Toshkent moliya instituti andijon fakulteti buxgalteriya


Download 58.37 Kb.
Pdf ko'rish
Sana05.05.2023
Hajmi58.37 Kb.
#1432146
Bog'liq
BUXGALTERIYADAN SAVOLLAR



TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI 
ANDIJON FAKULTETI BUXGALTERIYA
HISOBI VA AUDITI 71\22 GURUH TALABASI
SATTORALIEV TOLIBJONNING BIZNESDA
BUXGALTERIYA XISOBI FANIDAN
TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI 


SAVOLLAR: 
1.Steykholderlar kimlar? 
Javob: Manfaatdor tomonlar” yoki “steykxolderlar” atamasi ingliz tilidan so‘zma-
so‘z tarjima qilinganda “ulush egasi, buyurtma egasi, boshqaruvchi” demakdir. U 
quyidagi ikkita ma’noni anglatadi: - tor ma’noda - korxonaning ustav kapitalida 
ulushga ega bo‘lgan shaxs; - keng ma’noda - korxona faoliyatining moliyaviy, 
ijtimoiy yoki boshqa natijalaridan manfaatdor bo‘lgan jismoniy yoki yuridik shaxs” 
Steykxolderlar guruhiga: davlat (Soliq to‘lash, mamlakat xavfsizligi va himoyasini 
ta’minlash, ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish, tabiiy monopoliyalar faoliyatini 
tartibga solish, ishlab chiqarishni rivojlantirishning rag‘batlantirish, moliyaviy-
iqtisodiy ko‘rsatkichlarni yaxshilash, investitsiyalarni jalb qilish); 
Mahalliy davlat organlari (Kompaniyaning barqarorligi, soliqlarni o‘z vaqtida 
to‘lashi, yangi ish o‘rinlari yaratishi va ijtimoiy dasturlarni amalga oshirishi); 
Jamoatchilik (Muayyan turmush va sog‘liqni saqlash darajasini ta’minlash, 
atrofmuhitga ifloslantiruvchi moddalarni kam miqdorda chiqarilishiga erishish
energiyadan samarali foydalanish); 
Mulk egalari (Kompaniyani uzoq muddat samarali faoliyat ko‘rsatishi, kapitalni 
ko‘paytirish, hozirgi kunda va kelajakda dividendlar olish, qarorlar qabul qilishda 
ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lish); 
Kompaniya hamkorlari (Kompaniyaning barqarorligi, ishonchliligi, to‘lov 
qobiliyati, o‘zaro hamkorlik uchun qulay shart-sharoitlar); 
Menejerlar (Kompaniyaning barqarorligi va uning mavqei, yuqori daromad olish, 
hokimiyatga ega bo‘lish, karerasini o‘sishi); 


Xodimlar (Kompaniya barqarorligi, barqaror ish joyi, munosib ish haqi, yaxshi ish 
sharoiti, ijtimoiy xizmatlar, o‘z qobiliyatini yuzaga chiqarish uchun sharoitlarni 
yaratilishi); 
Xaridorlar (Maqbul narxlar, sifat, mahsulotlar haqida aniq ma’lumotlar) kirishi 
mumkin. 
2.Ichki manfaatdorlarga kimlar kiradi? 
• 
Javob:
Ichki manfaatdor tomonlar 
Ichki manfaatdor tomonlar hammasi o'sha xodimlar, direktorlar kengashi, 
menejerlar va investorlar. Ularning kompaniyaga bo'lgan qiziqishi har bir holatda 
har xil. 
Ishchilar ular daromad olishni xohlashadi va ishlashda davom eting. Kompaniya 
egalari xavotirda foydani maksimal darajada oshirish kimning biznesi bor. 
Investorlar 
ishlab 
chiqarish 
va 
haqida 
g'amxo'rlik daromadni 
tiklash investitsiyalaringizdan. 
3.Manfaatdor tomonlar o`rtasida ziddiyatlar bo`lishi mumkinmi? 
Javob:
Steykxolderlar nazariyasiga ko‘ra kompaniyalar o‘z oldiga qo‘ygan 
maqsadiga erishishi davomida har xil hamkorlar (steykxolderlar)ning turli 
manfaatlarini inobatga olishi kerak. Ular ma’lum bir norasmiy koalitsiyani tashkil 
qiladi. Mazkur nazariyaga binoan biznesning asosiy maqsadi barcha manfaatdor 
tomonlarning ehtiyojlarini qondirishdan iboratdir. Amaliyotni tahlil qilish 
steykxolderlar o‘rtasida ham turli munosabatlar mavjudligini ko‘rsatdi. Har doim 
ham manfaatlar biri biriga mos kelmasligi, o‘rtadagi munosabatlar o‘zaro hamkorlik 
xarakteriga ega bo‘lmasligi va hatto ular raqobatchiga aylanishi ham mumkin. 
Biroq, barcha steykxolderlarni kompaniyaning rivojlanish traektoriyasini 
belgilaydigan tomonlarning manfaatlaridan kelib chiqadigan yagona ziddiyatli 
butun bir organizm deb hisoblash mumkin 


4.Manfaatdor tomonlarning bog`liqligi nimalardan iborat? 
Javob:
I.Fassinni fikriga ko‘ra, haqiqiy steykxolderlar qonunga ko‘ra talab qilish 
huquqiga ega. Kompaniya bilan steykxolderlar o‘rtasidagi vakolatlar va ta’sir 
ko‘rsatish o‘zaro bog‘liqlikda bo‘ladi. Steykvocherlar va steykkiperlar aloxida bir 
mustaqil guruhlar hisoblanganligi sababli kompaniya ularga kam ta’sir ko‘rsatadi va 
ularni oldida qonuniy javobgarlikka ega bo‘lmaydi. Biroq, steykvocherlar 
kompaniyaga anchagina ta’sir ko‘rsatadi, steykkiperlar esa kompaniya faoliyati 
yuzasidan tashqi muhitga kiruvchilar oldida javobgar hisoblanadi. Tadqiqotlarga 
ko‘ra barcha kategoriyadagi steykxolderlar bir biri bilan o‘zaro bog‘liqlikdadir. 
Ko‘pgina steykxolderlar steykvocherlar bilan o‘zaro aloqada bo‘ladi. 
Steykvocherlarga steykxolderlarga nisbatan assotsiatsiyalashgan steykxolderlar 
sifatida qarash mumkin. Har bir assotsiatsiyalashgan steykxolderlar ma’lum bir 
steykkiperlar (steykxolderlarga ta’sir ko‘rsatadigan) bilan bog‘liqdir. Masalan, 
aksionerlar (steykxolderlar) uchun o‘zaro hamkorlik qiladigan ta’sir etuvchi guruh 
(steykvocherlar) institutsional investitsion fondlar va tartibga soluvchilar 
(steykkiperlar) sifatida fond birjasi yoki reyting agentliklari, akkreditatsiya 
agentliklari va boshqalar hisoblanadi. Steykkiperlarning ta’siri ma’lum bir huquqiy 
bazaga asoslanadi. Barcha kompaniyalar xodimlari o‘z kasaba uyushmalari 
(steykvocherlar)ga ega. Xodimlar va kasaba uyushmalariga steykkiperlar (misol 
uchun, sud organlari sifatida) ta’sir ko‘rsatadi. Steykkiperlar kompaniya va uning 
faoliyati haqidagi ma’lumotlarning haqqoniyligini nazorat qiladi. Ularga asosan 
davlat organlari kiradi. Mazkur xolat haqida to‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun 
steykxolderlarni guruhlarga ajratish lozim. Ularga kompaniyaning bir qismiga 
mulkchilik huquqiga ega bo‘lgan, yashirin va ogohlantirishsiz harakat qiladigan, uni 
rivojlanishidan manfaatdor bo‘lgan hamda faqatgina o‘zi uchun manfaat ko‘rishni 
ko‘zlaydigan guruhlar kiradi. 
5.Korporativ ijtimoiy mas`ulyat nima? 
Javob:
Tashkilot va bizneslarning daromad olish bilan birga, jamiyatning 
rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shishi (hayriya ishlarini bajarish, o‘z xodimlarining 


haq-huquqlarini ta’minlash, ijtimoiy muammolarni yechishda o‘z hissasiga ega 
bo‘lish), ularning barcha manfaatdor tomonlari oldidagi ma’suliyatni bajarishi, o‘z 
faoliyati davomida tabiatga zarar yetkazmaslik hamda milliy qonunlarga rioya 
qilishi, ta’minot tizimi mas’uliyatini ta’minlashi va hokazolar KIM ning asosiy 
talablaridir. 
6.KIM ning afzalliklari. 
Javob: Birinchidan, bir qator olib borgan tadqiqotlarga ko‘ra, xorijiy sarmoyadorlar 
muayyan mamlakatning investitsion jozibadorligini aniqlashda ushbu yurtdagi 
shaffoflik darajasiga alohida e’tibor qaratishmoqda. 
Kuchli KIM siyosatiga ega bo‘lgan kompaniya yuqori shaffoflik darajasiga ega 
bo‘ladi va KIM faoliyatlarini keng ommaga va manfaatdor tomonlarga yetkazishga, 
nomoliyaviy hisobotlarni chop etishga harakat qiladi. Bunday kompaniyalar 
oshkoralik prinsiplariga amal qiladi, bu esa investorlar va boshqa manfaatdor 
tomonlarning kompaniya haqida yetarli ma’lumot olishiga imkon beradi. 
Ma’lumotlarni ommaga havola etadigan kompaniyalar sarmoyadorlar e’tiboriga 
tezroq tushadi. 
Ikkinchidan, kuchli KIM strategiyalari tadbirkorlarga ehtimoliy risklarni 
boshqarishga yordam beradi va bu orqali ular bozordagi raqobatchilar orasida 
ustunlikka ega bo‘ladi. 
Jahon bozorida muvaffaqqiyat qozonish uchun kompaniya va tashkilotlar kuchli 
KIM siyosatini ishlab chiqishlari, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik standartlarini 
yaxshilashi zarur. Masalan, eng yirik investitsion kompaniyalarning rivojlanayotgan 
mamlakatlarga kirishdan qo‘rqishining sababi shuki, ular kiritayotgan 
sarmoyalarining etikaga to‘g‘ri kelmaydigan tadbirkorlik faoliyatiga ishlatilishidan 
xavfsirashadi, chunki bu ularning obro‘siga putur yetkazadi. 


Uchinchidan, hozirda mas’uliyatli biznes va muvaffaqiyatli biznes tushunchalari bir 
biriga bog‘liq tushunchalarga aylangan. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, 
sarmoyadorlar orasida va moliyaviy bozorlarda KIM faoliyatini amalga oshiruvchi, 
ijtimoiy muammolarni hal etishga urinuvchi bizneslarni yaxshi boshqaruvga ega 
bizneslar deb ham tan olingan. Tashkilotning ekologik, ijtimoiy va boshqaruv (ESG) 
metrikalariga oid ma’lumotlar sarmoyadorlar uchun kompaniyalarning moliyaviy 
muvaffaqiyati garovi deb tan olinmoqda. 
G‘arbda kompaniyalarning atrof muhitga bo‘lgan ta’sirlarini, ijtimoiy muammolarni 
hal etishdagi va jamiyat rivojiga hissa qo‘shishlari hamda ichki ish yurituvlar haqida 
(ESG) ma’lumot yig‘ib, ularni analiz qiladigan maxsus firmalar bor. Bularga misol 
qilib, Sustainable asset management, Morgan Stanley, Trucost, Sustainalytics larni 
keltirsa bo‘ladi. Investorlar ana shu firmalar xizmatidan foydalanib, barqaror va 
mas’uliyatli bizneslar ro‘yhatidan o‘zlariga yoqqanini tanlab, ular bilan ish qiladi. 
To‘rtinchidan, ijtimoiy mas’ul sarmoyadorlar soni kun sayin ortib bormoqda
insonlar ekologik va ijtimoiy muammolarga yana ham ko‘proq e’tibor bermoqdalar. 
Boston Consulting Group o‘tkazgan so‘rovlarga ko‘ra, agar biron bir kompaniyada 
barqaror bo‘lmagan ko‘rsatkichlar qayd etilsa, investorlarning 44 % unga sarmoya 
kiritmasligini aytgan. Investitsiya shirkati boshqaruv kengashi a’zolarining qolgan 
60 %, agarda ular sarmoya qilgan kompaniya mas’uliyatsiz amaliyotlarni amalga 
oshiradigan bo‘lsa, sarmoyalarini qaytib olishlarini aytganlar. 
7. O‘zbekistonda KIMni takomillashtirish uchun nima qilish kerak? 
- Biznesning KIMni rag‘batlantirishga qaratilgan tegishli qonunlar ishlab chiqish 
yoki mavjud qonunlarga, masalan, soliq kodeksiga o‘zgartirishlar kiritish; 
- KIM amaliyoti haqida jamiyatda keng targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish 
(ma’ruzalar, seminarlar, brifinglar, ommaviy axborot vositalarida intervyular). KIM 
konsepsiyasi va uni mamlakatda rivojlantirish bo‘yicha tadqiqotlarni amalga 
oshirish; 


- Oliy ta’lim sohasida mas’uliyatli biznes va barqarorlikni amalga oshirishga doir 
yo‘nalishlarni joriy etish;
- Biznesga yo‘l ko‘rsatish, unga barcha manfaatdor tomonlar, ya’ni davlat va 
hukumatdan boshlab, qonun chiqaruvchilar, yuristlar, ijtimoiy faollargacha 
hammani jalb qilish va mas’uliyatni oshirish zarurligini o‘rgatish maqsadida 
maslahat xizmatlarini tashkil qilish; 
- Nomoliyaviy hisobotlarni chop etishni rag‘batlantirish va bu borada yo‘l-yo‘riqlar 
ishlab chiqish. 
Mavjud iqtisodiy ahvol, an’anaviy urf-odatlarimiz va diniy e’tiqodlarimizni hisobga 
olgan holda shaffoflik tamoyillari, ijtimoiy va manfaatdor tomonlar oldidagi 
mas’uliyatga tegishli KIM strategiyalarini ishlab chiqish O‘zbekistondagi 
biznesning umumiy samaradorligini oshiradi, biznesning muvaffaqiyatli istiqbolini 
va barqarorligini ta’minlaydi. Bu o‘z navbatida mahsulotlarimizning dunyo bozorida 
raqobatdoshligini oshirishga, xorijiy investorlarni yurtimizga jalb qilishga, ekologik 
ahvolni yaxshilashga, ijtimoiy muammolarni hal etishga hamda umuman 
iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga qulay shart-sharoit yaratadi. 
8.Oliy ta`lim sohasidachi? 
Javob:
Yangi ta’lim dasturlari 
Chorak asrdan ko‘proq mamlakatimiz bank-moliya va iqtisodiyotning real sektori 
uchun dolzarb bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan mutaxassislar tayyorlab 
kelayotgan O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi hozirgi vaqtda 
zamonaviy chorlovlarga javoban transformatsiya jarayonini shiddat va qat’iyat bilan 
amalga oshirmoqda. 
Transformatsiya jarayonida Akademiya uchun ta’lim sifatini yaxshilash, ilmiy va 
innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish 
ustuvor yo‘nalish sifatida qayd etish mumkin. 


Ayniqsa, zamonaviy xalqaro standartlarga mos keladigan oliy ta’lim tizimini 
rivojlantirish maqsadida Akademiya Yaponiya, Chexiya, Malayziya, Rossiya 
Federatsiyasi, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, Germaniya kabi davlatlarning 
yetakchi ilmiy markazlari, oliy ta’lim muassasalari, moliya institutlari, davlat 
organlari va yirik korporatsiyalari bilan yaqindan hamkorlik qilishni keng yo‘lga 
qo‘ydi. 
Akademiya yaqin yillargacha bank-moliya tizimining o‘rta bo‘g‘in rahbarlari 
malakasini oshirish asosiy yo‘nalish sifatida qaralib kelingan edi. Hozirda bank va 
moliya sohasida kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishning strategik maqsadlari 
va ustuvor yo‘nalishlari ishlab chiqilgan bo‘lib, mazkur strategiyani amalga oshirish 
jarayonida Akademiya oliy ta’limning bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura 
mutaxassisliklari bo‘yicha yangi ta’lim dasturlariga qabul e’lon qilindi. 
Keyingi yillarda mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor 
yo‘nalishlariga hamda xalqaro standartlar talablariga mos keladigan oliy ta’lim 
tizimini yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. 
Hududlarda yangi oliy ta’lim muassasalarining tashkil etilishi, kadrlar 
tayyorlashning zamonaviy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari hamda sirtqi va 
kechki bo‘limlarning ochilishi, oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalarining 
oshirilishi mazkur yo‘nalishdagi muhim islohotlar hisoblanadi. 
Shu bilan birga oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirishga, 
respublikada amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, ijtimoiy va iqtisodiy 
sohalardagi yangilanishlarda ushbu muassasalarning faol ishtirokini ta’minlashga 
to‘siq bo‘layotgan bir qator muammolar saqlanib qolmoqda, xususan: 
birinchidan, oliy ta’lim tizimida o‘qitishni tashkil etish jarayoni, ta’lim 
olayotgan talabalar bilimini baholash tizimi bugungi kun talablariga javob 
bermayapti; 


ikkinchidan, professor-o‘qituvchilarning faoliyatini, bilimini va pedagogik 
ko‘nikmasini baholashning zamonaviy tizimi mavjud emasligi ta’lim sifatiga salbiy 
ta’sir ko‘rsatmoqda; 
uchinchidan, oliy ta’lim muassasalariga kirish test savollari abituriyentning 
mantiqiy fikrlash qobiliyatini aniqlash imkonini bermayotganligi iqtidorli yoshlarni 
oliy ta’lim muassasalariga qabul qilishda muammolar keltirib chiqarmoqda; 
to‘rtinchidan, oliy ta’lim muassasalaridagi ta’lim jarayoni ustidan samarali 
jamoatchilik nazoratining o‘rnatilmaganligi ushbu sohada ko‘plab muammolarning, 
eng avvalo, korrupsiya holatlarining saqlanib qolishiga sabab bo‘lmoqda; 
beshinchidan, oliy ta’lim muassasalarining mamlakatda amalga 
oshirilayotgan keng qamrovli va tizimli o‘zgarishlardagi ishtiroki hamda 
tashabbuskorligi sezilmayapti, ularning ushbu yo‘nalishdagi faoliyati hanuzgacha 
qoniqarsiz bo‘lib qolmoqda; 
oltinchidan, respublikamizda olib borilayotgan tub islohotlarning mazmuni 
va mohiyatini ommaviy axborot vositalari orqali xalqimizga, keng jamoatchilikka 
tushuntirishda oliy ta’lim muassasalarining faol ishtiroki yo‘lga qo‘yilmagan; 
yettinchidan, oliy ta’lim muassasalari innovatsion va texnologik g‘oyalar 
bilan fikr almashadigan muloqot markazlariga aylanmagan, tegishli sohalarda 
mavjud muammo va kamchiliklarni tizimli o‘rganish, tahlil qilish va ularning 
yechimi bo‘yicha taklif kiritish borasida professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar va 
talabalarning tashabbus ko‘rsatishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmagan. 
Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini tubdan takomillashtirish, ularning 
mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini 
ta’minlash, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini 
rivojlantirishning 
beshta 
ustuvor 
yo‘nalishi 
bo‘yicha
 Harakatlar 
strategiyasida 
belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish maqsadida: 
— “Oxirgi 2-3 yildagi rivojlanish bosqichimizni transformatsion jarayon deb atash 
mumkin. Bu yil birinchi “qaldirg‘och”larimiz Bank ishi bo‘yicha bakalavriat ta’lim 


yo‘nalishini tamomladi. Eng muhimi ular Akademiyani bitirgan zahoti ish joyini 
topdi. Buni tajriba sifatida sinadik va muvaffaqiyatli bo‘ldi. Bu tajribani hozircha 
sirtqi shaklda amalga oshirmoqchimiz. Shunda talabalarda ishdan ajramagan holda 
amaliy va nazariy bilimlarni bog‘lash imkoniyati oshadi. Kelasi o‘quv yilidan 
bakalavriat yo‘nalishlarining kunduzgi shaklidagi, bank ishi, buxgalteriya, moliya 
sohalariga mos bo‘lgan ta’lim xizmatlarini taqdim qilishni rejalashtirganmiz» – deb 
ma’lumot berdi oliy ta’lim muassasasi rektori Elmurod Hoshimov. 
9.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirilishidan olinadigan 
manfaatlar haqida shaxsiy fikringiz. 
Javob: Kichik biznes va Xususiy tadbirkorlik rivojlangan sayin aholi turmush 
tarzi yaxshilanadi chunki KB va XT soni ko`paygan sayin ishlab chiqarilgan 
tayyor mahsulot yani taklif ko`payadi va bozordagi narx sezilarli darajada
arzonlashadi va talabham ko`payadi, bozor muvozanati paydo bo`ladi, va yana
shuni aytib o`tish kerakki KB va XT rivojlangan sari ishsizlik kamayadi bandlik 
ko`payadi va aholining turmush tarzi yaxshilanadi. 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 
https://lex.uz
 
https://daryo.uz
 
https://review.uz
 
https://www.gazeta.uz
https://www.saneg.com
 
 



Download 58.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling