Toshkent moliya instituti a. A. Karimov, J. E. Kurbanbayev
O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar
Download 0.85 Mb.
|
Toshkent moliya instituti a. A. Karimov, J. E. Kurbanbayev-www.hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10-BOB. BUXGALTERIYA HISOBI XIZMATINI TASHKIL ETISH 10.1. Buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari va ahamiyati
- Buxgalteriya hisobini tashkil etish tizimi
O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar
Buxgalter kasbi deganda nimani tushunasiz? Buxgalterga qo‘yiladigan qanday talablarni bilasiz? Buxgalteriya hisobi bo‘yicha qanaqa jamoat tashkilotlarini bilasiz va ularning vazifalari nimalardan iborat? Buxgalterlarni milliy sertifikatlash tizimini tushuntiring. Buxgalterlarni xalqaro sertifikatlashning qanday tizimlarini bilasiz? 10-BOB. BUXGALTERIYA HISOBI XIZMATINI TASHKIL ETISH 10.1. Buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari va ahamiyati Buxgalteriya hisobining maqsadi foydalanuvchilarni o‘z vaqtida to‘liq hamda aniq moliyaviy va boshqa buxgalteriya axboroti bilan ta’minlashdir. Iqtisodiyot turli sohalarga qarashli korxona muassasa, uyushma, birlashma, konsern va boshqalar faoliyati ustidan umumiy davlat boshqaruvini o‘rnatish, ulardan olinadigan ma’lumotlarga asoslanadi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyati haqidagi ma’lumotlar esa, ular buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga asoslanadi. Demak, xo‘jalik yurituvchi subyektlar qaysi mulkchilik shakliga asoslanganidan qat’iy nazar, tegishli organlar tomonidan ishlab chiqilgan qonun, ko‘rsatma nizomlarga va qo‘llanmalarga rioya etgan holda hisob yuritishlari zarur. Buxgalteriya hisobini tashkil etish deganda korxonaning moliya-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risida ishonchli va o‘z vaqtida axborotlar olish hamda ishlab chiqarish resurslari va tayyor mahsulotlardan foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida-hisob jarayonining shart-sharoitlar tizimi va ularning elementlarini tuzilishi tushuniladi. B uxgalteriya hisobini tashkil etish tizimining asosiy elementlari dastlabki hisob va hujjatlar aylanishi, inventarizatsiya, hisob-kitob ishlarining tashkiliy shakllari, hisobotlarning hajmi va mazmuni hamda hisob siyosatidan iborat bo‘lishi lozim. 18-rasm. Buxgalteriya hisobini tashkil etish tizimi Buxgalteriya hisobini tashkil qilishda hisob ma’lumotlari nafaqat ichki, balki yuqori boshqaruv uchun zarurligini ham hisobga olish bilan birga, tashqi foydalanuvchilar ehtiyoji ham e’tiborga olinishi kerak. Buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan foydalanuvchilarni ikkiga ajratish mumkin: ichki foydalanuvchilar; tashqi foydalanuvchilar. Hisob ma’lumotlaridan ichki foydalanuvchilarga korxona, boshqaruv apparati xodimlari kiradi. Korxona boshqaruv apparati xodimlari korxona faoliyati boshqaruviga va korxonani oldiga qo‘yilgan vazifalar bajarilishiga, belgilangan maqsadlarga erishilishiga to‘liq javobgardirlar. Moliyaviy hisob ma’lumotlaridan foydalangan holda ichki boshqaruv apparati korxona moliyaviy rejasini tuzadi, korxona xo‘jalik faoliyatini kengaytirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ish, xizmat) yuzasidan bozor talabini o‘rgangan holda, baho belgilash, moliyaviy qo‘yilmalarni yuritish chora-tadbirlarini, bank va bankdan tashqari korxonalardan kredit va qarzlar olish va boshqalar haqida qarorlar qabul qiladi. Qarorlarni to‘g‘ri qabul qilinishi moliyaviy hisob ma’lumotlarini o‘z vaqtida va to‘g‘ri tuzilganligiga bog‘liq bo‘ladi. O‘z vaqtida olinmagan yoki noto‘g‘ri yuritilgan buxgalteriya hisob ma’lumotlari, noto‘g‘ri qarorlar qabul qilinishiga, natijada korxonani zarar ko‘rishiga, ba’zi hollarda esa bankrotlik holatiga kelishiga ham sabab bo‘lishi mumkin. Moliyaviy hisob ma’lumotlaridan tashqi foydalanuvchilarni ham o‘z navbatida ikki guruhga ajratish mumkin: A) korxona faoliyatidan bevosita manfaatdorlar; B) bilvosita manfaatdorlar. Korxona faoliyatidan bevosita manfaatdorlarga quyidagilarni misol tariqasida keltirish mumkin: aksiyadorlar; kreditorlar; mol yetkazib beruvchilar va xaridorlar; soliq nazorati inspeksiyasi; mehnat birjalari va boshqalar. Moliyaviy hisobot ma’lumotlaridan foydalanuvchilarni korxona faoliyatidan bilvosita manfaatdorlarga quyidagilar kiradi: auditorlik firmalari; moliyaviy savollar yuzasidan maslahatchilar; qimmatbaho qog‘oz birjalari; qonunchilik organlari; huquqshunoslar (xo‘jalik sudi vakillari); matbuot va axborot agentliklari; savdo, ishlab chiqarish assotsiatsiyalari; ijtimoiy sug‘urta organlari; kasaba uyushmalari. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni yillik moliyaviy hisobotlari undan foydalanuvchilar uchun tushunarli va oddiy holda yetkazilishi kerak. Buxgalteriya hisobini tashkil etishda hisob ishlari hajmini aniqlab olish, buxgalteriya xodimlari sonini, ular o‘rtasida hisob ishlari taqsimotini, qo‘llaniladigan hisob shaklini, hisob ishlarida hisoblash texnikalaridan foydalanishini belgilab olish kerak bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligini «Buxgalteriya hisobi va auditi uslubiyati» boshqarmasi hisobning barcha turlari bo‘yicha rahbarlikni olib boradi. Moliya vazirligining ushbu boshqarmasi hisob ishlarini mexanizatsiyalash, hisob mutaxassislarini tayyorlash, ular malakasini oshirish, shuningdek, hisob ishlari bilan bog‘liq yo‘riqnomalar, nizomlar, ko‘rsatmalar ishlab chiqib, nashr qildiradi. Hozirgi vaqtda Moliya vazirligining buxgalteriya hisobi va auditi, uslubliyati boshqarmasi tomonidan buxgalteriya hisobining milliy standarti ishlab chiqilib ularning 24 tasi Adliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tdi. Mamlakatimiz siyosiy mustaqilligidan so‘nggi, erishilayotgan iqtisodiy mustaqilliklar zamirida Jahon bozoriga chiqish, chet el davlatlari bilan o‘zaro munosabatlarda bo‘lish yotadi. Bizning respublikamizda buxgalteriya hisobini tartibga solish huquqiga ega manbaalar quyidagilardir: qonunchilik organlari tomonidan qabul qilingan me’yoriy va qonuniy dalolatnomalar; Moliya vazirligini Davlat statistika qo‘mitasi bilan birga, hamda vazirliklar va tarmoqlar malakali mutaxassislari, professional jamoat tashkilotlari ishtirokida qabul qilgan me’yoriy dalolatnomalari va ko‘rsatmalari. Professional jamoat tashkilotlariga Buxgalterlar va auditorlar assotsiatsiyasi, tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatalari misol bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobi tizimini asosiy huquqiy zamini «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonunda belgilangan. Ushbu qonunda buxgalteriya xodimlarini burch va huquqlari, buxgalteriya hisobi miqyosida korxona rahbarlari va buxgalteriya hisobi tizimidagi asosiy maqsadlar, vazifalar, hamda prinsiplari ko‘rsatib o‘tilgan. Xalqaro amaliyotda buxgalteriya hisobini me’yoriy tartibga solishni to‘rt darajali tizimi ko‘zda tutilgan. Birinchi daraja – qonuniy dalolatnomalar, masalan, «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonun. Ikkinchi daraja – asosiy qoidalar yigindisi, ya’ni buxgalteriya standartlari. Uchinchi daraja – mamlakat va turli tarmoqlar bo‘yicha buxgalteriya hisobini yuritish yuzasidan takliflar, metodik qo‘llanmalar. To‘rtinchi daraja – hisob siyosatini aniqlash va hujjat aylanishini tashkil etish yuzasidagi korxonada ishlab chiqilgan hujjatlarni keltirish mumkin. Xalqaro amalayotda buxgalteriya hisobini tartibga solish to‘rt darajali me’yoriy tizimini, bizning davlatimizda ko‘rib o‘tamiz. Birinchi darajaga, O‘zbekiston Respublikasini «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonunini keltirish mumkin. Ikkinchi darajaga, hozirgi vaqtda ishlab chiqilgan 24 ta standartni misol qilish mumkin. Uchinchi darajadagi me’yoriy tartibga solish tizimiga Moliya vazirligi tasdiqlangan buxgalteriya hisobi va hisoboti bilan bog‘liq Nizomlarni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasining 1999, 2003 yillardagi qarorlari bilan tuzatishlar kiritilgan «Mahsulot (ish, xizmatlar) tannarxiga kiritiladigan mahsulot (ish, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha xarajatlar tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish haqida Nizom» misol bo‘la oladi. To‘rtinchi darajaga esa, korxonalarda qabul qilinadigan, buxgalteriya hisobini tartibga solish bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlarni keltirish mumkin. Buxgalteriya va huquq o‘rtasidagi munosabat unchalik ham katta emas. Buxgalteriya sistemasi berilgan sotsial – politik normalar asosida xarakterlangan bo‘lib u iqtisodiy tizim va ochiq oydin ko‘rsatib berilgan hududiy qonunlar o‘rtasida ishlaydi. Qonun insonning tashqi hatti – harakatlarini nazorat qiladi, uning boshqa insonlar bilan qonuniy munosabatlarini hamda uning huquq va majburiyatlarini aytib turadi. Yanada aniq qilib aytadigan bo‘lsak, qonunning bajaradigan vazifalari bepoyonki, jamiyatimiz va ijtimoiy hayotimizning har bir jabhasida tarqalgan. Insoniyat bilan bog‘liq iqtisodiy qiziqishlariga ko‘ra, qonunning nihoyasi yo‘q va boshqa davlatlar iqtisodiyotida, to‘g‘ri va noto‘g‘ri buxgalteriyaga olib borish zarur. Buxgalteriyaning bir necha muhim bo‘limlari23: Ixtisoslashishning bu davrida ko‘pgina ilmiy bo‘limlar o‘zining maqsadlari bilan ajratilgan aniq intizomga ega bo‘lgan. Shunga mos holda buxgalteriyada ham. Intilishlar bosqichining maqsadiga ko‘ra, shu tariqa, Buxgalteriyaning asosiy bo‘limlari quyidagilarga sinflashtiriladi: Moliyaviy buxgalteriya: Buxgalteriya va Moliyaviy buxgalteriya terminlari ko‘pincha ajratilib ishlatiladi. Bu, shu bilan birga buxgalteriyaning boshqa maxsus bo‘limlaridagi bog‘liqliklarda oldindan mulohaza qilinganidek tafovutlar aniq bo‘ladi. Moliyaviy Buxgalteriya, buxgalteriyaning boshqa bo‘limlaridan eng qadimiy va yetakchilaridandir. Bu shu bilan birga boshqa bo‘limlar uchun xom – ashyo materiallarni ta’minlovchi hamdir. Narx buxgalteriyasi: Garchi moliyaviy buxgalteriya narx buxgalteriyasining yetakchisi bo‘lsada, narx buxgalteriyasi va moliyaviy buxgalteriyaning raqobatli rivojlanishi XX asrning boshida o‘z qadamini qo‘ya boshlagan. Venetsiya savdogarlarining XIX asrning oxirgi yarmidan buyon buxgalteriya nazorati vositalari sifatida baho buxgalteriyasidan foydalangani haqida dalillar mavjud. Shunday qilib, Sanoat inqilobida qaysiki fabrikaviy tizim yaratilganda tizimli baho buxgalteriyasi Angliyaga etib keldi. Baho buxgalteriyasining asosiy urg‘usi narxni aniqlashtirish, baho analizi, baho nazorati va o‘zaro zid holda moliyaviy buxgalteriya va bu samarali qarashdir. Baho buxgalteriyasi bir necha turdagi baholash analiz va sintezini gavdalantiradi misol uchun: mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarishning umumiy bahosini aniqlash. Boshqaruv buxgalteriyasi. Boshqaruv buxgalteriyasining maxsus ixtisoslashtirilgan buxgalteriya bo‘limi sifatida rivojlanishi ancha yangi bosqichga ega. Buning muhimi shunday otadiki, ichki boshqarma ya’ni kundalik qarorlarni aniqlab beradigan ham sifat ham miqdor ma’lumotlari bilan ta’minlaydi. Bugungi murakkab biznes tashkilotlarida boshqaruv buxgalteriyasining muhimliligiga tayanib boshqaruv buxgalteriyasi buxgalteriyaning ko‘zi deya tasvirlanadi. Bunday nomlanishiga bo‘lgan asosiy sabab boshqaruv menejmenti korxonaning ichki funksiyalarining namoyon bo‘lish yo‘llarini ta’minlab beradi. AQShning NAA tashkiloti boshqaruv buxgalteriyasini identifikatsiya jarayoni, o‘lchov, jamg‘arish, analiz, tayyorgarlik, izohlash va moliyaviy ma’lumotlar kommunikatsiyasini tashkilotda rejalashtirish, baholash va nazorat qilish, resurslar uchun javobgarlik va muqobil foydalanishni kafolatlaydigan bo‘lim sifatida ta’riflaydi. Boshqaruv buxgalteriyasi yaqinda kelib chiqishiga qaramasdan, ulkan qadamlarni bosib o‘tdi. Ammo shuni ham alohida ta’kidlab o‘tishimiz joizki moliyaviy buxgalteriyaga qiyoslaganda, asosiy nazariyalar va umumtasdiqlangan prinsiplarini hali rivojlanishini davom ettirish kerak. Sotsial buxgalteriya: Buxgalteriya uzoq vaqt davomida sotsial funksiya sifatida tanishtirilgan. Ammo sotsial buxgalteriya texnikalarining rivojlanishi bu hozirgi davrdan 40 yildan ko‘p bo‘lmagan ta’rixiy ma’lumotlarga ega bo‘lgan eng yangi buxgalteriya innovatsiyalaridir. Sotsial buxgalteriya atamasi quyidagicha ta’riflanadi: «Buxgalterlar tomonidan arizalar va o‘zgarishlar, malaka, texnika, kelishilgan odob axloq qoidalari analizi va sotsial muammolarni hal qilish echimidir». Bu g‘oyalar ko‘rsatib turibdiki, sotsial buxgalteriya asosan prinsiplar, amaliyot, kelishilgan qoidalarning samarasini oshirishga qaratiladi. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling