Toshkent moliya instituti a. A. Karimov, J. E. Kurbanbayev
Bankdagi maxsus schyotlardagi pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlarning bog‘lanishi
Download 0.85 Mb.
|
Toshkent moliya instituti a. A. Karimov, J. E. Kurbanbayev-www.hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pul ekvivalentlarini hisobga oluvchi schyotlarning bog‘lanishi
- Xo‘jalik muomalalarining mazmuni Debet Kredit
Bankdagi maxsus schyotlardagi pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlarning bog‘lanishi
5610–“Pul ekvivalentlari (turlari bo‘yicha)” schyotida markalar, pattalar va boshqa pul ekvivalentlari nominal qiymati bo‘yicha hisobga olinadi. Pul ekvivalentlarini hisobga oluvchi schyotning debetida pul ekvivalentlarini sotib olish pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda, kreditida esa pul ekvivalentlarining sarflanishi xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.
5710 “Yo‘ldagi pul mablag‘ (o‘tkazma)lari” schyotida saqlash joyidan chiqib ketgan, ammo mo‘ljallangan joyiga etib bormagan pul mablag‘lari (inkassatorga berilgan sotishdan olingan tushumlar, pul o‘tkazmalari) hisobga olinadi. 5710 “Yo‘ldagi pul mablag‘ (o‘tkazma)lari” schyotining debetida pulni inkassatorlarga topshirish kassadagi pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. Pul mablag‘lari kirim qilingandan keyin 5710 “Yo‘ldagi pul mablag‘ (o‘tkazma)lari” schyoti kreditlanib, pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. 5710 “Yo‘ldagi pul mablag‘ (o‘tkazma)lari” schyotidagi summalarni bank muassasalari, pochta bo‘limi kvitantsiyalari, bank inkassatorlariga tushumni topshirish ilova qaydnomalarining nusxalari va boshqa hujjatlardagi ma’lumotlar bilan solishtirish lozim. 22-jadval Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling