Toshkent moliya instituti 18-variant Jismoniy shaxslar daromadlarini soliqqa tortish bo’yicha imtiyozlar qanday amalga oshiriladi?
Mehnatga xaq to‘lashning analitik va sintetik hisobi
Download 43.64 Kb.
|
maruza
3. Mehnatga xaq to‘lashning analitik va sintetik hisobi.
Korxonalarda mehnat va unga haq to'lashni tashkil etishda sarflangan mehnatni, hisoblangan mehnat haqini o'zida aks ettirishni ta'minlaydigan dastlabki hujjatlarni ahamiyati katta va qishloq xo'jalik korxonalarida ularni asosiylari bo'lib quyidagilar hisoblanadi: Ish vaqtini hisobga olish tabeli (64 shakl) - vaqtbay haq to'lashda - bajarilgan kun va soatlarni hisobi bilan. Mehnat va bajarilgan ishlarni hisobga olish varaqasi (66 shakl) - unda hodimlar bajargan ish hajmi, ishlagan soati, kuni, razryadi, ish normasi va boshqalar ko'rsatiladi. Traktorchi - mashinistning hisob varaqasi (67 shakl) yoki traktorning yo'l varaqasi (68 shakl) - qishloq xo'jalik ishlarini mexanizmlarda, transport ishlarini traktorlar yordamida bajarilganda foydalaniladi va ularda ish turi, hajmi, razryad, hisoblangan mehnat haqi summasi, sarflangan yoqilg'i va boshqalar ko'rsatiladi. Chorvachilik tarmog'ida band bo'lgan xodimlarga mehnat haqi hisoblash hisob-kitobi (69 shakl). Bu hujjat chorvachilik mahsulotlarini qabul qilish va mollarga qarash bo'yicha to'ldiriladigan hujjatlar (81, 115, 95, 97, 98, 112 va boshqa shakllar) asosida mahsulotni miqdori belgilangan ta'riflar asosida kishi kunlari va tarif asosida hisoblangan mehnat haqi summasi ko'rsatilgan holda to'ldiriladi. Ishbay ish naryadi (70 shakl) - xo'jalikni qurilish, ta'mirlash va boshqalarga tuzilib xodimlar tomonidan bajariladigan ish (soat) kunlari, ish hajmi, ish haqi va boshqalar ko'rsatiladi. Ushbu va boshqa hujjatlar belgilangan muddatlarda xo'jalik buxgalteriyasiga topshiriladi. Buxgalteriyada ushbu hujjatlar tekshiriladi, qayta ishlanadi va ular asosida xodimlarga mehnat haqi hisoblanadi. Xo'jaliklarda yuqoridagi hujjatlarni na'munaviy shakllari o'rniga mehnatga haq hisoblash bo'yicha ixtiyoriy holda tuzilgan shakllar ham uchraydi. Xo'jaliklarda har bir xodim bo'yicha mehnat haqining hisobi “Mehnat haqi bo'yicha hisob-kitoblar daftari (44 shakl)” yoki “Hisoblashuv-to'lov qaydnoma(73 shakl)”da olib boriladi. Hisoblangan mehnat haqi tegishli ushlovlarni amalga oshirilgach “To'lov qaydnomasi (74 shakl)” yoki “Hisoblashuv-to'lov qaydnoma (73 shakl)” orqali to'lanadi. Xo'jaliklarda xodimlar bilan mehnat haqi bo'yicha hisoblashuvlarga quyidagi sintetik hisobvaraqlar mo'ljallangan: 4210 - Mehnat haqi bo'yicha berilgan bo'naklar 6710 - Mehnat haqi bo'yicha hodimlar bilan hisoblashishlar 6720 - Deponentlangan ish haqi Ushbu hisobvaraqlar bo'yicha analitik hisob 44 va 73 shakllarda har bir xodim bo'yicha olib boriladi. 6710, 6720 hisobvaraqlar balansga nisbatan passiv, 4210 hisobvaraq aktiv hisoblanadi. 6710 hisobvaraqning kredit tomonida xodimlarga hisoblangan asosiy va qo'shimcha haq, nafaqa va boshqalar hisobga olinadi, debet tomonida hisoblangan mehnat haqi va boshqalardan ushlovlar va ularni to'lanishi hisobga olinadi. 6720 hisobvaraqda o'z vaqtida olinmagan ish haqini deponentga o'tkazilishi (DT 6710 KT 6720) va uni to'lanishi (DT 6720 KT 5010) hisobga olinadi. 4210 hisobvaraqda mehnat haqi hisobiga bo'nakni berilishi (DT 4210 KT 5010) va berilgan bo'nakni mehnat haqidan ushlab qolinishi (DT 6710 KT 4210) hisobga olinadi. Umuman, 6710 hisobvaraqni debeti bilan krediti bo'yicha yuqorida keltirilgan muomilalardan tashqari quyidagilar ham uchraydi: DT 0810-0890 KT 6710 - kapital qo'yilma sohasida band bo'lganlarga mehnat haqi hisoblanganda. DT 2010, 2310, 2510 KT 6710 - asosiy, yordamchi ishlab chiqarish va umumiy ishlab chiqarish sohalarida band bo'lganlarga ish haqi hisoblanganda. DT 9410-9430 KT 6710 - mahsulot sotishda, boshqaruv va boshqa umumxo'jalik ahamiyatiga ega bo'lgasn ishlarda band bo'lganlarga ish haqi hisoblanganda. DT 9210 KT 6710 - asosiy vositalarni hisobdan chiqarish bilan band bo'lganlarga ish haqi hisoblanganda. DT 5010 KT 6710 - ortiqcha to'langan summa kassaga qaytarilganda. DT 9430 KT 6710 - xodimlarga bir martalik mukofot hisoblanganda. DT 9720 KT 6710 - tabiiy ofatlarni (yong'in, suv toshqini va boshqalar) bartaraf etishda ishlaganlarga ish haqi hisoblanganda. DT 6710 KT 4790 - mehnat haqidan mahsulot, ish va xizmatlar uchun ushlab qolinganda. DT 6710 KT 5010 - kassadan ish haqi va boshqalar to'langanda. DT 6710 KT 4220 - ish haqidan hisobdor shaxslar tomonidan qaytarilmagan bo'naklar ushlanganda. DT 6710 KT 4710 - ish haqidan kreditga olingan tovarlar uchun ushlanganda. DT 6710 KT 4730 - ish haqidan yetkazilgan moddiy zararlar summasi ushlanganda. DT 6710 KT 6410 - ish haqidan daromad solig'i ushlanganda. DT 6710 KT 6520 - ish haqidan pensiya jamg'armasiga ushlanganda. DT 6710 KT 6990 - ish haqidan ijro varaqalari bo'yicha (aliment va boshqa) ushlanganda. Download 43.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling