Toshkent moliya instituti 91-2 guruh talabasi tojaliyeva muhlisaning ‘’pul va banklar” fanidan
Download 213.5 Kb.
|
MUHLISA PUL VA BANKLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtisodiyotni rivojlantirishda pul barqarorligini ta`minlashni o`rni va omillari
Pulning funksiyalari.
Pul iqtisodiy munosabatlarni o`zida aks ettirib quyidagi funksiyalarni bajaradi: Qiymat o`lchovi – pul umumiy ekvivalent sifatida o`zida ijtimoiy mehnatni mujassamlashtiradi va shu sababli tovarlar qiymatini o`lchay oladi. Tovarni qancha turishi pulda belgilanadi. Buyumlarni og`irligi, eni va bo`yiga qarab, kilogramm yoki metr bilan o`lchaganday tovarlarning narxi pul bilan o`lchanadi. Har bir mamlakatning o`z pul birligi mavjud bo`lib, bu O`zbekistonda so`m, AQShda dollar, Angliyada funt sterling, Turkiyada lira, Germaniyada marka va boshqalar. Bu vazifani uzoq yillar o`z qiymatiga ega bo`lgan tovar – oltin yoki oltinni o`zida ifodalaydigan pul birliklari bajarib kelgan. Ayrim adabiyotlarda (72) ushbu funksiyani xisob-kitob va iktisodiy ulchov funksiyasi xam deb aytilgan. Bunda iktisodiy faoliyatning moddiy va pul-kiymat ulchamida umumlashtirilishi ta`kidlangan. 2. Muomila vositasi. Bu funksiya yordamida tovar o`zining pul qiymatiga ayirbosh qilinadi. Pul yordamida tovarni xarid etish, pulga tovar ayirboshlash (P-T) yoki tovarni sotish, ya`ni tovarni pulga ayirboshlash (T-P) yuz beradi. Bu jarayonda pul vositachilik qiladi, pul muomila vositasi funksiyasini bajaradi. Pul ishtirokida tovar ayriboshlash tovar muomilasi shaklini oladi. Bundan farqliroq barter – tovarni tovarga bevosita almashtirish bo`lib ma`lum kelishilgan narxni taqozo etsada pul ishtirokisiz yuz beradi. Barter pulsiz ayriboshlash bo`lganidan bozor iqtisodiyotiga to`g`ri kelmaydi, shu sababli u pul qadrsizlangan, tovar topish mushkul bo`lgan paytlarda qo`llaniladi. O`ta taqchillik yuz berib, bozor aloqalari buzilgan sharoitda talon va kuponlar tovar ayriboshlashda qo`llanilgan hollari ham mavjud. Barter taraqqiy etgan mamlakatlar uchun xos emas. Bu shuning uchunki aynan ayriboshlash uchun ming yillar oldin pul uylab topilgan. Shuning bilan birga yosh mamlakatlar o`zini tutib olguncha, ular bozorlarini xom-ashyo va uskunalar bilan to`ldirishda barterni ma`lum ahamiyati bor. O`zbekistonda 1994 yilda umumiy eksportni 17 foizini barter tashkil etgan. 1995 yilda u ikki barobardan ko`proqga kamaydi. 3. To`lov vositasi. Ayrim adabiyotlarda pulning to`lov vositasi uning muomila vositasi bilan qo`shib yuboriladi. Aslida ular o`rtasida tub farqlar mavjud va ularni asosiylari quyidagilar: a) muomila funksiyasi tovarni faqat naqd pulda sotilishini bildirsa, to`lov funksiyasida tovar ham naqd pulda ham naqd pulsiz holda sotiladi. b) muomila vositasida tovar va pul harakati bir vaqtda amalga oshiriladi deb tushiniladi, to`lovda esa u kechiktirilishi ham mumkin, kreditga amalga oshirilishi va to`lov muddatini kutilishi mumkin. c) muomila vositasida tovarni sotuvchi va oluvchi o`rtasidagi munosabat bir yo`la tugaydi, to`lovda esa uzoq davom etadi va u debetorlik va kreditorlik qarzlariga sabab bo`ladi. Pulni to`lov vositasi orqali davlat budjetiga va kredit tizimiga to`lovlar amalga oshiriladi, aholiga ish haqi, nafaqa, kommunal va boshqa xizmatlarga to`lovlar amalga oshiriladi. Pulni to`lov funksiyasini tan olmaslik debitor va kreditor qarzlarni oshishiga, kredit bo`yicha va boshqa moliyaviy majburiyatlarni bajarilmasligiga, xo`jalik jarayonlarining me`yorida borishiga salbiy ta`sir ko`rsatishi mumkin. Jamg`arma vositasi. Bu pulning jamlangan boylik shakliga kirib o`z egasi uchun kerak bo`lganda xarid etish vositasi bo`lib xizmat qila olishidir. Pul qog`oz yoki tanga bo`lgani uchun boylik emas, balki o`zida mehnatni mujassamlashtirgani, unga hamma narsani xarid etish yoki uni jamlab saqlash mumkin bo`lgani uchun boylik hisoblanadi. Pul boylik jamgarishning eng qulay usulidir, chunki pulda likvidlik bor, ya`ni pul hamma yerda unga belgilangan nominalga (masalan 500 so`m) qarab to`lov uchun qabul qilinadi. Pul boshqa likvidlik vositalariga nisbatan (yer, bino, aksiya, obligatsiya, sertifikat) barqaror vosita hisoblanadi, uning qadri inflyatsiya bo`lmasa barqaror saqlanadi, boshqa likvidlarni esa narxi-qadri o`zgarib turadi. Boshkacha aytganda pulning likvidligi uning muomila vositasi sifatida xamma narsaga tez va xech bir tusiksiz ayriboshlanishidir. Pulni sifati va soni mavjud. Pulni sifati cheksiz bo`lishi, ya`ni pulga zarur bo`lgan vaqtda xohlagan tovarga aylantirish imkoniyati mavjud, soni cheklangan bo`lishi mumkin, chunki unga cheklangan miqdorda tovar sotib olish mumkin. Pulni qimmatbaho, noyob buyumlarga, san`at asarlariga, uy-joy, yer, mashina, asbob-uskuna, aksiya, obligatsiya va boshqalar shaklida ham jamg`arish mumkin. Adabiyotlarda pul xazina to`plash vazifasini xam bajarishi mumkinligi qayd etiladi. Uni faqat o`zining real qiymatiga ega bo`lgan pullar (qimmatbaho metallar) bajara oladi. Qog`oz pullar asosan muomila va to`lov vazifasini bajaradi. O`tmishda pul jahon puli vazifasini xam bajargan. Bunda mamlakatlar o`rtasidagi hisob-kitoblar, tovar va xizmatlar uchun to`lovlardagi baho masshtabini har bir mamlakatning pul birligini ma`lum oltin tarkibi bo`lishligi bilan xarakterlanadi. Jumladan, 1961 yildagi pul reformasidan keyin SSSR rubli – 0.987412 grammga, 1 AQSH$ q 0,88 gramm oltinga tenglashtirilgan. Hozir bunday tartib yo`q, chunki XVJ ning 1976 yil maydagi Yamaykaning Kengston shahridagi yig`ilishida oltin bundan buyon jahon puli vazifasini bajarmasligi e`tirof etilgan. Shu sabab hozir o`zaro hisob-kitoblarda jahon puli emas, jahon pullaridan foydalaniladi va bu vazifani obro`li pul birliklari bajaradi. Pulning funksiyalari o`zaro uzviy bog`liq va ular bir-birini to`ldirgan holda pulning mohiyatini to`liq ifoda qiladi. Pulning funksiyalari ketma-ketligiga e`tibor berish zarur. Pul qiymat o`lchovi vazifalarini bajarmasdan turib muomila, jamg`arma va to`lov vositasi bo`laolmaydi. Pulning qiymat o`lchovi sifatida mustahkamligi uning muomila, to`lov, jamg`arma funksiyalaridagi o`rni va ahamiyatini oshiradi, xalqaro miqyosda ham yuqori obro`ga ega bo`ladi. Iqtisodiyotni rivojlantirishda pul barqarorligini ta`minlashni o`rni va omillari Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul unga yuklatilgan vazifalarni bajargandagina u iqtisodiyotni barqaror ushlab turishga va taraqqiy ettirishga xizmat qiladi. Respublikamiz Prezidenti I.A. Karimov 1995 yil 21-dekabrda Oliy Majlisning IV – sessiyasida ta`kidlaganidek – “Bugungi eng muhim vazifa valyutamiz baquvvat, dunyoda obro`li valyutaga aylantirishdir, u yuksak qiymatga va katta kuchga ega bo`lishi lozim. So`mni barqarorligini ta`minlash va qadrini oshirish umummilliy vazifa. Respublikamizdagi barcha fuqarolarning farovonligi ana shu vazifani hal etilishiga bog`liq. Aslini olganda bu iqtisodiy vazifagina emas, hozirgi paytda ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga molik vazifaga aylanmoqda, chunki iqtisodiyotning yuksalishi ham, aholi turmush darajasi ham, davlatning obro`-e`tibori ham shu vazifaning bajarilishiga bog`liq. Hisob-kitoblarimiz hamda bu vazifani hal etish uchun barpo qilingan va to`plagan salohiyatimiz hozir o`z oldimizga ana shunday vazifani qo`yishimiz va uni bajarishimiz mumkinligini ko`rsatmoqda. Buni uchun nima qilmoq kerak?: Birinchi navbatda so`mning xarid quvvatini oshirish uchun iste`mol bozorini kerakli mollar bilan to`ldirish, axolini ehtiyojlarini qondiradigan va xorijdan keltiriladigan mollar bilan raqobat qila oladigan o`z mahsulotimizni ishlab chiqarishga zo`r berish zarur bo`ladi. Ikkinchidan, yangi yilda valyuta zaxiralarini ko`paytirish choralarini ko`rishimiz lozim. Buning uchun respublikamizning eksport imkoniyatlarini kengaytirish, korxonalarning eksport qilinadigan mahsulot ishlab chiqarish, jahon bozoridan mustahkam joy olish jarayonlarini chuqurlashtirish lozim. Eksport qilinadigan mollarni butun choralar bilan ko`paytirish va shu hisobdan valyuta tushumini oshirish uchun o`zimizga bog`liq bo`lgan hamma ishimizni qilishimiz kerak. Uchinchidan, yoqilg`i-energiya manbalarini, ko`pgina uskuna va oziq-ovqat mahsulotlarini chetdan sotib olishni kamaytirish, ularni o`zimizda ishlab chiqarilgan mahsulot bilan almashtirish, tashqi savdo balansini mustahkamlashning muhim jihatidir. Bu jarayon energiya manbalari va asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini chetdan sotib olishni eng kam zarur miqdorga qadar kamaytirishga olib borishi lozim. To`rtinchidan, kapital bozorining barcha vositalaridan foydalangan holda O`zbekistonning qimmatli qog`ozlar bozorini rivojlantirgan holda, aholi mablag`larining, shuningdek korxonalarning vaqtincha erkin mablag`larini jalb etish bo`yicha amalga oshirayotgan ishlarimizni tubdan qayta ko`rib chiqishimiz zarur... Belgilangan tadbirlarni amalga oshirish, almashuv kursini barqarorlashtirish, milliy valyutani mustahkamlashda o`z samarasini ko`rsatishi lozim. Milliy valyutamizni mustahkamlash va uning erkin muomiladagi quvvatini oshirish ikkinchi ustivor vazifa – pul qadrsizlanishining keskin ravishda kamaytirish bilan bevosita bog`liqdir”. Pulning barqarorligi deganda pulning sotib olish qiymatining o`zgarmasligi va valyuta doimiyligi tushuniladi. Foydalanilgan adabiyotlar: Download 213.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling