Hisobot davri boshiga tovar-moddiy zaxiralarning qoldig‘i
+
Tovar-moddiy zaxiralarning kelib tushishi
=
Sotilgan tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi
—
Hisobot davri oxiriga tovar-moddiy zaxiralarning qoldig‘i
Davriy hisobga olish tizimi qo‘llanilganida tovar-moddiy zaxiralarni hisobga oluvchi balans schyotlaridagi qoldiq inventarizatsiya tugagunga qadar boshlang‘ich darajada o‘zgarmay turadi.
Tovar-moddiy zaxiralarni davriy hisobga olish usulidan foydalanilganda har bir mahsulot (tovar)ning tannarxi hisobot davri davomida vaqtinchalik 9140 “Davriy hisobda tovar-moddiy zaxiralar sotib olish / xarid qilish” schyotida yig‘iladi, biroq sotilgan mahsulotlar, tovarlarning haqiqiy tannarxini faqat tovar-moddiy zaxiralar inventarizatsiya qilingandan so‘ng aniqlash mumkin. 9150 “Davriy hisobda tovar-moddiy zaxiralar bo‘yicha tuzatishlar” schyoti - hisobot davrining oxirida inventarizatsiya natijasida tovar-moddiy zaxiralarni mavjudligini aks ettirish uchun foydalaniladigan vaqtinchalik schyot. Ko‘rsatilgan schyotning debeti bo‘yicha tovar-moddiy zaxiralarning kamayishi, krediti bo‘yicha tovar-moddiy zaxiralarning o‘sishi tovar-moddiy zaxiralarni hisobga oluvchi schyotlar (1000-2900) bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.
9150 “Davriy hisobda tovar-moddiy zaxiralar bo‘yicha tuzatishlar” schyotining qoldig‘i 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schyotiga o‘tkazilishi orqali yopiladi.
36-jadval
Tovar-moddiy zaxiralarni davriy hisobga olish operasiyalarini aks ettirish
T/r
|
Xo‘jalik muomalalarining mazmuni
|
Debet
|
Kredit
|
1
|
Tovar-moddiy zaxiralarni sotib olish (TMZni davriy hisobga olish uslulida)
|
9140
|
6010
|
2
|
Hisobot davrining oxirida inventarizatsiya natijalari bo‘yicha TMZ schyotlari bo‘yicha qoldiqlarga tuzatishlar qilindi:
|
a) asosiy moddiy zaxiralar:
| |
Do'stlaringiz bilan baham: |