Toshkent moliya instituti a. A. Karimov, J. E. Kurbanbayev


Ustav kapitalini tovar-moddiy boyliklar bilan shakllantirish buxgalteriya yozuvlari


Download 0.85 Mb.
bet112/150
Sana21.10.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1714849
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   150
Bog'liq
Toshkent moliya instituti a. A. Karimov, J. E. Kurbanbayev-www.hozir.org

Ustav kapitalini tovar-moddiy boyliklar bilan shakllantirish buxgalteriya yozuvlari




Xo‘jalik operatsiyalarining mazmuni


Summa, ming so‘m


Debet


Kredit

1

Ta’sis shartnomasiga muvofiq ustav kapitalining miqdori aks ettirildi

48000

4610

8330

2

A ta’sischi ulushining kelib tushishi


30000
6000


1050 4410


4610 4610


3

B ta’sischi ulushining kelib tushishi

12 000

2910

4610

Misol. Korxona qarz shartnomasi bo‘yicha (foiz to‘lovlarisiz) 12000ming so‘m qiymatidagi (shu jumladan QQS 2000 ming so‘m) materiallarni oldi. Qarz muddati tugagach (olti oydan so‘ng) 12000 ming so‘m qiymatidagi (QQS hisobga olingan holda) xuddi shunday materiallar qarz beruvchiga qaytarildi.

38-jadval
Qarz shartnomasiga muvofiq materiallarning kirimi




Xo‘jalik operatsiyalarining mazmuni


Summa, so‘m


Debet


Kredit

1

Qarz shartnomasi bo‘yicha materiallar kelib tushdi va kirim qilindi

10000000


2000000

1000
4410


6820 6820


2

Qarz shartnomasi bo‘yicha qaytarilishi lozim bo‘lgan materiallarning qiymati hisobdan chiqarildi

10000000


9220

1000

3

QQS hisoblab yozildi

2000000

9220

6410

4

Qarz shartnomasi bo‘yicha materiallarning qaytarilishi aks ettirildi


1 200

6820

9220

Misol. Vakillik tadbirlarini o‘tkazish uchun korxona o‘z xodimiga hisobot berish sharti bilan 300 ming so‘m berdi. Ushbu pulga u bozordan qiymati 320000 so‘m bo‘lgan mevalarni sotib oldi. Korxona buxgalteriyasiga bo‘nak hisoboti taqdim etildi.

39-jadval
Hisobdor shaxslardan tovar-moddiy zaxiralarning kirim qilinishi




Xo‘jalik operatsiyalarining mazmuni


Summa,
ming so‘m


Debet


Kredit

1

Hisobot berish sharti bilan pul mablag‘lari berildi

300

4230

5010

2

Mahsulotlar kirim qilindi


300

1090

4230

3

Korxonaning hisobdor shaxsdan qarzi aks ettirildi


20

1090

6970

4

Hisobdor shaxsga farq summasiga pul mablag‘lari berildi


20

6970

5010

Ta’kidlash lozimki, balansning 150-satri bo‘yicha materiallarni qayta ishlashda paydo bo‘ladigan chiqindilar ham hisobga olinishi kerak. Ishlab chiqarish jarayonida materiallarni qayta ishlashda paydo bo‘ladigan chiqindilarga materiallarning ushbu turiga xos bo‘lgan sifatini (to‘laligi, shakli va boshq.) to‘liq yoki qisman yo‘qotgan materiallarning qoldiqlari kiradi.

Korxona tomonidan mahsulotlarni tayyorlash, ishlar, xizmatlarni bajarish, xo‘jalik ehtiyojtarida ishlatilishi yoki chetga sotilishi mumkin bo‘lgan materiallar chiqindilari qaytariladigan chiqindilar deb ataladi.


Korxonaning ichida yoki chetga sotish uchun ishlatib bo‘lmaydigan materiallar chiqindilari, shuningdek ko‘zga ko‘rinmaydigan chiqindilar (qirindi, kuyindi va sh.k.) qaytarilmaydigan chiqindilar deb ataladi.
Qaytariladigan chiqindilar qiymati ishlab chiqarish xarajatlari summasini kamaytiradi. Topshirish yukxatlari asosida ombordagi materiallar chiqindilariga ularning qiymatini tegishli buyurtma bo‘yicha xarajatlardan hisobdan chiqarish to‘g‘risida guruhlangan qaydnoma tuziladi.
To‘lovni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan xarid qilinadigan materiallarning qiymati to‘lovni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash summalarini hisobga olmagan holda shakllantiriladi. Materiallarning to‘lovni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash taqdim etilmasdan sotiladigan qiymati bilan sotib olinayotgan materiallar bo‘yicha umumiy to‘lov summasi o‘rtasidagi farqni to‘lovni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash davri mobaynida joriy to‘lovning kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash bo‘yicha to‘lovlarning umumiy summasidagi solishtirma og‘irligiga bog‘liq holda moliyaviy xarajatlar (foizlar bo‘yicha xarajatlar) sifatida tan olish lozim.
Misol. Korxona 12000 ming so‘mga materiallarni xarid qiladi, shu jumladan QQS 2000 ming so‘m. Shartnoma bilan 50 foiz oldindan to‘lov nazarda tutilgan, to‘lovning qolgan summasi 3 oyga kechiktiriladi. To‘lovni kechiktirganlik uchun korxona materiallar sotuvchisiga kechiktirilgan summaning 10 %i miqdorida haq to‘lashi kerak.
40-jadval

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling