy ко ‘rsatkichlar asosini aniqlash; 63 • Qabul qilingan boshqaruv qarorlarini maqbulligini о ‘rganish (Boshqaruvning ierarxik tuzilishidagi barcha bosqichlar bo ‘yicha). Bozor iqtisodiyoti sharoitida «Iqtisodiy tahlibming vazifasi ushbu yuqorida ta’kidlangan vazifalar bilan cheklanmaydi. Bozor sharoitida korxonalar faoliyati shu darajada serqirraki, tahlil jarayonida uning hamma jihatlarini о‘rganish lozim bo‘ladi. Shu sababli ham, iqtisodiy tahlilning vazifasi ham ko‘p qirralidir. Biz esa shu kabi vazifalaming ayrimlarini sanab o‘tdik xolos. Endi esa, yuqoridagi tahlil vazifalarining ayrimlariga chuqurroq nazar tashlasak. Ya’ni iqtisodiy tahlilning eng asosiy vazifalari dan biri uning biznes-reja bilan bog‘liqligidan kelib chiqadi. Tahhl jarayonida birinchi tomondan biznes-rejani amalga oshganligini o‘rgansa, ikkinchidan, xo‘jalik faoliyatini batafsil o‘rganib, kelgusi davr uchun biznes-rejani tuzishda tegishli axborotlami to‘plab boradi. Rejali iqtisodiyot sharoitida xo‘jalik faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari davlat tomonidan belgilangan va shu sababli tahlil ishlarini ham yuqori davlat tashkil otlari amalga oshirgan. Bugungi bozor )iqtisodiyoti sharoitida esa har bir korxona o‘z faoliyatini o‘zi mustaqil belgilaydi, o‘zi biznes-reja tuzadi, uning natijalarini hisobotlarda aks ettiradi va nazorat qiladi. Shu tufayli ham tahlilning roli va vazifasi kundan-kunga oshib bormoqda. Chunki, biznes-rejaning har bir ko‘rsatkichi iqtisodiy jihatdan asoslangan bo‘lishi lozim. Bu esa tahlil orqali amalga oshiriladi. Hozirgi kunda biznes-rejani tuzish, unga kiritiladigan ko'rsatkichlar bo‘yicha qat’iy belgilangan andoza yo‘q. fiunga zaruriyat ham bo‘lmasa kerak. Chunki, bir qancha korxona bir soha bilan shug‘ullansa ham, ulaming ish uslubi har xil, o‘ziga xos bo‘lishi tabiiy. Ammo, umumiy yo‘nalish bo‘yicha ko‘rsatkichlar tizimi bir-biriga o‘xshash va bog‘liq bo‘lishi mumkin. Shu tufayli tahlil jarayonida biznes-rejaning bajarilishi darajasini chuqur o‘rganish, shu orqali uning faoliyatiga obyektiv baho berishdek muhim vazifa ham ushbu fan zimmasiga yuklatilgan. Biznes-rejani bajarish jarayonida ma’lum qonuniyatga ega omillar bilan birga ko‘zda tutilmagan tasodifiy omillar ta’sir qilishi ham mumkin. 64 Iqtisodiy tahlilning navbatdagi vazifalaridan biri shu omillami aniqlash va har birining ta’sirini hisoblashdan iboratdir. Bu esa bozor munosabatlarining shakllanishi jarayonida vujudga kelgan ko‘pgina yangi ko‘rsatkichlar va omillar ta’sirini aniqlaydigan tahlil usullarini ishlab chiqishni taqozo qiladi. Omilli tahlil natija ko‘rsatkichiga ta’sir etuvchi omillami hisoblash yo‘li bilan tahlil qilinayotgan ko‘rsatkichni yaxshilashning ichki va tashqi imkoniyatlarini aniqlash va uni kelgusi davr uchun safarbar qilish yo‘llarini ishlab chiqish imkonini beradi. Hozirgi turli mulk shaklidagi ishlab chiqarish korxonalarini davlat tomonidan moliyalashtirish butunlay barham topgan bir paytda, ichki imkoniyatlami axtarib topish va uni xo‘jalik faoliyatiga safarbar qilish muhim omillami aniqlash va ular ta’sirini aniqlash orqali amalga oshiriladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, bozor iqtisodiyoti sharoitida tahlilning asosiy vazifalaridan biri natijaga ta’sir etuvchi omillami chuqur o‘rganish, ichki imkoniyatlami axtarib topish va ulami xo‘jalik faoliyati samaradorligini oshirishga safarbar qilishdan iboratdir. Tahlilning navbatdagi muhim vazifalaridan biri iqtisodiy jarayonlaming dialektik bog‘liqligidan kelib chiqadi. Qaysi soha bo'lmasin, iqtisodiy jarayon sodir bo‘lishi uchun mehnat vositasi, mehnat predmeti va jonli mehnatning mujassamligi lozim boMadi. Iqtisodiyotning bu elementlari samaradorligini oshirmay turib boshqa ко‘rsatkichlar miqdorining yuqori bo‘lishiga erishib bo‘lmaydi. Shu tufayli tahlil jarayonida moddiy, moliyaviy va mehnat resurslari samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega. Bunda moddiy-texnika bazasining boshqa elementlarga to‘g‘ri kelishini ta’minlashga katta e’tibor bermoq lozim. Masalan, yuqori mehnat unumdorligiga ega bo‘lgan, ilg‘or texnologiyaga asoslangan uskuna mavjud. Lekin shu uskunani ishlata oladigan, shunga malakasi yetarli bo'lgan mutaxassis kerak bo‘ladi. Agar korxonaga reja bo‘yicha 100 nafar xodim kerak bo‘Isa, uning shtatida shuncha xodim band bo‘lsa, ammo, tegishli mutaxassis bo‘lmasa bunday holatda korxonaning moddiy-texnika bazasi ham, mehnat resurslari ham samarasiz bo‘ladi. 65 Texnika va texnologiya takomillashdimi, demak xodimlaming malakasi ham shunga mos ravishda oshib borishi lozim. Shundagina tegishli, ko‘zda tutilgan natijaga erishish mumkin. Aks holda, qilingan tadbirlar, sarflangan xarajatlar tegishli samara bermasligi tabiiy. Bu holatlaming hammasi tahlil orqali aniqlanadi va aniqlangan vaziyatdan tegishli xulosa qilinadi. Tahlil jarayonida barcha kamchiliklar aniqlanadi. Boshqaruv qarorlarini qabul qilishda esa aniqlangan kamchiliklarga kelgusida yo‘l qo‘ymaslik chora-tadbirlari ishlab chiqiladi. Shu tariqa kamchiliklar brtraf qilinib, xo‘jalik faoliyatining uzluksiz ravishda takomillashuvi va samaradorligi oshib borishi ta’minlanadi. Ko‘rinib turibdiki, iqtisodiy tahlilning vazifasi bozor munosabatlari shakllanayotgan bugungi sharoitda ham, kelajakda ham korxonalar xo‘jalik faoliyatini uzluksiz yaxshilab borishi uchun iqtisodiy dastak sifatida muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.

Download 22.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling