Toshkent moliya instituti a. A. Karimov, J. E. Kurbanbayev


Download 0.85 Mb.
bet138/150
Sana21.10.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1714849
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   150
Bog'liq
Toshkent moliya instituti a. A. Karimov, J. E. Kurbanbayev-www.hozir.org

Debet; debit; дебет; buxgalteriya hisobi schyotining bir qismi. Aktiv schyotlarning debeti bo‘yicha hisob ob’yektining ko‘payishi aks ettiriladi, passiv schyotlarning debeti bo‘yicha esa kamayishi yoziladi.
Depozit sertifikati; certificate of deposit; депозитный сертификaт; ma’lum bir muddatga pul mablag‘larini bankka qo‘ygan shaxslarga bu haqda tasdiqlovchi qimmatbaho qog‘oz bo‘lib, uning egasi daromad manbai hisoblanadi.
Dividend; the dividend; дивиденд; aktsiyadorlik jamiyati foydasining bir qismi bo‘lib, aktsiyadorlar o‘rtasida soliqlarni, ishlab chiqarishni kengaytirishga ajratmalarni, zaxiralarni tashkil etish, obligatsiyalar bo‘yicha foizlarni va boshqa to‘lovlarni amalga oshirilganidan so‘nggina taqsimlanadi.
Ehtiyotkorlik; foresight; предвидение; qarorlar qabul qilishda ehtiyotkorlik qoidasiga rioya qilish aktivlar va daromad qaytadan baholanmasligi, majburiyatlar yoki xarajatlar esa etarlicha baholanmasligiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida noaniqlik sharoitida baho chiqarish uchun zarurdir.
Funktsiya; function; функция; lot. functio — bajarish, amalga oshirish) (tilshunoslikda) — muayyan til, til birligi, lisoniy shaklning u yoki bu vazifani bajarish qobiliyati; tilning kishilik jamiyatidagi roli, vazifasi; til tizimining barcha sathlaridauning birliklari o‘rtasidagi bog‘liqlik yoki munosabatlar.
Hisob; account; счет; biror narsa mavjudligini belgilash, uni o‘lchash va son hamda sifat tomonidan qayd etish
Hisob siyosati; accounting policy; учетнaя политикa; bu buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobot tuzish uchun xo‘jalik yurituvchi subyekt qo‘llaydigan usullarning jamlamasidir.
Hujjat aylanishi; flow of documents; документооборот; hisob jarayonida hujjatlarni tuzish vaqtida ularni arxivga topshirishgacha bo‘lgan hujjatlar harakati. Korxonalarning xo‘jalik bo‘limlari (boshqaruv bo‘limi, ishlab chiqarish sexi, uchastka, brigada va h.k.) da tuzilgan hujjatlar buxgalteriyaga topshiriladi. U yerda shaklan va mazmunan tekshiriladi, bir xillik belgilariga qarab guruhlanadi va hisob registrlariga yozilgandan so‘ng papkalarga tikilib, turli ma’lumotlar berish va turli tekshirishlar uchun foydalaniladi. Ilmiy – tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan hujjatlar davlat arxiviga topshiriladi, qolganlari yo‘q qilinadi. Har bir korxonada hujjatlarni tuzish kimga yuklatilganligi, kim kimga qaysi muddatda hujjatlarni taqdim etishi, hujjatlarning hisobda foydalanilishi ko‘rsatiladi.

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling