Toshkent moliya instituti andijon fakulteti buxgalteriya
Download 58.37 Kb. Pdf ko'rish
|
BUXGALTERIYADAN SAVOLLAR
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI ANDIJON FAKULTETI BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDITI 71\22 GURUH TALABASI SATTORALIEV TOLIBJONNING BIZNESDA BUXGALTERIYA XISOBI FANIDAN TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI SAVOLLAR: 1.Steykholderlar kimlar? Javob: Manfaatdor tomonlar” yoki “steykxolderlar” atamasi ingliz tilidan so‘zma- so‘z tarjima qilinganda “ulush egasi, buyurtma egasi, boshqaruvchi” demakdir. U quyidagi ikkita ma’noni anglatadi: - tor ma’noda - korxonaning ustav kapitalida ulushga ega bo‘lgan shaxs; - keng ma’noda - korxona faoliyatining moliyaviy, ijtimoiy yoki boshqa natijalaridan manfaatdor bo‘lgan jismoniy yoki yuridik shaxs” Steykxolderlar guruhiga: davlat (Soliq to‘lash, mamlakat xavfsizligi va himoyasini ta’minlash, ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish, tabiiy monopoliyalar faoliyatini tartibga solish, ishlab chiqarishni rivojlantirishning rag‘batlantirish, moliyaviy- iqtisodiy ko‘rsatkichlarni yaxshilash, investitsiyalarni jalb qilish); Mahalliy davlat organlari (Kompaniyaning barqarorligi, soliqlarni o‘z vaqtida to‘lashi, yangi ish o‘rinlari yaratishi va ijtimoiy dasturlarni amalga oshirishi); Jamoatchilik (Muayyan turmush va sog‘liqni saqlash darajasini ta’minlash, atrofmuhitga ifloslantiruvchi moddalarni kam miqdorda chiqarilishiga erishish, energiyadan samarali foydalanish); Mulk egalari (Kompaniyani uzoq muddat samarali faoliyat ko‘rsatishi, kapitalni ko‘paytirish, hozirgi kunda va kelajakda dividendlar olish, qarorlar qabul qilishda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lish); Kompaniya hamkorlari (Kompaniyaning barqarorligi, ishonchliligi, to‘lov qobiliyati, o‘zaro hamkorlik uchun qulay shart-sharoitlar); Menejerlar (Kompaniyaning barqarorligi va uning mavqei, yuqori daromad olish, hokimiyatga ega bo‘lish, karerasini o‘sishi); Xodimlar (Kompaniya barqarorligi, barqaror ish joyi, munosib ish haqi, yaxshi ish sharoiti, ijtimoiy xizmatlar, o‘z qobiliyatini yuzaga chiqarish uchun sharoitlarni yaratilishi); Xaridorlar (Maqbul narxlar, sifat, mahsulotlar haqida aniq ma’lumotlar) kirishi mumkin. 2.Ichki manfaatdorlarga kimlar kiradi? • Javob: Ichki manfaatdor tomonlar Ichki manfaatdor tomonlar hammasi o'sha xodimlar, direktorlar kengashi, menejerlar va investorlar. Ularning kompaniyaga bo'lgan qiziqishi har bir holatda har xil. Ishchilar ular daromad olishni xohlashadi va ishlashda davom eting. Kompaniya egalari xavotirda foydani maksimal darajada oshirish kimning biznesi bor. Investorlar ishlab chiqarish va haqida g'amxo'rlik daromadni tiklash investitsiyalaringizdan. 3.Manfaatdor tomonlar o`rtasida ziddiyatlar bo`lishi mumkinmi? Javob: Steykxolderlar nazariyasiga ko‘ra kompaniyalar o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga erishishi davomida har xil hamkorlar (steykxolderlar)ning turli manfaatlarini inobatga olishi kerak. Ular ma’lum bir norasmiy koalitsiyani tashkil qiladi. Mazkur nazariyaga binoan biznesning asosiy maqsadi barcha manfaatdor tomonlarning ehtiyojlarini qondirishdan iboratdir. Amaliyotni tahlil qilish steykxolderlar o‘rtasida ham turli munosabatlar mavjudligini ko‘rsatdi. Har doim ham manfaatlar biri biriga mos kelmasligi, o‘rtadagi munosabatlar o‘zaro hamkorlik xarakteriga ega bo‘lmasligi va hatto ular raqobatchiga aylanishi ham mumkin. Biroq, barcha steykxolderlarni kompaniyaning rivojlanish traektoriyasini belgilaydigan tomonlarning manfaatlaridan kelib chiqadigan yagona ziddiyatli butun bir organizm deb hisoblash mumkin 4.Manfaatdor tomonlarning bog`liqligi nimalardan iborat? Javob: I.Fassinni fikriga ko‘ra, haqiqiy steykxolderlar qonunga ko‘ra talab qilish huquqiga ega. Kompaniya bilan steykxolderlar o‘rtasidagi vakolatlar va ta’sir ko‘rsatish o‘zaro bog‘liqlikda bo‘ladi. Steykvocherlar va steykkiperlar aloxida bir mustaqil guruhlar hisoblanganligi sababli kompaniya ularga kam ta’sir ko‘rsatadi va ularni oldida qonuniy javobgarlikka ega bo‘lmaydi. Biroq, steykvocherlar kompaniyaga anchagina ta’sir ko‘rsatadi, steykkiperlar esa kompaniya faoliyati yuzasidan tashqi muhitga kiruvchilar oldida javobgar hisoblanadi. Tadqiqotlarga ko‘ra barcha kategoriyadagi steykxolderlar bir biri bilan o‘zaro bog‘liqlikdadir. Ko‘pgina steykxolderlar steykvocherlar bilan o‘zaro aloqada bo‘ladi. Steykvocherlarga steykxolderlarga nisbatan assotsiatsiyalashgan steykxolderlar sifatida qarash mumkin. Har bir assotsiatsiyalashgan steykxolderlar ma’lum bir steykkiperlar (steykxolderlarga ta’sir ko‘rsatadigan) bilan bog‘liqdir. Masalan, aksionerlar (steykxolderlar) uchun o‘zaro hamkorlik qiladigan ta’sir etuvchi guruh (steykvocherlar) institutsional investitsion fondlar va tartibga soluvchilar (steykkiperlar) sifatida fond birjasi yoki reyting agentliklari, akkreditatsiya agentliklari va boshqalar hisoblanadi. Steykkiperlarning ta’siri ma’lum bir huquqiy bazaga asoslanadi. Barcha kompaniyalar xodimlari o‘z kasaba uyushmalari (steykvocherlar)ga ega. Xodimlar va kasaba uyushmalariga steykkiperlar (misol uchun, sud organlari sifatida) ta’sir ko‘rsatadi. Steykkiperlar kompaniya va uning faoliyati haqidagi ma’lumotlarning haqqoniyligini nazorat qiladi. Ularga asosan davlat organlari kiradi. Mazkur xolat haqida to‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun steykxolderlarni guruhlarga ajratish lozim. Ularga kompaniyaning bir qismiga mulkchilik huquqiga ega bo‘lgan, yashirin va ogohlantirishsiz harakat qiladigan, uni rivojlanishidan manfaatdor bo‘lgan hamda faqatgina o‘zi uchun manfaat ko‘rishni ko‘zlaydigan guruhlar kiradi. 5.Korporativ ijtimoiy mas`ulyat nima? Javob: Tashkilot va bizneslarning daromad olish bilan birga, jamiyatning rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shishi (hayriya ishlarini bajarish, o‘z xodimlarining haq-huquqlarini ta’minlash, ijtimoiy muammolarni yechishda o‘z hissasiga ega bo‘lish), ularning barcha manfaatdor tomonlari oldidagi ma’suliyatni bajarishi, o‘z faoliyati davomida tabiatga zarar yetkazmaslik hamda milliy qonunlarga rioya qilishi, ta’minot tizimi mas’uliyatini ta’minlashi va hokazolar KIM ning asosiy talablaridir. 6.KIM ning afzalliklari. Javob: Birinchidan, bir qator olib borgan tadqiqotlarga ko‘ra, xorijiy sarmoyadorlar muayyan mamlakatning investitsion jozibadorligini aniqlashda ushbu yurtdagi shaffoflik darajasiga alohida e’tibor qaratishmoqda. Kuchli KIM siyosatiga ega bo‘lgan kompaniya yuqori shaffoflik darajasiga ega bo‘ladi va KIM faoliyatlarini keng ommaga va manfaatdor tomonlarga yetkazishga, nomoliyaviy hisobotlarni chop etishga harakat qiladi. Bunday kompaniyalar oshkoralik prinsiplariga amal qiladi, bu esa investorlar va boshqa manfaatdor tomonlarning kompaniya haqida yetarli ma’lumot olishiga imkon beradi. Ma’lumotlarni ommaga havola etadigan kompaniyalar sarmoyadorlar e’tiboriga tezroq tushadi. Ikkinchidan, kuchli KIM strategiyalari tadbirkorlarga ehtimoliy risklarni boshqarishga yordam beradi va bu orqali ular bozordagi raqobatchilar orasida ustunlikka ega bo‘ladi. Jahon bozorida muvaffaqqiyat qozonish uchun kompaniya va tashkilotlar kuchli KIM siyosatini ishlab chiqishlari, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik standartlarini yaxshilashi zarur. Masalan, eng yirik investitsion kompaniyalarning rivojlanayotgan mamlakatlarga kirishdan qo‘rqishining sababi shuki, ular kiritayotgan sarmoyalarining etikaga to‘g‘ri kelmaydigan tadbirkorlik faoliyatiga ishlatilishidan xavfsirashadi, chunki bu ularning obro‘siga putur yetkazadi. Uchinchidan, hozirda mas’uliyatli biznes va muvaffaqiyatli biznes tushunchalari bir biriga bog‘liq tushunchalarga aylangan. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, sarmoyadorlar orasida va moliyaviy bozorlarda KIM faoliyatini amalga oshiruvchi, ijtimoiy muammolarni hal etishga urinuvchi bizneslarni yaxshi boshqaruvga ega bizneslar deb ham tan olingan. Tashkilotning ekologik, ijtimoiy va boshqaruv (ESG) metrikalariga oid ma’lumotlar sarmoyadorlar uchun kompaniyalarning moliyaviy muvaffaqiyati garovi deb tan olinmoqda. G‘arbda kompaniyalarning atrof muhitga bo‘lgan ta’sirlarini, ijtimoiy muammolarni hal etishdagi va jamiyat rivojiga hissa qo‘shishlari hamda ichki ish yurituvlar haqida (ESG) ma’lumot yig‘ib, ularni analiz qiladigan maxsus firmalar bor. Bularga misol qilib, Sustainable asset management, Morgan Stanley, Trucost, Sustainalytics larni keltirsa bo‘ladi. Investorlar ana shu firmalar xizmatidan foydalanib, barqaror va mas’uliyatli bizneslar ro‘yhatidan o‘zlariga yoqqanini tanlab, ular bilan ish qiladi. To‘rtinchidan, ijtimoiy mas’ul sarmoyadorlar soni kun sayin ortib bormoqda, insonlar ekologik va ijtimoiy muammolarga yana ham ko‘proq e’tibor bermoqdalar. Boston Consulting Group o‘tkazgan so‘rovlarga ko‘ra, agar biron bir kompaniyada barqaror bo‘lmagan ko‘rsatkichlar qayd etilsa, investorlarning 44 % unga sarmoya kiritmasligini aytgan. Investitsiya shirkati boshqaruv kengashi a’zolarining qolgan 60 %, agarda ular sarmoya qilgan kompaniya mas’uliyatsiz amaliyotlarni amalga oshiradigan bo‘lsa, sarmoyalarini qaytib olishlarini aytganlar. 7. O‘zbekistonda KIMni takomillashtirish uchun nima qilish kerak? - Biznesning KIMni rag‘batlantirishga qaratilgan tegishli qonunlar ishlab chiqish yoki mavjud qonunlarga, masalan, soliq kodeksiga o‘zgartirishlar kiritish; - KIM amaliyoti haqida jamiyatda keng targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish (ma’ruzalar, seminarlar, brifinglar, ommaviy axborot vositalarida intervyular). KIM konsepsiyasi va uni mamlakatda rivojlantirish bo‘yicha tadqiqotlarni amalga oshirish; - Oliy ta’lim sohasida mas’uliyatli biznes va barqarorlikni amalga oshirishga doir yo‘nalishlarni joriy etish; - Biznesga yo‘l ko‘rsatish, unga barcha manfaatdor tomonlar, ya’ni davlat va hukumatdan boshlab, qonun chiqaruvchilar, yuristlar, ijtimoiy faollargacha hammani jalb qilish va mas’uliyatni oshirish zarurligini o‘rgatish maqsadida maslahat xizmatlarini tashkil qilish; - Nomoliyaviy hisobotlarni chop etishni rag‘batlantirish va bu borada yo‘l-yo‘riqlar ishlab chiqish. Mavjud iqtisodiy ahvol, an’anaviy urf-odatlarimiz va diniy e’tiqodlarimizni hisobga olgan holda shaffoflik tamoyillari, ijtimoiy va manfaatdor tomonlar oldidagi mas’uliyatga tegishli KIM strategiyalarini ishlab chiqish O‘zbekistondagi biznesning umumiy samaradorligini oshiradi, biznesning muvaffaqiyatli istiqbolini va barqarorligini ta’minlaydi. Bu o‘z navbatida mahsulotlarimizning dunyo bozorida raqobatdoshligini oshirishga, xorijiy investorlarni yurtimizga jalb qilishga, ekologik ahvolni yaxshilashga, ijtimoiy muammolarni hal etishga hamda umuman iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga qulay shart-sharoit yaratadi. 8.Oliy ta`lim sohasidachi? Javob: Yangi ta’lim dasturlari Chorak asrdan ko‘proq mamlakatimiz bank-moliya va iqtisodiyotning real sektori uchun dolzarb bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan mutaxassislar tayyorlab kelayotgan O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi hozirgi vaqtda zamonaviy chorlovlarga javoban transformatsiya jarayonini shiddat va qat’iyat bilan amalga oshirmoqda. Transformatsiya jarayonida Akademiya uchun ta’lim sifatini yaxshilash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish ustuvor yo‘nalish sifatida qayd etish mumkin. Ayniqsa, zamonaviy xalqaro standartlarga mos keladigan oliy ta’lim tizimini rivojlantirish maqsadida Akademiya Yaponiya, Chexiya, Malayziya, Rossiya Federatsiyasi, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, Germaniya kabi davlatlarning yetakchi ilmiy markazlari, oliy ta’lim muassasalari, moliya institutlari, davlat organlari va yirik korporatsiyalari bilan yaqindan hamkorlik qilishni keng yo‘lga qo‘ydi. Akademiya yaqin yillargacha bank-moliya tizimining o‘rta bo‘g‘in rahbarlari malakasini oshirish asosiy yo‘nalish sifatida qaralib kelingan edi. Hozirda bank va moliya sohasida kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishning strategik maqsadlari va ustuvor yo‘nalishlari ishlab chiqilgan bo‘lib, mazkur strategiyani amalga oshirish jarayonida Akademiya oliy ta’limning bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha yangi ta’lim dasturlariga qabul e’lon qilindi. Keyingi yillarda mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlariga hamda xalqaro standartlar talablariga mos keladigan oliy ta’lim tizimini yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Hududlarda yangi oliy ta’lim muassasalarining tashkil etilishi, kadrlar tayyorlashning zamonaviy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari hamda sirtqi va kechki bo‘limlarning ochilishi, oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalarining oshirilishi mazkur yo‘nalishdagi muhim islohotlar hisoblanadi. Shu bilan birga oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirishga, respublikada amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, ijtimoiy va iqtisodiy sohalardagi yangilanishlarda ushbu muassasalarning faol ishtirokini ta’minlashga to‘siq bo‘layotgan bir qator muammolar saqlanib qolmoqda, xususan: birinchidan, oliy ta’lim tizimida o‘qitishni tashkil etish jarayoni, ta’lim olayotgan talabalar bilimini baholash tizimi bugungi kun talablariga javob bermayapti; ikkinchidan, professor-o‘qituvchilarning faoliyatini, bilimini va pedagogik ko‘nikmasini baholashning zamonaviy tizimi mavjud emasligi ta’lim sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda; uchinchidan, oliy ta’lim muassasalariga kirish test savollari abituriyentning mantiqiy fikrlash qobiliyatini aniqlash imkonini bermayotganligi iqtidorli yoshlarni oliy ta’lim muassasalariga qabul qilishda muammolar keltirib chiqarmoqda; to‘rtinchidan, oliy ta’lim muassasalaridagi ta’lim jarayoni ustidan samarali jamoatchilik nazoratining o‘rnatilmaganligi ushbu sohada ko‘plab muammolarning, eng avvalo, korrupsiya holatlarining saqlanib qolishiga sabab bo‘lmoqda; beshinchidan, oliy ta’lim muassasalarining mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli va tizimli o‘zgarishlardagi ishtiroki hamda tashabbuskorligi sezilmayapti, ularning ushbu yo‘nalishdagi faoliyati hanuzgacha qoniqarsiz bo‘lib qolmoqda; oltinchidan, respublikamizda olib borilayotgan tub islohotlarning mazmuni va mohiyatini ommaviy axborot vositalari orqali xalqimizga, keng jamoatchilikka tushuntirishda oliy ta’lim muassasalarining faol ishtiroki yo‘lga qo‘yilmagan; yettinchidan, oliy ta’lim muassasalari innovatsion va texnologik g‘oyalar bilan fikr almashadigan muloqot markazlariga aylanmagan, tegishli sohalarda mavjud muammo va kamchiliklarni tizimli o‘rganish, tahlil qilish va ularning yechimi bo‘yicha taklif kiritish borasida professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar va talabalarning tashabbus ko‘rsatishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmagan. Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini tubdan takomillashtirish, ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish maqsadida: — “Oxirgi 2-3 yildagi rivojlanish bosqichimizni transformatsion jarayon deb atash mumkin. Bu yil birinchi “qaldirg‘och”larimiz Bank ishi bo‘yicha bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tamomladi. Eng muhimi ular Akademiyani bitirgan zahoti ish joyini topdi. Buni tajriba sifatida sinadik va muvaffaqiyatli bo‘ldi. Bu tajribani hozircha sirtqi shaklda amalga oshirmoqchimiz. Shunda talabalarda ishdan ajramagan holda amaliy va nazariy bilimlarni bog‘lash imkoniyati oshadi. Kelasi o‘quv yilidan bakalavriat yo‘nalishlarining kunduzgi shaklidagi, bank ishi, buxgalteriya, moliya sohalariga mos bo‘lgan ta’lim xizmatlarini taqdim qilishni rejalashtirganmiz» – deb ma’lumot berdi oliy ta’lim muassasasi rektori Elmurod Hoshimov. 9. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirilishidan olinadigan manfaatlar haqida shaxsiy fikringiz. Javob: Kichik biznes va Xususiy tadbirkorlik rivojlangan sayin aholi turmush tarzi yaxshilanadi chunki KB va XT soni ko`paygan sayin ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot yani taklif ko`payadi va bozordagi narx sezilarli darajada arzonlashadi va talabham ko`payadi, bozor muvozanati paydo bo`ladi, va yana shuni aytib o`tish kerakki KB va XT rivojlangan sari ishsizlik kamayadi bandlik ko`payadi va aholining turmush tarzi yaxshilanadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: https://lex.uz https://daryo.uz https://review.uz https://www.gazeta.uz https://www.saneg.com Download 58.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling