Toshkent moliya instituti a. A. Karimov, J. E. Kurbanbayev
Ustav kapitalini tovar-moddiy boyliklar bilan shakllantirish buxgalteriya yozuvlari
Download 0.85 Mb.
|
Toshkent moliya instituti a. A. Karimov, J. E. Kurbanbayev-www.hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xo‘jalik operatsiyalarining mazmuni Summa, ming so‘m
- Qarz shartnomasiga muvofiq materiallarning kirimi
- Xo‘jalik operatsiyalarining mazmuni Summa, so‘m Debet
- Hisobdor shaxslardan tovar-moddiy zaxiralarning kirim qilinishi
Ustav kapitalini tovar-moddiy boyliklar bilan shakllantirish buxgalteriya yozuvlari
Misol. Korxona qarz shartnomasi bo‘yicha (foiz to‘lovlarisiz) 12000ming so‘m qiymatidagi (shu jumladan QQS 2000 ming so‘m) materiallarni oldi. Qarz muddati tugagach (olti oydan so‘ng) 12000 ming so‘m qiymatidagi (QQS hisobga olingan holda) xuddi shunday materiallar qarz beruvchiga qaytarildi.
Misol. Vakillik tadbirlarini o‘tkazish uchun korxona o‘z xodimiga hisobot berish sharti bilan 300 ming so‘m berdi. Ushbu pulga u bozordan qiymati 320000 so‘m bo‘lgan mevalarni sotib oldi. Korxona buxgalteriyasiga bo‘nak hisoboti taqdim etildi.
Ta’kidlash lozimki, balansning 150-satri bo‘yicha materiallarni qayta ishlashda paydo bo‘ladigan chiqindilar ham hisobga olinishi kerak. Ishlab chiqarish jarayonida materiallarni qayta ishlashda paydo bo‘ladigan chiqindilarga materiallarning ushbu turiga xos bo‘lgan sifatini (to‘laligi, shakli va boshq.) to‘liq yoki qisman yo‘qotgan materiallarning qoldiqlari kiradi. Korxona tomonidan mahsulotlarni tayyorlash, ishlar, xizmatlarni bajarish, xo‘jalik ehtiyojtarida ishlatilishi yoki chetga sotilishi mumkin bo‘lgan materiallar chiqindilari qaytariladigan chiqindilar deb ataladi. Korxonaning ichida yoki chetga sotish uchun ishlatib bo‘lmaydigan materiallar chiqindilari, shuningdek ko‘zga ko‘rinmaydigan chiqindilar (qirindi, kuyindi va sh.k.) qaytarilmaydigan chiqindilar deb ataladi. Qaytariladigan chiqindilar qiymati ishlab chiqarish xarajatlari summasini kamaytiradi. Topshirish yukxatlari asosida ombordagi materiallar chiqindilariga ularning qiymatini tegishli buyurtma bo‘yicha xarajatlardan hisobdan chiqarish to‘g‘risida guruhlangan qaydnoma tuziladi. To‘lovni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan xarid qilinadigan materiallarning qiymati to‘lovni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash summalarini hisobga olmagan holda shakllantiriladi. Materiallarning to‘lovni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash taqdim etilmasdan sotiladigan qiymati bilan sotib olinayotgan materiallar bo‘yicha umumiy to‘lov summasi o‘rtasidagi farqni to‘lovni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash davri mobaynida joriy to‘lovning kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash bo‘yicha to‘lovlarning umumiy summasidagi solishtirma og‘irligiga bog‘liq holda moliyaviy xarajatlar (foizlar bo‘yicha xarajatlar) sifatida tan olish lozim. Misol. Korxona 12000 ming so‘mga materiallarni xarid qiladi, shu jumladan QQS 2000 ming so‘m. Shartnoma bilan 50 foiz oldindan to‘lov nazarda tutilgan, to‘lovning qolgan summasi 3 oyga kechiktiriladi. To‘lovni kechiktirganlik uchun korxona materiallar sotuvchisiga kechiktirilgan summaning 10 %i miqdorida haq to‘lashi kerak. 40-jadval Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling