Toshkent moliya instituti a. A. Karimov, J. E. Kurbanbayev


O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar


Download 0.85 Mb.
bet60/150
Sana21.10.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1714849
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   150
Bog'liq
Toshkent moliya instituti a. A. Karimov, J. E. Kurbanbayev-www.hozir.org

O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar
  1. Buxgalteriya hisoboti nima va uning ahamiyati nimalardan iborot?


  2. Buxgalteriya hisoboti to‘g‘risida tushuncha, uning boshqaruvdagi roli.


  3. Buxgalteriya hisobotiga qo‘yilgan talablar nimalardan iborot?


  4. Buxgalteriya hisobotini tuzish, topshirish va tasdiqlash tartibi.


  5. Buxgalteriya hisobotini xususiy korxonalar topshirishi shartmi?


  6. Buxgalteriya va statistika hisobotlarni qanday bog‘liqlik tomoni bor?


  7. Dastlabki hisobotga qaysi hujjatlar kiradi?


  8. Dastlabki va yig‘ma hisobotlar to‘g‘risida tushuncha va ularning tavsifi.


  9. Hisobotdagi xatolar qanday usullar bilan tuzatiladi?


  10. Hisobotlar kimga, qaysi muddatlarda topshiriladi?


  11. Hisobotni tuzishga tayyorgarlik ishlari qanday amalga oshiriladi?


  12. Hisobotning qanday shakllari mavjud?


  13. Hisobotning qanday turlarini bilasiz?


  14. Hisobotning qaysi shakli muhimroq deb hisoblaysiz?


  15. Korxona hisobotini rasmiylashtirishga kim javobgar?


  16. Oylik, choraklik, yillik hisobotlar va ularning ahamiyati.


  17. Statistik hisobotni topshirish shartmi?


  18. Statistik va buxgalteriya hisobotlari va ularning tavsifi.


  19. Xususiy korxonalarda hisobotni tuzish zaruriyati mavjudmi?


  20. Yig‘ma hisobotga qaysi hujjatlar kiradi?





9-BOB. BUXGALTER KASBIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR


9.1. Buxgalter kasbi
Umumqabul qilingan jahon amaliyotida buxgalteriya xodimlari ikki toifaga bo‘linadi – buxgalter (accountant) va hisobchi (bookkeeper). Mamlakatimizda, MDH mamlakatlarining ko‘pchiligida bo‘lganidek, ushbu tushunchalar yahlit holga keltirilgan. Odatda buxgalteriya hisobi mutaxassislarining hammasini, malakasi va bajarayotgan ishi xususiyatidan qat’i nazar, buxgalter deb atashadi.

Buxgalter kam deganda bakalavr diplomiga ega bo‘ladi. Uning vazifalariga buxgalteriya yozuvlarini tekshirish va ichki nazorat tizimini tashkil etish, buxgalteriya hisobi tizimini ishlab chiqish, soliq hisob-kitoblarini tayyorlash kiradi. Bundan tashqari, buxgalter byudjetlarni tuzish hamda moliyaviy ko‘rsatkichlarni yaxshilash va xarajatlarni maqbullashtirish bo‘yicha menejment uchun tavsiyalar ishlab chiqish uchun javobgar bo‘ladi.


Bunday mutaxassislarni Amerikada qasamyod qilgan buxgalterlar (auditorlarga aynan o‘xshash malakaga ega bo‘lgan), boshqaruv buxgalterlari (rahbariyat uchun ichki hisobotlarni tayyorlashga ixtisoslashgan), byudjet tashkilotlarining ichki auditorlari va buxgalterlariga bo‘ladilar. Qimmatli qog‘ozlar va fond birjalari bo‘yicha AQSh komissiyasiga (SEC) taqdim etiladigan ommaviy kompaniyalar (ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlari)ning moliyaviy hisobotini tuzishga faqat qasamyod qilgan buxgalterlar haqlidir. Ular Amerika qasamyod qilgan buxgalterlar institutining litsenziya yoki sertifikatiga (SRA) ega bo‘lishlari kerak. Litsenziya oliy ma’lumot, ish staji bo‘lganda va malaka imtihonlari muvaffaqiyat bilan topshirilganda beriladi. Amerikada alohida auditorlik litsenziyasi yo‘q, u erda qasamyod qilgan buxgalter litsenziyasi beriladi. U korxonada emas, balki auditorlik kompaniyasida ishlashi va auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazishi mumkin. Qasamyod qilgan buxgalter, boshqalari bilan bir qatorda, Odob-ahloq kodeksi, xususan insayderlik axborotidan foydalangan holda investitsiyalash bo‘yicha cheklovlar bilan bog‘langan. Tekshiruv o‘tkazadigan audi­tor bilan balansni imzolaydigan bosh buxgalter malakasi o‘rtasida farq yo‘q. Bunday holat bir qator rivojlangan mamlakatlarda mavjud. Odatda ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlarining ommaviy hisobotini qasamyod qilgan buxgalter tuzadi.
Hisob ilmidan bexabar kishigina buxgalter kasbi bittagina kasb deyishi mumkin. Mutaxassislar esa ularni bajariladigan ishlarning turiga qarab bosh, moddiy, hisob-kitob buxgalterlari, buxgalterlarning yordamchilariga bo‘ladilar. Bunday taqsimlashni ish beruvchilarning ehtiyoji taqozo etadi. Bo‘sh ish o‘rinlarining ko‘pchiligi «bosh buxgalter» lavozimiga, eng oz talab esa «moddiy buxgalter» lavozimiga to‘g‘ri keladi. Yordamchilar va hisob-kitob buxgalterlari uchun ham ko‘p ish taklif etiladi.
Bo‘sh ish o‘rinlariga talabgorni qidirish vaqtiga kelsak, bosh va moddiy buxgalterlarni yollash e’lonlari «faol» holatda bo‘ladi. Ushbu lavozimlarga ish tajribasiga ega bo‘lgan mutaxassislar izlanadi, ularga katta talablar qo‘yiladi.
Ish beruvchilar yaxshi ta’lim olmagan buxgalteriya hisobi mutaxassisi qanchalik xavfli ekanligini yaxshi biladilar. Avvalo noto‘g‘ri hisob soliq qonunchiligi talablari buzilishiga, buning oqibatida, birinchi navbatda rahbar javobgar bo‘lishiga olib keladi. Ayni shu sababli birinchi o‘rinda buxgalterning tajribasi bor-yo‘qligi baholanadi. Albatta, yoshlarni «o‘stiradigan» va talabalik davridan boshlang‘ich bilim beradigan tashkilotlar bor. Biroq bundaylar kam uchraydi, ish beruvchilar hatto «buxgalter yordamchisi» lavozimiga kechagi talabalar yoki kurs bitiruvchilarini olavermaydilar. Ushbu mutaxassis loaqal bir yil ishlashi kerak. Ish tajribasi muhim emas deb ko‘rsatadigan tashkilot juda kam.
Bosh buxgalter lavozimiga da’vogarlardan ish tajribasi ko‘proq talab qilinadi: odatda shu kasbdagi staji 5 yildan oshadiganlarni olishni istaydilar. Kamida 3 yillik stajning bo‘lishi – ularning yordamchilari uchun mezon. Moddiy yo‘nalish mutaxassisiga bir yildan ko‘proq, hisob-kitob buxgalteriga 1–3 yillik professional staji bo‘lganda e’tibor qaratishadi. Buxgalter yordamchisi qilib tajribasiz kishini olishlari ham mumkin, biroq loaqal 1 yillik amaliyot o‘tagan bo‘lishini ma’qul ko‘rishadi.
Tajriba – ish beruvchi buxgalterlarni tanlashi uchun hisobga olinadigan birdan-bir mezon emas. Ma’lumoti ham muhim. Ilgari unga alohida talablar qo‘yishmagan, hozir esa diplomli mutaxassislarni kutadilar. Ko‘pincha ish beruvchilarni oliy ma’lumotli da’vogarlar qiziqtiradi.
Diplomi borligi uchungina buxgalterni yuqori darajadagi mutaxassis deb bo‘lmaydi. Ularning hammasi ham iqtisodiy yo‘nalishdagi oliy o‘quv yurtidan kelmaydi. Shunday bo‘lsa-da, ko‘p hollarda bunday ta’lim muassasasini tugatmagan buxgalterlar ham tekshiruv yakunlari bo‘yicha a’lo natijalar ko‘rsatadilar. Mutaxassislarning ko‘pchiligi – amaliyotchilar, ko‘pincha xodimni tanlash chog‘ida, tajribasidan tashqari, u haqda avvalgi ish joylaridan olingan ma’lumotlarga ham e’tibor qaratadilar.
Malakasini doimo oshirib boradigan, malaka sertifikatlariga ega bo‘lgan talabgorlarning imkoniyati ancha katta. Bugungi kunda ushbu sohada CAP/CIPA dasturi bo‘yicha buxgalterlar va auditorlarning sertifikatlanishi ancha ommalashgan. Ixtiyoriy asosda mutaxassislarni milliy sertifikatlashtirish dasturini barpo etish masalasi muhokama qilinayapti. O‘zbekistonda olish mumkin bo‘lgan sertifikatlashtirishning boshqa turlari ham mavjud. Kurs va seminarlarda ham malaka oshirish mumkin, ularda tarmoq va xususan buxgalteriya hisobini rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilinadi. Shu sababli nafaqat mutaxassisning boshlang‘ich ma’lumoti, balki kasbda rivojlanish xohishini ham baholash muhimdir.
Tarmoqda chop etilgan e’lonlarda ko‘pincha talabgorlarning yoshi ko‘rsatiladi. Ish beruvchilar uchun 20–50 yashar talabgorlar eng jozibali sanaladi. Hatto buxgalter yordamchisi lavozimiga 22 yoshli mutaxassislar uchun bo‘sh ish o‘rinlari kam uchraydi. Ehtimol, bunda gender masalasi rol o‘ynar, zero ushbu lavozimda ko‘proq ayollar ishlaydi, ular yoshroq bo‘lgan davrda ish o‘rniga oila to‘g‘risida ko‘proq o‘ylaydilar. Davlat organlaridagi bo‘sh ish o‘rinlari uchun ham talab qilinayotgan mutaxassislarning yoshi ko‘rsatilmaydi.
Nomaqbul mutaxassisni ishga qabul qilishdan imkoni boricha xalos bo‘lishni xohlaydigan ish beruvchilar talabgor qanday ko‘nikma va xislatlarga ega bo‘lishi kerakligini ko‘rsatib o‘tadilar. Nomzodning shaxsiy xislatlariga qo‘yiladigan eng ko‘p uchrovchi talablardan biri – zo‘riqishlarga bardoshli bo‘lish. Bu talabni tushunsa bo‘ladi – ish murakkab, aniqlikni talab etadi. Mutaxassisni batartib, kirishimli, amaliy muloqot ko‘nikmalarini egallagan shaxs sifatida ko‘rishni xohlaydigan ish beruvchilar bor. Ehtimol, buxgalter bunday korxonada mijozlar bilan ham shunday muloqotda bo‘lar. Boshqalarga zararli odatlarga ega bo‘lganlar kerak emas – ularda chekuvchilarga o‘rin yo‘q! Yana bir talab – sarosimaga tushib qolmaslik talabidir.



Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling