Toshkent moliya instituti a. A. Karimov, J. E. Kurbanbayev


Download 0.85 Mb.
bet136/150
Sana21.10.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1714849
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   150
Bog'liq
Toshkent moliya instituti a. A. Karimov, J. E. Kurbanbayev-www.hozir.org

Brutto; brutto; брутто; tovarlarning idishi yoki o‘rovi bilan birgalikdagi og‘irligi.
Brutto-balans; brutto-balance; брутто-бaлaнс; tartibga soluvchi moddalarni o‘z ichiga oluvchi balansdir. “Asosiy vositalarning eskirishi”, “Nomoddiy aktivlarning amortizatsiyasi”, “Sotib olingan xususiy aksiyalar” singari tartibga soluvchi moddalarni o‘z ichiga oladi
Buxgalter; accountant; бухгaлтер; ichki boshqarish va tashqi iste’molchilarning maqsadlari uchun joriy va yakuniy axborotni olish bilan korxonalar, tashkilotlar hamda muassasalarning xo‘jalik faoliyati ustidan uzluksiz va o‘zaro bog‘liq bo‘lgan kuzatish va nazorat qilish tizimidan iborat
Buxgalteriya; counting-house; бухгaлтерия; 1) buxgalteriya hisobini tashkil etadigan va yuritadigan hisob apparati. 2) korxona, muassasalarning moliyaviy ishlarini qayd etib borish, nazorat qilish, jumladan xodimlarga ish haqi yozish, buxgalteriya hisoboti va boshqa hisobotlar tuzish bilan shug‘ullanuvchi maxsus bo‘limi. Odatda Buxgalteriyani bosh hisobchi (buxgalter) boshqaradi. Buxgalteriya hisobini tashkil etish, yuritish va buxgalterning huquq, burchlari 2016 yil 13 aprelda qabul qilingan yangi tahrirdagi “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonun bilan belgilangan.
Buxgalteriya hisobi; accounting; бухгaлтерский учет; xo‘jalik hisobi turlaridan biri; xo‘jalik faoliyati jarayonida korxona mablaglarining aylanishi va mulk harakatini ifodalovchi ma’lumotlar majmuasi. Buxgalteriya hisobi joriy hujjatlarga asoslanadi, uzluksiz, o‘zaro bir-biriga bog‘liq bo‘lgan mablag‘lar va xo‘jalik operatsiyalarini va boshqalarning xo‘jalik faoliyatini uzlukiz ravishda kuzatish va nazorat qilish tizimi
Buxgalteriya hisobi metodining elementlari; elements of accounting methods; элементы методы бухгaлтерского учетa; bu buxgalteriya hisobining ayrim usullariga aytiladi. Ular quyidagilardan iborat: hujjatlashtirish va inventirizatsiya qilish, baholash va kalkulyatsiya qilish, schyotlar tizimi va ikki yoqlamali yozuv usuli, buxgalteriya balansi va hisobot.

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling